Microsoft Word yuldashev aziz furqatovich doc



Yüklə 448,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/22
tarix17.05.2023
ölçüsü448,3 Kb.
#115028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Loyihalarni moliyalashtirish

Malakaviy ish ob’ekti bo’lib, O’zbekistonda investitsion loyihalarni 
moliyalashtirish va ularning riskini baholashning tashkiliy-iqtisodiy masalalari 
hisoblanadi. 
Malakaviy ishning nazariy-uslubiy asosi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining asarlari va ma’ruzalari, o’zbekistonlik va xorijlik iqtisodchi 
olimlarning mavzuga aloqador bo’lgan ilmiy ishlari hisoblanadi. 
Malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi kirish, uchta bob, xulosa vatakliflar, 
adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 

 
 


I BOBInvestitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi risklar hamda ularni 
boshqarishning nazariy va uslubiy jihatlari.
 
 
1.1. Investitsion loyihalarda risklar, ularni tuzilishi va kelib chiqish 
sabablari 
Investitsiyalar ssuda, aktsiyadorlik, tadbirkorlik, pul, tovar, ishlab chiqarish 
kapitalidan farq qilgan holda jami risklar majmuini o’zida mujassam etadi va 
kapitalni yo’qotish, boy berish riskini minimallashtirishni nazarda tutadi. 
Kapitaldan farq qilgan holda investitsiyalar ongli ravishda aniq va aniq bo’lmagan 
risklar bilan bog’lanadi. Investitsiyalar ssudalardan birqancha yo’nalishlar 
bo’yicha farq qiladi. Birinchidan, ssuda g’oyasi qaytarishlik asosida imkoni 
bo’lgan juda ko’p mablag’lar manbalaridan foydalanishni nazarda tutadi, 
investitsiyalar esa nisbatan uzoq davom etadigan vaqt mobaynida qo’yilgan 
kapital o’z egasiga qaytishiga qadar mablag’lar oqimini ta’minlash maqsadlarida 
kapital qo’yishni bildiradi. Ikkinchidan, kreditlashda kelishuv tashabbuskori, 
odatda, qarzdor hisoblanadi, investitsiyalashda esa tashabbus investordan chiqadi. 
Uchinchidan, kredit moliyalashtirishning manbalaridan biri hisoblanadi, 
investitsiyalar esa muayyan vaqt davomida aniq jarayonlarga ongli ravishda 
bog’lanib, risklarning turlari ko’pligi bilan ajralib turadi. Investitsiya kapitalini 
moliyalashtirish manbalarining turlicha nisbatlariga qarab risklar majmui ham har 
xil bo’ladi. Bank investitsiyalariga bank, kredit, bozor, foiz va boshqa risklar xos 
bo’lsa, investitsiyalarda risklar diapazoni ancha keng bo’lishi mumkin. 
To’rtinchidan, kredit kelishuvlarida kreditor yagona, investitsiya jarayonida esa, 
qoida tarzida, kreditor ko’plardan biri hisoblanadi. Kredit o’z negiziga ko’ra 
qaytarishlik munosobatlariga ega, investitsiyalar esa taqsimot va takror ishlab 
chiqarish munosobatlariga asoslanadi va qiymatning saqlanishini va (yoki) uni 
kapitalizatsiyalash munosobatlarini tavsiflaydi. Va, nihoyat, kreditga uning 
ajralmas, belgisi foiz ko’rinishidagi to’lov xos bo’lsa, investitsiyalarni dividend, 
foyda, foiz, daromad, ijtimoiy, ekologik va boshqa samaralar ko’rinishidagi 
natijalar kutadi. Shuningdek, kredit investitsiyalardan o’zining kreditlash 
tamoyillariga ko’ra ham farq qiladi. Investitsiyalashning fundamental printsipi 
diversifikatsiyalash va aniq maqsadlarga erishish uchun investitsiya kiritish 
maqsadlarini murosaga keltirish, muvofiqlashtirishdan iborat bo’lsa, kreditlashda 
esa 
kreditni 
qaytarishlik, 
to’lovlilik 
kabi 
maqsadlar 
ko’zlanadi. 
Investitsiyalashning asosiy maqsadi - kapitalning joriy qiymatini saqlab qolish va 
loyihani boshqarishda ishtirok etish yo’li bilan jamg’arishni amalga oshirishidan 
iborat, kredit esa bevosita boshqarishda ishtirok etmasligi ham mumkin. Ayrim 
tarjima nashrlarda «investitsiyalar - bu daromadlarning doiraviy aylanishiga 
mablag’larni qo’yish (qo’shish)dir» degan fikrlar ham uchraydi.
2
Bizning 
nazarimizda, resurslarni band etishga bunday dinamik yondashuvlarni o’rinli deb 
hisoblash mumkin. 
Ayrim 
iqtisodchilar 
uzoq 
muddatli 
investitsiyalar 
tushunchasini 
ishlatganlarida 
kapital 
qo’yilmalarni 
nazarda 
tutadilar 
va 
bu 
bilan 
2
Полфреман Д., Форд Ф. Основи банковского дела. - М.: Инфра - М, 1996 (пер. с англ.), 141 бет.


investitsiyalarning mazmuni va mohiyatini ochib berishni o’zlaridan soqit 
qiladilar.
3
Ayrim manbalarda

investitsiyalarni yangi korxonalarni tashkil etish, 
ishlab turgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish, ishlab chiqarishni 
texnik tayyorlash, foyda va boshqa pirovard natijalar, masalan, tabiat mahofazasi, 
ijtimoiy natijalar olish maqsadlarida loyihalarga mablag’lar kiritish tarzida 
izohlash ham uchraydi. Investitsiyalashga yo’naltirilishi mumkin bo’lgan 
narsalarni sanab o’tish bilan investitsiyalarning mohiyatini aniqlab bo’lmaydi. 
Investitsiyalarning 
qaerga 
yo’naltirilganini, 
qanday 
jarayonlarga 
biriktirilganini va ularning maqsadlari qanday ekanligini bilgan holdagina 
ularning mohiyatini anglash mumkin. Investitsiyalar, bizning nazarimizda, 
umuman kapitalning xozirgi qiymatini saqlash va (yoki) bu qiymatni 
jamg’armalarni ko’paytirish maqsadlarida kapitalga aylantirish payida bo’ladi. 
Shu sababli, ular shu vaqt oralig’ida iste’mol qilinmaydi va muayyan muddatga 
konkret ob’ekt va jarayonlarga biriktiriladi, ularda band qilinadi, bunda ular aniq 
va aniq bo’lmagan risklarga duch keladi. 
J. Keyns investitsiyalarni «ushbu davrning ishlab chiqarish faoliyati 
natijasida kapital mulk bahosining joriy ortishi» tarzida, «ushbu davrda topilgan 
daromadning iste’molga ishlatilmagan qismi» tarzida ta’riflaydi.
5
Nazarimizda, bu 
o’rinda gap kapital mulkdan unumli foydalanish haqida bormoqdaki, bu aslida 
reinvestitsiyalashning o’zidir. 
Bozor 
iqtisodiyotida 
moliyalashtirish 
manbalarining 
ishonchliligi, 
xavfsizligi, riskliligi, daromaddorligi, likvidligi, aniq maqsadlari va ularga 
erishish usullari o’rtasida chambarchas aloqadorlik bor. Ko’zlangan samaraga 
xavfsizlik, daromaddorlik, kapital o’sishi va investitsiyalar likvidligi oqilona 
qo’shilganda investitsiya maqsadlarini kelishtirish, murosaga keltirish orqali 
erishiladi. 
“Risk” so’zi Evropaning ko’p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda 
ridsikon so’zi mavjud bo’lib, u qoya, cho’qqi ma’nosini bildiradi. Italiyaliklar 
tilida risiko so’zi xatar, tahdid ma’nosini, risicare so’zi qoyadan mohirona o’tish 
ma’nosini bildiradi. Frantsuzlardagi risdoe so’zi taxdid, qoyani aylanib o’tmoq 
ma’nosini beradi. P.G. Grabova risk tushunchasini ilmiy jihatdan tadqiq qilgan 
olimlardan biri bo’lib, riskni daromadlarning, resurslarning bir qismini yo’qotish 
xavfi sifatida talqin qiladi
6

Granaturov.V.M.ning fikricha, “Risk - bu muqarrar tanlov sharoitidagi 
noaniqlikni bartaraf qilish bilan bog’liq faoliyat bo’lib, bu jarayonda mo’ljallangan 
natijaga erishishni, muvaffaqiyatsizlik va mo’ljaldan farqlanishlarni miqdoriy va 
sifat jihatdan baholash imkoniyati mavjud”
7
. O’zbek iqtisodchi olimlaridan i.f.d. 
M.Sharifxujaev, Yo.Abdullaevlarning hammualliflikdagi “Menejment: 100 savol 
3
М.Ф. Овсийчук, Сиделникова Л.Б. Методи инвестирования капитала. - М.: Буквица, 1996, 57 с. 
4
Золотогоров В.Г. Инвестиционное проектирование: Учебное пособие.-М.: ИП Экоперспектива», 1998, 11 с. 
5
Кейнс Дж. Обшчая теория занятости, процента и денег. - М.: Прогресс,1978, 117 с. 
6
Грабова П.Г. Риск в современном бизнесе.-Москва:Аланс, 1994.- с. 58. 
7
Гранатуров.В.В. Економический риск: сушчност, методи измерения, пути снижения. – М.: “Дело и сервис”. 
1999. 46-с.


va javob” kitobida ham mantiqiy, ham lug’aviy ma’nodan kelib chiqib 
yondashilgan. Ularning o’zbek tilining izohli lug’atiga tayanib bergan fikricha: 
- xavf - biror ko’ngilsiz hodisa yoki falokat yuz berish ehtimolligi; xatar; 
qo’rqinch; 
- xatar - biror baxtsizlikka, falokatga olib kelishi mumkin bo’lgan sharoit; 
xavf, tahlika;
- xavf-xatar - xavf va xatar, biror narsadan qo’rqish
8

- tavakkalchilik - bu oqibatning yaxshi bo’lishiga umid bog’lab, xavf 
ehtimolligini zimmasiga olgan holda kilinadigan harakat; 
- tavakkalchilik - bu resurs yoki daromaddan to’la yoxud qisman yo’qotish 
xavfi; 
- tavakkalchilik - bu noaniklik sharoitida har qanday dovyurak menejer uchun 
tabiiy holat, vaziyat. Tavakkalchilik botirning ishi; 
- tavakkalchilik - bu omadsiz oqibatning miqdoriy baholanishi
9

Riskni ma’lum bir qarorni qabul qilish natijasida zahiralarni yo’qotish 
imkoniyati, daromadlarni ololmaslik yoki qo’shimcha xarajatlar zarurati sifatida 
belgilash mumkin. 
Risk – bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy 
sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning 
paydo bo’lib qolish ehtimolidir.Shu bilan birga potentsial investor tomonidan 
qo’yilgan pul mablag’larini yo’qotish mumkinligi hamdir. 
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi risklar mazmuniga ko’ra 
moliyaviy risklar hisoblanadi.
Moliyaviy risklar deganda moliyaviy resurslarni, ya’ni pul shaklidagi 
resurslarni 
yo’qotish 
xavfi 
tushuniladi. 
Iqtisodiy 
adabiyotlarda 
risk 
tushunchasining talqini bo’yicha munozarali fikr va mulohazalar mavjud emas. 
Ammo moliyaviy risklarning tarkibi xususida iqtisodchi olimlar o’rtasida jididy 
munozaralar mavjud. Masalan, V.Moskvin moliyaviy risklarning tarkibiga 
inflyatsion riskni, deflyatsion riskni, valyuta riskini va likvidlilik riskini kiritadi
10

Boshqa bir taniqli iqtisodchi olim I. Balabanova moliyaviy risklarning tarkibiga 
quyidagilarni kiritadi
11
:
-inflyatsion risk; 
-deflyatsion risk; 
-valyuta riski; 
-likvidlilik riski; 
-investitsion risk; 
-kredit riski; 
-foiz riski. 
V. Shenaev va B. Irniyazovlarning fikriga ko’ra, investitsiyalarga xos 
bo’lgan moliyaviy risklarning asosiy turi loyihaviy risklar bo’lib, ular tarkibiga 
8
Uzbek tilining izoxli lugati. II jild, M., “Rus tili” 1981. 310-319 b.
9
Usha erda, 414-b.
10
В.А.Москвин. Управление рисками при реализации инвестиционних проектов.-М.:ФиС, 2004.-с.69 
11
И.Т.Балабанова. Риск-менежмент.-М.:Дело, 1996.-с.с. 22-27.


loyihalarning iqtisodiy samaradorligiga xavf soladigan, pul mablag’larining 
oqimiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan risklar kiradi
12

Yuqorida bayon etilgan nazariy qoidalardan ko’rinib turibdiki, iqtisodchi 
olimlar o’rtasida moliyaviy risklarning tarkibi xususida yagona fikrlilik mavjud 
emas. Lekin, shuni e’tirof etish joizki, moliyaviy risklar tarkibiga ko’pchilik 
iqtisodchi olimlar tomonidan (V.Moskvin, I.Balabanova, D.G’ozibekov va b.q.) 
moliya-pul munosabatlariga bevosita aloqador bo’lgan risk turlari kiritilgan. Shu 
sababli, moliyaviy risklarni tadqiq qilishda moliya-kredit munosabatlarining 
mohiyatidan kelib chiqish maqsadga muvofiqdir. Quyida moliyaviy risklardan bir 
nechtasini mohiyati keltiriladi. Kredit riskini olaylik. Investitsion loyihalarning 
asosiy qismi investitsion kreditlar hisobidan moliyalashtiriladi. Kredit riskini 
chuqurlashishi natijasida investitsion kreditni qaytmaslik holati yuzaga keladi. 
Buning natijasida investitsion loyihaning samaradorligi pasayadi, to’g’ridan-
to’g’ri moliyaviy yo’qotish sodir bo’ladi. Bu esa, investitsion risk muammosini 
chuqurlashishiga sabab bo’ladi. Demak, moliyaviy risklar moliya-pul 
munosabatlariga xos bo’lib, bir-biriga kuchli ta’sir ko’rsatadi. 
Inflyatsiya riski - bu inflyatsiyaning o’sishi natijasida olinadigan pul 
shaklidagi daromadlarning qadrsizlanishidir. Bunda tadbirkorlar sezilarli darajada 
moliyaviy yo’qotishlarga duchor bo’ladilar. 

Yüklə 448,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin