Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
tor mor qilinib, asrlar bo‘yi zolimlar asorati ostida yotgan bechora vatan ahllari 
o‘zlarining halol meroslari ona vatanlari bo‘lgan Turkiston o‘lkasiga shunda, albatta, ega 
bo‘ladilar». 
Umumjahon siyosatining o‘zgarishi, millatlarning milliy uyg‘onishlari kuchayishi 
natijasida mazlum xalqlarning o‘z milliy yetakchilari ham yetishib chiqishini bobomlar 
orzu qilib aytadilar: «Yer usti insonlari yer osti ma’danlari kabi turlikcha yaratilganlikdan 
har qaysilari har turlik qobiliyatga egadurlar. Bular ichida temir-ko‘mirlari ko‘p 
bo‘lg‘andek, oltin-olmoslari ham oz emasdir. ...Agar shundoq kunlar to‘g‘ri kelar ekan 
siyosat maydoniga millat yetakchilari, albatta, chiqadi va shunda Turkiston xalqi o‘z 
hukumatini birinchi navbatdayoq qurib olishi, albatta, lozimdir. Har millatning o‘z 
hukumati o‘z qo‘lida bo‘lmas ekan, cho‘poni-qo‘ychiboni yo‘q bir to‘da qo‘y kabi yirtqich 
qushlarga, och bo‘rilarga yem bo‘lib, oxiri inqirozga uchrab yo‘qoladi». 
Asarda kelajakda quriladigan milliy davlat va jamiyat asoslari haqida ham fikr 
bildirilgan. Islom dini bilimdoni Alixonto‘ra Sog‘uniy qarashlaricha, ular umuminsoniy 
haq-huquqlar himoyalanib saqlanadigan, din erkinligi kafolatlanadigan, islom axloqi va 
madaniyatiga tayanadigan, kuchli ilmiy, askariy quvvatga ega bo‘lgan dunyoviy davlat 
va jamiyatdir. Shunday bo‘lganda keyingi asrlarda Turkiston xalqi boshiga tushgan 
qo‘rquvparast ruhiy muhitdan qutilmoq, qudratli qo‘shni davlatlar siyosatining qurboni 
bo‘lishdan saqlanmoq, zamonaviy taraqqiyot to‘g‘ri yo‘lida tez rivojlanmoq imkoniyatlari 
yaratiladi. «Endi shuni bilmak kerakkim, deydi Alixonto‘ra, Qur’onning hukmiga, 
Rasulullohning yo‘liga yaxshi tushunmay dinga xiyonat qilgan, o‘z Vatanini boshqalar 
tasarrufiga qoldirib, ikki dunyosidan ajrab xorlik bilan yashagan yolg‘on musulmonlardan 
ilm, fan, madaniyatni o‘zlashtirib, butun huquqlariga ega bo‘lgan kofirlar, albatta, 
ortiqdur». 
Kitobda Turkiston xalqlarining ittifoqi masalasi ham har tomonlama keng yoritilgan. 
«Mustamlaka zulmi ostiga tushib qolishimiz sabablarining birinchisi xonliklar vaqtida 
yuzaga kelgan ittifoqsizlik shumligidir. Xozirgi davrda millatimiz manfaatini dunyo 
siyosati darajasida to‘la himoya qilish uchun Turkiston xalqlari, davlatlari, birinchi 
navbatda, mintaqaviy ittifoqqa birlashmoqlari zarur. Shundagina bu ittifoqning 
yaratadigan qudratli siyosiy va iqtisodiy salohiyati dunyo siyosatdonlarini undagi 
davlatlar manfaatini hurmat qilishga majbur qilishi mumkin. Bo‘lmasa ma’lum bir tarixiy 
sharoitda qudratsiz davlatlar yana kuchli davlatlarning qurboni bo‘ladi. Turkiston 
davlatlari birlashishlari uchun tabiiy asos mavjud. Bu tarix, yurt va madaniyat birligi, 
umumiy din va til borligidur. Qur’on mo‘minlarni birlik, ittifoqlikka qattiq undaydi». 
Shu bilan birga, bu asarda Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi davrlardan XIX 
asr oxirigacha bo‘lgan davr ichida qurgan davlatlari, sohibqiron Amir Temur haqida
turkiy xalqlar madaniyati, turmushi, etnografiyasiga oid qimmatli tarixiy, ilmiy 
ma’lumotlar mavjud. Ayniqsa Sharqiy Turkiston o‘lkasida shu paytdagi ijtimoiy-siyosiy 
vaziyat, milliy mustaqillik uchun uyg‘ur xalqining olib borgan kurash tarixi keng 
yoritilgan. Milliy tariximizni qoralab sovet davrida «bosmachilar harakati» deb 
nomlangan, aslida Vatan ozodligi uchun kurashgan millat qahramonlari to‘g‘risida ham 
fikr bildirilgan. Albatta, muallif bu harakatga o‘zining shaxsiy munosabatini bildiradi va 
ular mag‘lubiyatining asosiy sabablaridan biri buyuk ozodlik g‘oyasi atrofida millatni 
birlashtirgan, zamon siyosatini yaxshi tushungan, ongli rahbariyat yoki millat yetakchisi 
bo‘lmaganligini ko‘rsatadi. 
Kitob nihoyatda tiniq, badiiy go‘zal, ravshan tilda yozilgan. Jumladan, tabiat 
manzaralarining tasvirlari o‘quvchi qalbida ona Vatanimizga chuqur muhabbat va mehr 
uyg‘otadi. 
«...Bu tarixiy so‘zlarni yozishdan ko‘zlagan mening tubgi maqsadim, deydi Alixonto‘ra, 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin