Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
bolalarimizni yo‘ldan chiqargaylar. Endi bu ish ulg‘aymasdin ilgari, albatta, oldini 
olishimiz kerak, — deb Usayd ibn Xuzayr qurol taqinib yo‘lga chiqqan edi. Kelayotib, alar 
o‘tirgan bo‘stonga qarab burildi. As’ad ibn Zurora ko‘rdikim, Usayd ibn Xuzayr qurollik 
holda kelayotir, anda Mus’ab ibn Umayrga qarab: 
— Bu kelguvchi kishi o‘z qavmining raisidur, buning Islomga kirishi ko‘p kishilarga sabab 
bo‘lur, Xudo yo‘lida tortinmay, haqiqatni ochiq bayon qiling,— dedi. Shungachalik, u 
ham yetib keldi. Alarga qarab g‘azab bilan: 
— Bu qanday ishdurkim, sizlar kelib yosh-yalanglarimizni buzdinglar, bir necha soddadil 
kishilarni yo‘ldan chiqardinglar. Agar sizlarga bosh kerak bo‘lsa, bu ishdan qo‘l tortib, o‘z 
yeringlarga ketinglar, — dedi. Anda Mus’ab: 
— Biroz sabr etib o‘tiring, siz ila bu haqda so‘zlashaylik, eshitib ko‘ring, agar rozi 
bo‘lgudek ish bo‘lsa, qabul qilursiz. Yo‘q ersa, siz degandek qilaylik, — dedi. 
So‘ngra Mus’ab ibn Umayr Islom asosini unga bayon qilib, Qur’oni karimdan bir necha 
oyat o‘qidi. Buni eshitgan hamon hidoyat topib, iymon nuri ko‘nglini yoritdi. Bu ham shu 
holda shahodat aytib, Islomga musharraf bo‘ldi. So‘ngra u kishi: 
Yana bir kishi bordur, agar ul iymon keltirar bo‘lsa, u chog‘da bu ishga hech kim 
qarshilik qila olmas edi. U ham bo‘lsa Sa’d ibn Mu’ozdur, — dedi. Bu kishi esa Usayd ibn 
Xuzayrni oldinroq yuborib, o‘zi qolib, xabar kutmoqda edi. Yuborgan yo‘ldoshi yo‘l 
topganligini onglab, achchig‘i ila alar ustiga keldi. Biroz o‘tirib, achchig‘i bosilgandin 
so‘ngra Mus’ab bir necha oyat Qur’on o‘qib, Alloh amrini unga anglatdi. Tavfiq yor bo‘lib, 
bu ham darhol iymon keltirdi. So‘ngra bu kishi o‘z qabilasiga qaytib borib, katta-kichik 
bari xalqni bir joyga yig‘di. Alarga qarab, so‘radi: «Sizlar meni kim deb bilursiz?» Har 
tomondin: «Siz bizning raisimiz, sayidimiz» degan tovushlar ko‘tarildi. «Shundog‘ bo‘lsa, 
bilinglar, men Muhammadga iymon kelturdim, u keltirgan Islom dinini qabul qildim. Bu 
dinga kirmagan kishilar bilan so‘zlashmakni o‘zimga harom qildim», dedi. Bu so‘zni 
onglagach butun qabila xalqi: «Sen qaysi dinga kirgan bo‘lsang, biz ham shu 
dindadurmiz», deb qichqirdilar. Shuning bilan butun shahar ichida Islom nuri kirmagan 
uy qolmadi. Ikki odam bosh qo‘shgan joyda Islom so‘zi bo‘lur edi. 
Shunday bo‘lib, birinchi bay’at yili o‘tdi. Kelasi haj mavsumida Madina arablaridin 
muslim, mushrik aralash hajga bormoqchi bo‘lib, Madinadan ko‘p kishilar chiqdi. Ular 
ichida din o‘rgatish uchun Makkadin borgan Mus’ab ibn Umayr ham bor edi. Hammalari 
Makkaga keldilar. O‘tgan yili bay’at bergan mo’minlardin bir nechalari maxfiy ravishda 
Payg‘ambarimiz bilan ko‘rishdilar va: «Yo Rasulalloh, Madina shahrida Islom dini 
kirmagan uy qolmadi, siz bilan ko‘rishmagan ko‘pchilik mo’minlar bilan ikkinchi bay’at 
berishga keldik» dedilar. Rasululloh bu so‘zni onglab, suyunganlaridan muborak yuzlari 
yarqirab ketdi. O‘tgan yili bay’at qilgan joylari «Jamratul Aqaba»da shu kechalab 
ko‘rishmakka va’da berdilar. Bay’at uchun chiqar chog‘larida: «Uyquda yotganlarni 
uyg‘otmanglar, g‘oyiblarni kutmanglar», deb alarga tanbeh berdilar. Negakim, bu 
ishlarning barchasi u vaqtning oqimiga qarab, yashirin ravishda ishlanmoqda edi. 
Quraysh mushriklari agar bu ishdin xabar topsalar, bor kuchlari bilan qarshi turishlarida 
hech shak-shubha yo‘q edi. Shuning uchun Payg‘ambarimiz: «Dunyodagi eng ulug‘ 
ishlarni bajarish uchun sir saqlash kerak», dedilar. YOlg‘on, aldov bu ikkovi ersa, Islom 
shariatida harom qilingan bo‘lsa ham, urush kunlarida o‘rni kelar ekan, dushmanga 
qarshi qo‘llanishiga ruxsat qildilar. Hatto ba’zi joylarda unga buyurdilar. «Maslahat 
kutilgan yolg‘on so‘z, fitna chiqargan rost so‘zdin yaxshidur». Payg‘ambarimiz o‘zlari 
bosh bo‘lib dushmanga qarshi chiqqan safarlari — yigirma yettita edi. Tabuk safaridin 
boshqa hech birida qaysi tomonga yurishlarini, kimlar ustiga borishlarini ochiq 
aytmadilar. Balki dushmanni g‘aflatda qoldirish uchun maqsadni yashirib, aksini shuhrat 
qildilar. Buning ustiga «Al harbu xud’a», ya’ni «urushda hiyla kerak», degan so‘zlari ila 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin