www.ziyouz.com kutubxonasi
59
Dunyo yaralgandan boshlab, hech bir davrda hozirgi zamonamizdek yer yuzini qoplagan ulug ofatlik balolar xalq boshiga tushgan emasdir. Chunki, inson nasi yaratilgandan beri, hech bir zamonda xudoga ishonmagan dinsizlar qo‘liga hukumat o‘tmagan edi. Endi esa, butun dunyoning teng yarim xalqi hech narsaga ishonmaydigan dahriylar hukmiga o‘tdi. Bularning eng yomon ko‘rgan narsalari xudoga ishonmoq va xudo qonuni bo‘lgan haqiqiy insoniy qonunlarga bo‘ysunmoqdir. Shuning uchun kommunistlar hokimiyatni qo‘lga olgan birinchi kunidan boshlaboq, diniy maktab va madrasalarni butunlay yo‘qotdilar. Shundan beri birinchi sinf bolalaridan boshlab, eng oliy yuqori darajaga yetkuncha dinga qarshi tashviqot darslari uzulmay o‘qitilib kelinmoqda. O’z maqsadlariga erishmoq va boshqalarni ruslashtirish uchun chiqargan baynalmilal qonuni Krzogiston, Qirgiziston, O’zbekiston va umumiy O’rta Osiyo xalqlari ustida yuzda yuz bajarilmoqdadir. Buning birdan bir sababi esa, Maskov makkorlari o‘z davlatini mustahkamlash uchun bu o‘lkalarning, ayniqsa, O’zbekistonning naqadar buyuk ahamiyatga ega ekanligini yaxshi tushunishidur. Sovetga qarashlik butun o‘lkalar davlat tarkibida gavda misoli bo‘lsalar, ular oldida O’zbekiston hayot beruvchi jon hukmida bo‘lib hisoblanadi. Bizning bu Vatanimizdan nimalar chiqmaydi? Bu boyliklar qayoqqa ketayotganligi hammaga ma’lum edi. Birni berib, mingni oladilar, shunga ko‘ra o‘tgan chor hukumati davridan boshlaboq Turkiston o‘lkasini doimiy ravishda qo‘ldan chiqarmaslik, balki, imkoniyat topilar ekan, bu o‘lkalarni to‘la mustamlaka qilish siyosati boshlanmish edi. Birinchi dunyo urushi chiqishi bilan olam siyosati o‘zgardi. O’sha zamon podshohlari taxtlaridan ajragach, Rusiyada kommunistlar firqasi shlaba qozondilar. Buning natijasida sovet hukumati qurilib, unga qarashli butun o‘lkalarda dinsizlik, xudosizlik boshlandi. Endi bu ajdarhodan qutulish uchun qanday chora qo‘llanilishi kerak degan masalaning vaqti o‘tkanligidan bu haqda fikr yuritib o‘tirishning hech hojati yo‘qdir. Biroq payg‘ambarimizning goyibdan xabar bergan mo‘‘jiza so‘zlariga qaraganda va ham hozirgi jahon siyosatining ketishicha, oldimizda ulug voqealar bo‘lishi shubhasizdir. Mana shu kabi buyuk voqealar bo‘lar ekan, dunyo bo‘yicha umumiy o‘zgarishlar bo‘lmay qolishi mumkin emas. Shu o‘zgarishlar natijasida mustabid tuzumning temir qo‘rgonlari tor mor qilinib, asrlar bo‘yi zolimlar asorati ostida yotgan bechora vatan ahllari o‘zlarining halol meroslari ona vatanlari bo‘lgan Turkiston o‘lkasiga shunda, albatta, ega bo‘ladilar. Lekin bu muborak kunga yetkunchalik bu ajdarhodan qutulish emas, balki unga yutilib ketishdan saq-lanish choralarini imkoniyat boricha qilib turishimiz lozimdir. Yo‘q esa butun dunyoni titratgan Temur kabi shon-shavkatpli hoqonlar mamlakati bo‘lgan ulug Turkiston o‘lkalarini bu yalmogizlar yutib singdirib ketishlari ko‘p uzoq emas. Chunki, Ovrupo davlatlari tomonidan asrlardan beri butun dunyo bo‘yicha qo‘llanib kelingan mustamlakachilik siyosati, ikkinchi dunyo urushi tugashi bilan o‘zgarib, har millat o‘z vatanla-riga ega bo‘lib, o‘z hukumatlarini qo‘lga oldilar. O’sha kundan boshlab, yolgiz Angliya davlati Osiyo, Afrikadagi mustamlakalaridan 30 dan ortiq mamlakat halqiga ozodlik berib, yana yangi usulda hukumatlarini qurib o‘zlariga topshirdi. Endi butun olamda mustamlakachilik yo‘qolib, ozodlik davri boshlanganiga qaramay, sovet imperiyasi bir tomondan o‘z qo‘li ostidagi o‘n olti o‘lkalik xalqqa til uchida qogoz ustida ozodlik bergan bo‘lib, ikkinchi tomondan, sharmandalarcha mustamlakachilikdan ham yomonroq siyosat qo‘llab, butun xalqni, ayniqsa, Turkiston xalqini qul qilib, hayvondek ishlatmoqdadir. Bunga ham qanoat qilmasdan yerlik xalqni yutib singdirish, vatanlarini esa ruslantirish qastiga tushdi. Turli bahonalar bilan Rusiyadan sel oqqandek kishilarni keltirib, vatanimizning eng go‘zal joylarini bular bilan to‘ldirishga kirishdi. Qirgiziston, Krzogiston