Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
173
— Yana! — deb buyurdi Voland. 
Usta ikkinchi stakanni bo‘shatgandan keyin ko‘zlari jonlanib, ma’noli boqa boshladi. 
Ana bu boshqa gap, — dedi Voland ko‘zlarini suzib boqarkan, — endi suhbatlashamiz. Kimsiz? 
— Endi men hech kim emasman, — dedi usta, shunday deb tirjaygan edi, og‘zi qiyshayib ketdi. 
— Hozir qaerdan keddingiz? 
— Hasrat uyidan. Men — jinniman, — dedi mehmon. 
Bu gapni eshitgan Margarita chiday olmay yana yig‘lab yubordi. Keyin ko‘z yoshlarini artib
chinqirib dedi: 
— Qanday mudhish so‘zlar! Mudhish so‘zlar! Messir, sizga shuni aytishim kerakki, bu — usta. Uni 
darddan forig‘ qiling, mehnatingiz zoe ketmaydi. 
— Siz kim bilan gaplashayotganingizni bilasizmi, — deb so‘radi Voland mehmondan, — hozir 
kimning huzurida o‘tiripsiz? 
— Bilaman, — deb javob qildi usta, — jinnixonada Ivan Bezdomniy degan bola yon qo‘shnim edi. 
O‘sha gapirib beruvdi siz haqingizda. 
— E-ha, to‘g‘ri, to‘g‘ri, — dedi Voland, — men u yigitcha bilan Patriarx ko‘li bo‘yida uchrashish 
baxtiga musharraf bo‘lganman. U sal bo‘lmasa meni ham jinni qilib qo‘yayozgan edi, meni yo‘q deb 
isbotlashga urinib! Ammo siz ishonarsiz, albatta, bu — chindanam men ekanligimga? 
— Ishonishga to‘g‘ri keladi, — dedi usta, — lekin, ochig‘i, sizni qoraxayol
1
samarasi deb hisoblash 
tinchroq bo‘lardi. Meni afv eting, — deb ilova qildi usta birdan hushini yig‘ib olib. 
— Ha, yaxshi, tinchroq bo‘lsa, shunday deb hisoblayvering, — dedi Voland muloyimlik bilan. 
— Yo‘q, yo‘q, — dedi qo‘rqib ketgan Margarita ustaning yelkasidan ushlab silkitarkan, — esingni 
yig‘! Ro‘parangda o‘tirgan chindanam o‘sha! 
Mushuk bu yerda ham oraga suqildi: 
— Mana, men chindanam qoraxayolga o‘xshayman. Oy shu’lasida yon tomonimdan qarang, — 
mushuk oy yog‘dusidan paydo bo‘lgan uzunchoq yo‘lakka borib turdi va yana bir nima demoqchi 
bo‘lib og‘iz juftlagan edi, lekin «ovozingni o‘chir» deb buyurishdi unga, shunda u: — Yaxshi, yaxshi, 
ovozimni o‘chirdim. Men gung qoraxayol bo‘laman, — dedi va jim qoldi. 
— Ayting-chi, nega sizni Margarita usta deb ataydi? — so‘radi Voland. 
Usta miyig‘ida kulib javob qildi: 
— Uning bu raftorini ma’zur ko‘ring. U men yozgan romanni juda yuksak baholagan edi. 
— Romaningiz nima haqda? 
— Pontiy Pilat to‘g‘risida. 
Shunda shamlarning olov tillari yana tebranib, yelpina boshladi, stoldagi idishlar zirillab ketdi. 
Voland misoli momaqaldiroqdek qah-qah urib kuldi, ammo uning bu qahqahasidan hech kim 
cho‘chimadi ham, ajablanmadi ham. Begemot negadir chapak chalib yubordi. 
— Nima, nima haqda? Kim haqda? — dedi Voland kulishdan to‘xtab. — Shu zamonda-ya? 
Voajabo! Nima, boshqa mavzu topilmadimi? Qani, ko‘raylik-chi, — Voland kaftini yuqoriga qilib 
qo‘lini cho‘zdi. 
— Afsuski, sizga uni ko‘rsatolmayman, — deb javob qiddi usta, — chunki men uni pechkaga 
qamab yoqib yuborganman. 
— Kechirasiz-u, ishonmayman bunga, — dedi Voland, — bu mumkin emas. Qo‘lyozmalar 
yonmaydi. — U Begemot tomonga o‘girilib dedi: — Qani, Begemot, uzat bu yoqqa romanni. 
Mushuk stuldan «dik» etib turgan edi, hamma uning dasta-dasta qo‘lyozmalar ustida o‘tirganini 
ko‘rdi. Mushuk eng ustki nusxani ta’zim bilan Volandga uzatdi. Margarita yana hayajondan yig‘lab 
yuborgudek bo‘lib, dag‘-dag‘ titragancha chinqirib yubordi: 
— Ana qo‘lyozmang! Ana u! 
U Voland istiqboliga tashlanib zavq-shavq bilan dedi: 
— Siz har narsaga qodirsiz, qodirsiz! 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin