Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
174
Voland qo‘lyozmani olib aylantirib ko‘rdi, so‘ng uni bir chetga qo‘yib, indamay, jiddiy qiyofada 
ustaning yuziga tikildi. Lekin usta negadir tashvishlanib, bezovta bo‘la boshladi, stuldan turib, 
qo‘llarini qisirlatdi, vujudi dag‘-dag‘ qaltirab olis fazodagi oyga yuzlangancha g‘o‘ldiray boshladi: 
— Hatto oydin kechada ham menga tinchlik yo‘q, nega axir oromimni buzdinglar? Yo tangrilar, 
tangrilar... 
Margarita ustaning egnidagi kasalxona xalatini mahkam changallab olib, o‘zini uning bag‘riga 
bosdi va yig‘i aralash hasrat bilan g‘o‘ldiradi: 
— E, xudo, nega, axir, dori senga kor qilmayapti? 
— Hechqisi yo‘q, parvo qilmang, — deb pichirlardi Korovyov usta atrofida parvona bo‘larkan, — 
hechqisi yo‘q, hechqisi yo‘q... Yana bir stakan ichvoring, men ham sizga ulfat bo‘laman. 
Bu galgi stakan oy yog‘dusidan yaraqlab ustaga ko‘z qisganday bo‘ldi va unga yordam berdi. 
Ustani yana joyiga o‘tqazishdi, bemorning chehrasida endi xotirjamlik alomatlari paydo bo‘lgandi. 
— Mana, endi hamma narsa ravshan, — dedi Voland va uzun barmog‘i bilan qo‘lyozmaga «to‘q-
to‘q» urib qo‘ydi. 
— Mutlaqo ravshan, — deb tasdiqladi mushuk, gung qoraxayol bo‘lishga so‘z berganini unutib, — 
bu asarning asosiy mohiyati menga tamomila oydin bo‘ldi. Sen nima deysan, Azazello? — deb 
yuzlandi u sukut saqlayotgan Azazeloga. 
— Nima derdim, — dedi u ping‘illab, — seni suvga cho‘ktirib yuborgan baraka topadi. 
Rahming kelsin, Azazello, — dedi unga mushuk, — bu shum niyatingni hukmdorimning 
ko‘ngliga sola ko‘rma yana. Azbaroyi shifo, unda har kecha tepangga xuddi sho‘rlik ustaga o‘xshab oy 
yog‘dusi libosida kelib, halovatingni buzaman-a. Ana unda holing nima kechadi, a, Azazello? 
— Qani, Margarita, — deb yana gapga aralashdi Voland, — hamma gapingizni ayting, nima 
xohlaysiz? 
Margaritaning ko‘zlari porlab ketib, Volandga iltijo bilan yuzlandi: 
— Maylimi pichirlashib gaplashib olsak? Voland bosh irg‘atdi, shunda Margarita og‘zini ustaning 
qulog‘iga olib borib, bir nimalarni pichirladi. Lekin faqat ustaning javobi eshitildi: 
— Yo‘q, kechikdik. Endi menga hech nima kerak emas. Faqat seni ko‘rib tursam bo‘lgani. Ammo 
takror aytaman — voz kech mendan. Xarob bo‘lasan men bilan bo‘lsang. 
— Yo‘q, voz kechmayman, — dedi Margarita va Volandga yuzlandi: — Bizni yana Arbatga 
tutashgan tor ko‘chadagi o‘z podvalimizga qaytarishingizni iltimos qilaman, yana u yerda lampa-
chirog‘imiz ham yonsa, qolgan hamma narsalar ham o‘z o‘rnida bo‘lsa. 
Bu gapdan usta kulib yubordi va Margaritaning bir vaqtlar sochi jingalak bo‘lgan boshini 
quchoqlagancha dedi: 
— Bu sho‘rpeshona ayolning gapiga quloq solmang, messir. O‘sha podvalga allaqachon boshqa 
odam joylashib olgan, undan keyin, hamma narsani avvalgi holiga qaytarib bo‘lmaydi aslo. — U 
yuzini mahbubasining sochlari parishon boshiga qo‘yib, uni quchoqladi va: 
— O, sho‘rlik, sho‘rlik... — deb g‘udrandi. 
— Qaytarib bo‘lmaydi dedingizmi? — dedi Voland. — Gapingiz to‘g‘ri. Lekin biz urinib ko‘ramiz, 
Azazello! 
U shuiday degan edi hamki shiftdan esankiragan telbasifat bir odam «gurs» etib tushdi, uning 
egnida faqat tungi ko‘ylak-ishton bo‘lib, negadir qo‘lida chamadon, boshida kepkasi bor edi. Bu odam 
qo‘rqqanidan «qalt-qalt» titrar va nuqul cho‘qqaymoqchi bo‘lganday engashardi. 
— Mogarichmisiz? — deb so‘radi Azazello osmondan tushgan odamga yuzlanib. 
— Aloiziy Mogarich, — deb javob qiddi u «dag‘-dag‘» titrab. 
— Mana bu odamning romani haqida Latunskiy yozgan maqolani o‘qib, «uyida nolegal adabiyotlar 
saqlayapti», deb shikoyat yozgan sizmidingiz? — deb so‘radi Azazello. 
Osmondan tushgan grajdanin ko‘karib ketdi, tavbasiga tayanib yum-yum yig‘lay boshladi. 
— Uning kvartirasiga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘luvdingizmi? — imkoni boricha muloyimroq ohangda 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin