Birinchidan: o’smirning individual xususiyatlari ko’p sonli va xilma-xil
bog’lanish va munosabatlar sistemasida bog’likdir. Bu o’smirning biror-bir xususiyati
yoki xarakter xususiyati xam o’z-o’zidan namoyon bo’la olmaydi va qayd etilmaydi.
Masalan, o’smirga o’tkir va sinchkov aklni payqaymiz. Lekin agar biz uning aqli
(bilimiga qaratilganligi, qizikishi) nimaga yo’naltirilganligini, uning sinchkovligi kasbini
egallashda namoyon bo’lish-bo’lmasligini, uning o’quvchilar bilan o’zaro munosabatiga
ta’sir etish-etmasligini va xokazolarni biz bilib olmasak. bu xususiyatning axamiyati
qolmaydi. Yoki, o’smirni irodasiz deb xisoblaydilar. Biroq umuman ruxi sog’lom kishi
irodasiz bo’lmaydi. Demak, u qandaydir muayyan vaziyatda, faoliyatning turlarida,
muayyan kishilar bilan muomalada irodasiz bo’ladi. Qachon, kayerda, kanday kishilar
bilan?
Ikkinchidan: bu prinsip - tamoyil - obyektivlik. Inson haqida, hatto o’ta tajribali
mutaxassis bo’lmasin, qandaydir bir kishining fikriga karab xulosa chiqarib bo’lmaydi.
Axir har kanday sharoitda ham uning fikri shaxsiy, kolaversa, xato xam bo’lib, chiqishi
mumkin. Pedagogik psixologik tajribali pedagog talaygina shunday xollarnigina biladi.
Kishini to’g’ri tushunish uchun u xaqdagi fikrlarni lekin uni yaxshi biluvchi kishilarning
fikrlarini qiyoslab ko’rish kerak. Bu ishini o’smir xaqidagi fikrlari anchagina asosli
bo’lgan kishilar - uning ota-onalari, o’qituvchilari, do’stlari kilishi lozim.
Biroq o’smirni o’rganishning obyektivligi u xakdagi fikrlarni kiyoslash bilan
cheklanmaydi. Uni xulk-atvor va faoliyatning turli xil sharoitda bilish va tushunish
muximdir. Bu xakda yukorida to’xtalib o’tilgan edi. O’smirning turli kishilarga bo’lgan
munosabatiga berilgan baho o’ta axamiyatli ekaligini ko’shib qo’yamiz, xolos. Bu
munosabat bir xilmi, barqarormi yoki tanlab kilinadimi? Masalan, u xammaga xam
xurmat bilan munosabatda bo’ladimi yoki fakat o’zi bog’liq bo’lgan kishilargaginami?
Hammaga va xar kanday sharoitda dadilmi yoki kuchlirok kishi qo’llab-quvvatlagan
sharoitdagina dadilmi?
Kishi xaqida uning mexnat mahsuliga karab ko’prok narsani bilib olish mumkin.
O’smir uchun mexnat mahsuli bu umumiy ta’lim va nazariy predmetlardan yozma ishlar,
chizmalar, rasmlar, ishlab chiqarish praktikasi maxsuli, ko’lda yasalgan turli narsa va
boshkalardir.
Nihoyat, o’smirning so’zi bilan hatti-xarakatini solishtirib ko’rish juda muxim
xisoblanadi. Odatda prinsipli, saranjom, irodali, muayyan maqsadni ko’zlagan,
shakllangan xarakterli kishining so’zi bilan ishi bir bo’ladi. Bordi-yu kishining so’zi
boshqa-yu, ishi boshqa bo’lsa, uning sababini: yuz bergan sharoit tufaylimi, kishining
tartibsizligidanmi, turmush tajribasi yo’qligidanmi, irodasizligidanmi yoki boshqa sabab
bilan bog’liqligini aniqlash kerak.
Uchinchidan: uchinchi tamoyil - ulg’ayishni o’rganishning dinamikligi. Inson
umr bo’yi o’zgarib boradi. Yosh ulgayadi. Yosh ulg’aygan sari o’zgarish, asosan,
sustlashadi, kamroq seziladi, albatta jismoniy, ba’zi xollarda esa ruhiy xolatdagi
o’zgarish juda jadallik bilan ro’y beradi. Ochilgan yangi ijobiy potensialdan foydalanish
va muqarrarlashib borayotgan kamchilikka nisbatan o’z vaqtida chora ko’rish uchun bu
o’zgarishni ko’ra bilish o’ta muximdir. Usmir haqida yagona va bir umrga qayd etilgan
fikr bo’lmasligi lozim. Afsuski, ba’zan amalda aynan tarbiyasi kiyin o’smirlarga nisbatan
shunday xolga duch kelamiz.