Bitiruv malakaviy ish mavzusining o’rganilganlik darajasi. Investitsiya
loyihalarini amalga oshirishda risklarni baholashning nazariy asoslarini o’rganish
bo’yicha o’zining muhim hissalarini qo’shgan xorijlik iqtisodchi-olimlar qatorida
Беренс В., Хавранек П., Идрисов А., Картишев С., Гитмат Л., Коссов В.,
Липсиц И. va boshqalarni alohida tilga olish mumkin.
O’z navbatida, Vatanimiz iqtisodchi-olimlari ham ushbu masalalar bo’yicha
O’zbekiston Respublikasi amaliyotining tahlili asosida ilmiy tadqiqning xazinasini
o’zlarining maqola va ilmiy chiqishlari orqali yanada boyitganlar. Ular qatoriga
Sharifxo’jaev M., G’ozibekov D., O’lmasov A., Vohobov A., Abdullaev Yo.,
Abdullaeva Sh., Angelidi M., Karimov N., Nosirov E., Xo’jamqulov D. va
boshqalarni kiritish mumkin.
Malakaviy ishning maqsadiinvestitsiya loyihalarini moliyalashtirishda
risklarni baholash va boshqarish yuzasidan xorij tajribasini o’rganish va tahlil
qilish asosida, investitsion loyihalarni moliyalashtirish borasidagi risklarni
boshqarishni takomillashtirish bo’yicha amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish
hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun malakaviy ishda quyidagi vazifalar belgilab olingan:
-investitsion loyihalardagi risklar tushunchasining mohiyatini ochib berish
va o’ziga xos xususiyatlarini asoslash;
-investitsion loyihalardagi risklarni qiyosiy baholash va tegishli nazariy va
amaliy xulosalarni shakllantirish;
-respublikamiz amaliyotida investitsion loyihalarni moliyalashtirish va
undagi risklarni boshqarish amaliyotini tahlil qilish va bu borada mavjud bo’lgan
asosiy tendentsiyalarni aniqlash;
-respublikamiz
amaliyotida
investitsion
loyihalarni
moliyalashtirish
borasidagi risklarni boshqarishdagi xorij tajribasini o’rganish va ulardan
O’zbekiston amaliyotida foydalanish yuzasidan amaliy xulosalarni shakllantirish;
-mamlakatimizda investitsion loyihalarni moliyalashtirish borasidagi
risklarni boshqarishni takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan asosiy muammolarni
aniqlash va asoslab berish;
-respublikamiz
amaliyotida
investitsion
loyihalarni
moliyalashtirish
borasidagi risklarni boshqarishni takomillashtirish yuzasidan amaliy takliflar va
tavsiyalar ishlab chiqish.