www.ziyouz.com kutubxonasi
33
bo‘lg‘aykim, hech narsa ko‘rmay, yaxshi eomonlarga yo‘liqmay, to‘g‘ri yo‘limizda
ketaverdik.
Urganch qishlog‘idan chiqib, Andijonga yaqinlashgan sayin urush alomatlari ko‘rina
boshladi. Shundoqki Andijon, Namangan poezdlari butunlay to‘xtalgan, temir yo‘llari
buzilib, stanqiyalari kuydirilgan ekan. Shu kabi alomatlar ichida yurganimizcha omon son
Andijonga yetdik. Shahar ichiga kirgach qarasak, butun ko‘chalarda chuvalib ochilib
yotgan paxta toylari hisobsiz edi. So‘rasak, biz kelishdan uch o‘rt kun ilgari Madaminbek
shaharga hujum qilib kirganida, har ikki tomon askarlari paxta toylarini o‘zlariga qalqon
qilib otishishgan ekanlar. So‘ngra bularni shahardan chiqarish uchun qal’aga qamalgan
bolshevik askarlari tomonidan otilgan to‘p ambaraklaridan shahar xalqi, xonadon uylar,
bozor rastado‘konlari anchagina zararlanmishdir.
Shu vaqtlarda Rusiya mamlakati bo‘ylab boshqa joylarda ham bolsheviklarga qarshi
xalq ko‘tarilmish edi. Ichki Rusiyada Kolchak, Vrangel kabi harbiy kishilar, O’rinburg
kazaklaridan Duto‘v, Aninkovga o‘xshash generallar bosh ko‘tarmish edilar. Mamlakat
bo‘yicha har joydagi qurollangan harbiy kuchlar uchun kerakli bo‘lgan narsalar, iqtisodiy
ishlar vayrongarchilikka uchraganligidan, hojatga yetarlik emas edi. Yoqulg‘ular esa
yo‘qolishga yetib, temir yo‘l parovozlariga ko‘mir yo‘qligidan o‘tin yoqishga majbur
edilar. Yana u kunlari O’zbekistondagi butun ruslarning soni hozirgi sonidan yuzdan
biricha ham kelmas edi. Buning ustiga uzun Dashti qipchoq cho‘llap orqali oramiz
ajralganligi tufayli, vatanimiz O’zbekiston Ovrupo bosqinchilari markazidan yiroq turishi;
yana 6u kunga qaraganda ozu o‘p diniy, milliy hissiyotimizning borlig‘i kabi narsalar u
kunlari biz uchun kerakli bo‘lgan butun ishlarimizni qulaylashtirishga yo‘l ochmish edi.
Qisqasi, Vatanimiz O’zbekistonni bosqinchi qizil askarlar qo‘lidan qutqazib olish sharoiti shu chogda tugilmish edi. Ulardan foydalanish yo‘llarini nega topolmadilar? Buning birdan bir sababi u kunlari xalqimiz ichida siyosat olamiga tushungan, oz bo‘lsa ham zamonaviy ilm o‘qib bilgan kishilarimiz yo‘q hisobida bo‘lishidir. Buning misoli shulkim, qurilish va binokorlik asbob-uskunalari agar to‘ligi bilan topilar ekan, unga rahbarlik qiluvchi muhandislar, tajribalik usta shchilar bo‘lmasa u binoning qurilishi, albatta, mumkin emasdir. Shunga o‘xshash bir millat o‘z milliy davlatini qurib olishi uchun zamonasiga loyiq butun asbob skunalarni qo‘lga keltirgan taqdirda ham, shu narsalarni o‘z o‘rnida ishlata bilgudek, milliy hissiyotlik siyosiy arboblarga, albatta, muhtojdir. Hozirgi o‘qimishlik, tushungan Vatan bolalarimiz, agar milliy hislik bo‘lmas ekanlar, ulardan bizga, ya’ni o‘z xalqiga foyda yetishi hech vaqt mumkin emasdir. Balki bolta sopini o‘zimizdan chiqargak yov qo‘lida tub ildizimiz bilan kesib quritishga qurol bo‘ladilar. U holda esa o‘zlaridan umid etilgan vatan o‘gillarining qo‘llari bilan vatan ahllarini ko‘mishga chuqur qaziladi demakdir. Endi milliy hissiyotlarini saqlash uchun o‘zlarida ikki narsaning bo‘lishi, albatta, shartdir. Birovi din, ikkinchisi esa har millatning o‘ziga xos ona tilidur. Bolsheviklar hokimiyati qurilgan kundan boshlaboq, diniy marosimlarimizni asosi bilan yo‘qotishga kirishganlikdan hozirgi bolalarimizning diniy hissiyotlari yo‘q hisobida qolmishdur. Buning ustiga yana o‘z ona tillaridan ham ajrar ekanlar, u chogda diniy va milliy hissiyotlari butunlay yo‘qolib, ko‘p uzoqlamayoq ruslarga yutilib ketishlari shubhasizdir. Bu esa ota-bobolarining suyaklari bilan bir qatlami ko‘tarilgan go‘zal O’zbekiston ona vatanlarini bosqinchilarga qoldirib, o‘zlari inqiroz chuquriga yuz tuban yiqilgan holda, tarix yuzidan abadiy o‘chiriladi demakdir. Bunday odamlar shu millat oldida eng katta jinoyatchi, olchoq odamlardir. O’z ota obolarini unutib, boshqalarga qo‘shilgan bunday kishilar haqida pashambarimiz Muhammad alayhissalom norozilik bildirib la’nat o‘qidilar. Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shunday qilib, shahar ichiga kirgach ruhi o‘chgan