www.ziyouz.com kutubxonasi
108
Ota Soguniy qildi bu nasihat, Ajab ermas, kishilar olsa ibrat. Endi marhumning bu tarixiy voqeasi hasratlik dostonlar qatorida yozilgan bo‘lsa ham,
kelajakda bolalarimiz haqlari uchun foydasiz emasdur.
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Ustida shunchalik tarixiy so‘zlar yozilgan bu qo‘rg‘onda
bir kecha yotib, ertasi kuni bulutga tiralgan ikki tog‘ qismog‘ida Saksonkechik atalgan
oqar suv izi bo‘ylab yo‘lga tushdik. Qarasak, bu yo‘limizda saksonkechik emas, yuzdan
ortiq suv kechgan bo‘lsak ham, yana suv kechiklarini sanab tugatolmadik. Shu bilan
yozning uzun kunlari kechga davr to‘xtamay yurganimizcha kech qilg‘ach, har tomondan
tuman aralash qora bulutlar qo‘zg‘alib, yomg‘ir quyishi boshlandi. Osti ustilarimiz
yomg‘ir suvi bilan chilanib, yo‘l qorong‘uligini tun qorong‘uligi qopladi. Hayron bo‘lib
turganimizda, oldimizda tog‘ bag‘ri tomonidan yaltirab o‘t yorug‘i yiroqdan ko‘rilgali
turdi. Buni ko‘rgach, darhol ot jilovini shu yoqqa burib qarasak, baraka topkur yaylovga
chiqadurgan Kuchar qo‘ychilari bo‘lib, yomg‘irdan quriqlanib tog‘ kamorida yotgan
ekanlar. Dahshatli kechada topilgan shunga o‘xshash tog‘ o‘nqiri esa, bizning ko‘zimizda
oqsaroy uylaridan ham ortiqroq ko‘rinar edi.
Bu va u olam ishlaridan xabari yo‘q, oldida haydagan bir to‘p qo‘y echkidan boshqa
boqar kutari yo‘q, ikki dunyo g‘am qayg‘ulari bilan ham chatog‘i yo‘q, qo‘y dushmani
bo‘ridan boshqa tashvishi yo‘q, bir necha cho‘ponlar bilan o‘nqir ichida yoqilgan olov
aylanasida o‘lti rib o‘tkazgan badavlat majlis lazzatini eskarsam, madaniyat
vahshiylariga chin ko‘nglimdan la’nat o‘qigim kelar edi.
KUChAR Shunday qilib sof ko‘ngilli, to‘g‘ri tilli uyg‘ur cho‘ponlari bilan o‘nqir ichida
gurunglashib o‘ltirib, shu kechani o‘tkazdik. Ertasi kuni tongota hangragan eshaklarni
haydashgan eshakchilar bilan biz ham yo‘lga tushdik. So‘ngra 2-3 soat o‘tar o‘tmas
Saksonkechikni orqada qoldirib, qismoq og‘ziga chiqdik. Shu yurib o‘ltirganimizcha
Tekmon degan uyg‘ur qishlog‘ida tushlanib, bu yerdan o‘tgach, kechga yaqin tepa tog‘lar
uzilishida joylashgan, atrofi qalin daraxtlik bir saroyga keldik. Bu biz bilan kelayotgan
eshakchilar xo‘jayiniga qarashlik keng bir qo‘rg‘on ekan. Shu kecha u yerda yotib, ertasi
kuni Abdurahmon degan bir kucharlik savdogar bola bilan birga Kuchar shahriga qarab
jo‘nadik. Kechga yaqin, Kuchar sapilidan 4 5 chaqirimcha yiroq bo‘lgan Shamolbog‘
degan qishloqdagi bolaning joyiga kelib tushdik. Ob-havosi toza, suvlari mo‘l, bog‘u
bo‘stonlik kelishgan yer ekan.
Bu joyda ikki uch kuncha turib, hordig‘imiz chiqqandan keyin, shahar ko‘rmakni havas
qilib, bola bilan birga bozorga kirdik. Aylanib yurganimizda bir kishi kelib qo‘limni
ushladi. Qarasam, G’uljadagi do‘stlarimizdan otushlik Turdiqori ekan. Menga o‘xshab u
kishi ham Koshg‘ardan qochib chiqib, hech yerga sig‘masdan Kucharga kelgach, qo‘ra-
joyli bir tul xotinga uylanib, shu bilan yoshirincha kun kechirmokda ekan. Meni ko‘rib:
«Voy to‘ram, ajabmu yaxshi keldingiz. Sizni xudoyim menga yetkazdi, peshonamizda
nima ish bo‘lsa, endi birga ko‘ramiz», deb yopishib olganicha, ajramay Shamolbog‘idagi
qo‘shxonamizga birga keldi. So‘ngra uy egasidan meni so‘ragan bo‘lib, ot uloq, xurjun
xalashlarimni olib, o‘z uyiga keltirdi.
Ikki qochoq bosh qo‘shganimizdan keyin sirimiz ochildi. Qarasak Koshg‘ar, G’ulja va
boshqa shaharlarda bo‘lgan voqealar hamma yerda birdaniga boshlangan ekan.
Ikkovimiz bir necha kecha kunduzlab so‘zimiz tugamay, suhbatga to‘ymay, parang
so‘qishib (suhbat qurishib) ajramasdan yurdik. Shu orada Koshg‘ardan otushlik Salay