www.ziyouz.com kutubxonasi
107
kelgandan keyin otliq yayov butun askarlar oz fursat ichida intizomga olinib, temir saf
bog‘lagandek chekinmas bir nizomiy qo‘shinga aylanmish edi. Bu ish yolg‘iz so‘zdagina
emas, amalda ko‘rilib, Urumchi urushida 20 mingga yaqin olomon tungon askarlari 500
ga yetmagan otliq nizomiy askarlar tomonidan tor mor bo‘lmish edi.
Shu qadar tajribali ishlar ko‘z oldida ko‘rilgan bo‘lsa ham, yana xalq og‘zidagi «Voy,
Xitoy buzilsa, olam buzilib qiyomat qoyim bo‘lar emish», degan xurofiy so‘zlardan
ta’sirlanishi marhumning irodasi bo‘shligini, zamona ahvolidan xabarsizligini bildiradi.
Yo‘q esa 14 yillik davlat boshlig‘i, agar chin irodalik siyosiy bir qo‘mondon bo‘lsa, qo‘lida
nizomiy, qurollangan 40 mingga yaqin islom askari tursa, o‘z davlatini kofir dushmanga
qanday topshira olsin?
Bandadan kamchiliklar o‘tmaguncha bergan ne’matini qaytarib olish, Allohga odat emasdir. Hayot olamida urush maydonlaridagi zafar yoki xatar har ikkovi ham bir qancha sabablarga bogliqdir. Agar zafar asboblarini imkoniyat boricha to‘liqlamay tu-rib urushga kirishar ekan, Qur’oni karim hukmicha bunday odam xato ishlagan bo‘lib, shariat oldida javobga tortiladi. Shu o‘xshash uning sharoitiga to‘lti bilan ega bo‘la turib, yana orqaga chekinar ekan, tarix yuzini qoralovchilardan, islom haqiga xiyonat qiluvchilardan hisoblatusidir. Dunyo va oxirat baxtini davlatlari uchun, ilohiy qonun hukmida belgilangan, har ishning o‘ziga tegishlik sabablarini bajarib, qo‘lga keltirmay turib: «X,a endi, taqdir shul ekan», deb o‘ltirish eng katta nodonlik bo‘lib, Alloh qonuniga qarshilik qilmoqlikdur. B a y t: Sababni qil musabbibni unutma! Haqiqat shul erur teskari ketma. Ota Soguniy qilmishdur nasihat Tushunganlar bu so‘zdin olgay ibrat. Dema: «O’zgarmas olam ish bitibdur», Na bo‘lgay ertagi kun kim bilibdur. Hayotingni tuzatmoqqa sabab qil, Vatanni qutqazishning chorasin bil. Birinchi chorasi ilm o‘qimoqdur, Jaholat ooshiga to‘qmoq ham tayaqdur. Jaholat bizni ajratdi Vatandin Vatan yolgiz emas, ham jonu-tandin. Bo‘lar ish bo‘ldi, endi kimligingni Unutma, ey o‘gil, o‘zbekligingni. Yutulmasdan burun saqla tilingni- Qutqar qulluqqa tushgan bu elingni. Agar til saqlamas ersang, yutarlar- Oyoq ostiga solgay, qul etarlar. Seni yutmoqqa tayyor ajdaholar, Koradur yoki oq to‘ymas balolar. Na bo‘ldi, Uturiston, och ko‘zingni Ko‘zing och, O’zbekiston, ko‘r o‘zingni. Na erding, endi ne bo‘lding, qarab boq, Qachon bir joyda bo‘lgay juft bilan toq. Farishtaga yaqin bo‘lgay musulmon, Agar din ushlasa, bu hukmi Kur’on. Bilib diningni saqla, ey musulmon, Judo bo‘lgan kishiga ming pushoymon.