www.ziyouz.com kutubxonasi
57
5. Uqba ibn Omir
6. Jobir ibn Abdulloh
Payg‘ambarimizning ansor sahobalaridin eng avval iymon keltirguvchilar shu olti
kishidur. Bu zotlar tarix yuzasida ulug‘ ahamiyatga ega bo‘lganlikdin har joyda otlari
yozilmishdur. So‘ngra alar: «YO Rasulalloh, biz Madina xalqi — Avs, Xazraj nomida ikki
qabiladurmiz. Yuz yildin beri o‘zaro adovatimiz uzilmay, o‘rtamizda urush-talashlar
bo‘lib, ko‘p qonlar to‘kilmoqdadur. Agar sizning sharofatingizdin oramiz ittifoqqa kelib,
barobar xizmatingizda bo‘lsak, arab ichida sizdin azizroq kishi bo‘lmagay», dedilar.
Shuning bilan bu olti nafar odam Madinaga borgandin so‘ngra o‘z qavm-qarindoshlarini
Islom diniga da’vat qilmoqchi bo‘ldilar. Va kelasi yili haj mavsumi bahonasi bilan
Madinadan chiqib, yana shu joyda ko‘rishmakka va’da berib qaytdilar. Shundog‘ bo‘lib,
Madina arablari shu yildan boshlab, ya’ni Nubuvvatning o‘n uchinchi yilidan Islom diniga
kirishga boshladi. Va’dalari bo‘yicha ikkinchi yili o‘n kishi Xazrajdin, ikki kishi Avsdin
bo‘lib, ja’mi o‘n ikki odam hajga keldilar. Bularning nomlari quyidagilardur.
1. As’ad ibn Zurora
2. Avf ibn Horis
3. Muoz ibn Horis
4. Rofi’ ibn Molik
5. Zakvon ibn Qays
6. Uboda ibn Somit
7. Yazid ibn Sa’laba
8. Abbos ibn Uboda
9. Uqba ibn Omir
10. Qutba ibn Omir — bular Xazraj qabilasidan edilar.
11. Abul Haysam ibn Tayyihon
12. Uvaym ibn Soida — bu ikkovlari Avs qabilasidan edilar. Bu kishilar ham Minoga kelib,
Aqaba degan avvalgi o‘rinda iymonga musharraf bo‘lib, barchalari Payg‘ambarimizga
bay’at berdilar. Alarning bergan ahd-paymonlari shulardin iborat edi:
1. Alloh taologa hech narsani sherik qilmaslik.
2. Zinodin, o‘g‘rilikdin, yolg‘on so‘zlamoqdin, bo‘hton qilishdin o‘zini saqlashlik, gunohsiz
go‘dak bolalarni o‘ldirish odatini tashlashlik, Payg‘ambarimizning buyruqlariga qarshi
chiqmaslik.
Agar o‘z ahdlariga vafo qilsalar, Xudo roziligi bilan jannat davlatini topgaylar. YOki
ahdlarini buzar bo‘lsalar, ishlari Xudoga topshirilur. Avf qilsa yoki azob aylasa, aning
ixtiyoridur. Payg‘ambarimiz yuqorigi o‘n ikki odamdin shu ravishda bay’at olgandin
so‘ngra, alarga Qur’on ta’lim berish, Islom asoslarini o‘rgatish uchun makkalik
sahobalardin ikki kishi qo‘shdilar. Birisi Mus’ab ibn Umayr, yana biri Abdulloh ibn Ummi
Maktum edi. Lekin bu ishlarning barchasi Makka mushriklaridin yashirincha ishlanmoqda
edi. Mus’ab ibn Umayr Madinada As’ad ibn Zurora uyiga tushdi. Bu zot bo‘lsa, birinchi
navbatda borgan olti kishining biri bo‘lgandek, ikkinchi safarda borgan, bay’at
topshirgan o‘n ikki sahobaning biri edi. Madinaga kelgandin keyin Mus’ab ibn Umayr
Payg‘ambarimizning topshiriqlaricha, Avs, Xazraj qolmishlarini dinga da’vat qilishga
kirishdi. Bir kuni Madina bo‘stonlarining birida As’ad ibn Zurora boshliq bir necha
mo’minlar birga o‘tirib edilar, yiroqdin kelayotgan ikki odam ko‘rindi. Alar Avs
qabilasining raislaridin, biri Sa’d ibn Mu’oz, ikkinchisi esa Usayd ibn Xuzayr bo‘lib, shu
yoqqa qarab kelmoqda edilar. Bu kelishlariga sabab shu edikim, bu ikkovi o‘zaro o‘tirib
gapirishdilar:
— Xabaring bormi, payg‘ambarlik da’vosi ila Qurayshdin chiqqan kishi tomonidin ikki
odam kelmishdur. Agar buni qo‘yaversak, sodda ko‘ngillik go‘l kishilarimiz va yosh