www.ziyouz.com kutubxonasi
15
yonidagi ayollar bilan birga taksiga o‘tirdi.
Fotima uchun yig‘laganlar orasida bir chetdan unga mahzun-mahzun termulib qolgan
Ismoil ham bor edi. Fotimaning qalbidagi g‘alayonlar va g‘ussasining hozirga darajasi
haqida so‘zlash xuquqi faqat bu holatni boshidan o‘tkazgan, boshiga yopinchiq tashlab,
ota uyi bilan xayrlashish alamini totgan kelinlardagina mavjuddir.
Fotimani bir hovliga tushirdilar. Yangi emas. Lekin xarob ham emas. Uch xonasi, bir zali,
bog‘i bor. Bog‘cha qarovsiz. Hovli (uy va bog‘) to‘y oldidan yig‘ishtirilganiga
qaramasdan, ko‘p vaqtlardan beri ayol qo‘li tegmagani bilinib turardi. Fotimaning ko‘ngli
zirqiradi. Xasta, zaif, holsiz bir yosh ayol ko‘z oldiga keldi. U bolalariga qanday taomlar
bergan, hovlini qanchalar orasta qilgan... Faqat xastaligidan bog‘ oyoq bosolmaydigan
holga kelgan.
Aslida to‘y deyish unchalik joiz bo‘lmagan bu yig‘inga kelgan qo‘shnilar birpasdan so‘ng
tarqalishdi. Uyda faqat Odilbekning qarindoshlari — to‘rt-besh ayol qoldi.
Birozdan so‘ng eshikdan bir ayol va ikki bola kirdi. Fotima bu xotinni ikki marta
ko‘rganini esladi. Odilbekning holasi. Yonida qora qosh, qora ko‘z, qirra burun, chiroyli,
shirin ikki go‘dak. Yanga liboslar kiydirilgan, sochlari taralgan. Agar ularga diqqat bilan
boqqanlarida
yuzlarida iztirob belgilarini ko‘rmasalar, bu ularda iztirob yo‘qligidan emas,
balki noto‘g‘ri qarash, yaxshilab qaramaslikdandir. Odilbek ningholasi ularning qo‘llarini
tutib olgan. Fotimaning yoniga kelishdi. Muloyim,ammo ko‘p vaqt dard chekkani bilinib
turadigan ovozda:
— Xush kelibsiz, qizim—dedi.
— Xushvaqt bo‘ling, hola! Ayol yonidagi bolalarga ishorat qildi:
— Mana, qizim, bolalaring. Avval enasi qaradi — katta onasidan keyin, kim kelsa shu,
uning-buning qo‘lida qoldi. Qo‘g‘irchoqday ko‘ldan-ko‘lgao‘tib yurishdi bechora bolalar.
Endi senga topshirdik. Omonat. Shunday omonatki, ko‘ngillari jannat eshigiga
bog‘langan, bir omonatki, boshidan bir tuk tushib, joni qiynalsa, hisobi katta. Bu
gulg‘unchalarni xoxla yayrat, xohla uz. Ixtiyor senda. O’zing bilasan.
Bularni shikasta ohangda so‘zlayotgan xonim bir o‘ziga bir Fotimaga hayron qarayotgan
bolalar yoniga bordi:
— Qarang, bolalarim, onangiz keldi. Endi yaxshi bo‘ladi. Qani, ko‘llarini o‘ping.
Husayin Fotimaning onasi ekanini yaxshi anglamadi, shu bilan birga tarbiya natijasi
tufayli, odob yuzasidan uning qo‘lini o‘pdi. Chekinmoqchi bo‘ldi. Ammo yangi ona uning
qo‘lini qo‘yib yubormadi. Chap ko‘liga olgach, dedi:
— Qani sen ham kelchi, Odila.
Odila holasiga qaradi. Fotima avvaldan tayyorlab qo‘ygan, rangli qog‘ozlarga o‘ralgan
ikki xaltacha chiqardi. Birini Husayinga berdi. Keyingisidan beshlik, o‘nli bir qancha
mayda pullar chiqarib Husayinning hovuchini to‘ldirdi So‘ng:
_ Endi Odilaning ko‘nglini olamiz, unga ham beramiz, — dedi. Husayin Odilaning ko‘lidan
ushlab , sekin tortdi:
— Kel, singlim, senga ham beradilar, — dedi. Odila zo‘rg‘a yaqinlashdi. Guyo kulog‘idan
sudralgan uloqcha. Berganlarini olarkan, Fotima uni quchoqladi. Oldiga o‘tqazdi. Odila
turib, qochmoqchi bo‘lardi. Fotima uni ko‘yib yubormadi.
— Men sening onang emasmanmi? Nega mendan qochasan, qizim? Seni shunchalik
o‘zimniki, desamam, nega sen onam deb uchmaysan? Mana, keldim. Endi hech
ketmayman. Qochsang xafa bo‘laman, onang bo‘lmay ko‘yaman. Akang, mana, shu
yerda. Kel, Husayin, kel, o‘g‘lim. Sen oldida o‘tir, singling ham bag‘rimda bo‘lsin.
Husayin tortinib-uyalib keldi. Fotimaning bir tizzasiga o‘tirdi. Yangi ona ikkovini ham bir-
bir o‘pib, bag‘riga bosdi. Bolalar dimog‘iga xushbo‘y urildi. Bu hid bolalarga go‘zal ta’sir
etdi.
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |