Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
qamchimni so‘ramish ekan. Qarasam, boshqa chora bilan mendan ajramaydi, so‘z 
tushuntiray desam til bilmaydi. Kel, ikkovimiz ot chopishaylik degan bo‘lib, ot boshini 
qo‘yib orqamga qarasam, changgimga ham yetolmay qolibdur. Shu bilan kechga yaqin 
bir chodirga kelib tushdim. Ilgarigi tanishgan yerimga tushmakni o‘zimga ma’qul 
ko‘rmadim, chunki ul odamlar meni sezgan bo‘lishlari kerak. Bir kecha qo‘ndirib ertasi 
uzatib qutulgancha ko‘zlari to‘rt bo‘lmish edi. 
Endi u kunlari kommunist bolsheviklarning qilayotgan vahshiyona zulmlariga ko‘ra, 
bunga yuz barobar insoniy sharaflarini qurbon qilib, o‘zlarini halokatdan saqlashga 
majbur edilar. Chunki, bunday kunlari pesar yo‘lini tutmoq, ya’ni o‘zgani o‘ziday bilmoq, 
balki, bir musulmonni o‘zidan ham ortiq ko‘rmoq bu kabi ulug‘ sharafga haqiqiy islom 
yo‘lini tutgan chin mo‘min musulmonlardan boshqa kim ega bo‘lg‘usidur! 
Shu bilan bir kecha bu yerda yotib, ertasi Kuchar tomonga ketadigan yo‘ldosh izlab, u 
yerdan chikdim. Chiqar vaqtimda borar joyimni yirokdan ko‘ringan oq chodirlarni 
mo‘ljallab ko‘rsatishgan bo‘lsalar ham, qandaydirki, oq chodirlarni yo‘lda qoldirib, undan 
10 chaqirimcha yuqorida ko‘rinib turgan qalmoqlarning oq o‘tovlariga qarab ketibman. 
Orada 3-4 chaqirim kelgudek bilqillama sozlik yer bor ekan, bundan ming turlik 
mashaqqatlar bilan arang u tomonga o‘tib o‘tovlarga yaqinlashib edim, oldi eshakdek 
keladigan 10 chog‘li itlar kelib otimni o‘rtaga oldi. Bular ichidan bir katta oq da’vat otilib 
chiqib, tizzamga og‘iz solg‘udek bo‘lganda chaqqonlik qilib, qamchi bilan tumshug‘iga 
tortib qolib edim, vangillaganicha qochib ikkinchi menga yo‘lay olmadi. Biroq, es olgan 
so‘nggida yana kelib otimning orqa oyog‘iga tish solib edi, temir tuyog‘i bilan shundoq 
teptiki, ikki uch yumalab ketdi. Ungachalik uy egalari qalmoqlar yugurishib chiqib, itlarini 
haydagandan so‘ngra, meni Kuchardan mol bilan kelayotgan katta savdogar deb 
o‘ylagan bo‘lsa kerak, o‘z odatlaricha kishilik ko‘rsatib, otdan tushuvimni so‘radilar. 
Men ham sir bermasdan: «Orqada molim kelayotib-di. Yusufg‘ujg‘ur qo‘shiga 
tushmoqchi edim», degan bo‘lib, darrov otdan tushdim. Qarasam, hay-xo‘y degancha 
yigirma chog‘lik katta-kichik qalmoq bolalari meni o‘rab olmish edilar. Men ham darhol 
xurjun og‘zidan bir kilo qand olib, atrofimda yig‘ilib turganlarga ulashib berdim. 
Bu joyda To‘rg‘ovut mo‘g‘ullari ichida savdogarlar tinch omon erkinlikda yashar 
ekanlar, chunki ularning tirikchiliklari yolg‘izgina chorva mol orqali bo‘lganlikdan, hayot 
uchun kerakli hamma narsaga muhtoj edilar. Mana shuning uchun boylik havasiga 
tushgan G’ulja, Oltishahar savdogarlari bu yo‘lda har qancha og‘irchilik tortsalar ham, 
foydaga qiziqib, bular bilan aloqalarini uzmas ekanlar. Buning ustiga Xitoy xonlari 
tomonidan ilgaridan beri tanilib kelingan To‘rg‘ovut mo‘g‘ullarining o‘zlaridan chiqqan 
xonlari ham bordir. Ular tomonidan qo‘yilgan Uqur-toy, Ilgadoy unvonli no‘yunlari bo‘lib, 
Chingizxon yasaqnomasi hukmi bo‘yicha qora qalmoqlar o‘z no‘yunlariga qattiq 
bo‘yinsunganlar. Bular ersa kelib ketib turgan savdogarlarni ko‘pchilik xalq va ham 
o‘zlari uchun foydali hisoblab, ularga qarshi tartib buzuvchilarni qattiq jazoga tortganlar. 
Shunga ko‘ra, savdogarlar o‘zlari buzilib, zolimlik qilib, xiyonatga kirishmasalar, boshqa 
tarafdan ularga hech qanday qarshilik ko‘rsatilmagan. Aksincha, u yerdagi mo‘g‘ullar 
qo‘rqqanidan emas, o‘z ko‘ngillari bilan savdogarlarni siylab, hurmatlashgan. 
Shuning uchun meni ham savdogar gumon qilib, 6oradigan joyimgacha bir qalmoq 
yo‘l boshlab boradigan bo‘ldi. Yo‘q esa, orada 3-4 soatliksozlik botqoqlik yo‘llardan yurib 
o‘tishga to‘g‘ri kelganlikdan, yo‘l bilmagan kishining o‘zi yurishi qiyin edi. Shuning uchun 
men buni g‘animat bilib, biroz qand, choy bilan og‘zini shirin qilib edim, ikki uch soatcha 
botqoqqa botib yurib, hufton vaqtida degan joyimga keltirib qo‘ydi. Agar u boshchilik 
qilmaganda, bu yo‘lda salomat qolishim xatarlik ekan. Meni bu yerga yetkazib, 
yo‘lboshchim qalmoq qaytgan so‘nggida qarasam, bir chodirdan yiltiragan chiroq ko‘rinib 
turibdi. Ustiga borib: «Kishi bormi?», — deyishim bilan yugirib chiqqan bir uyg‘ur yigiti 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin