Investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi
risklar
Pulning xarid
quvvati riski
Tijorat riski
Investitsion risk
Inflyatsiya va deflyatsion
risk
Valyuta riski
Yo’qotilgan foyda riski
Daromadlilikning
pasayish riski
Likvidlilik riski
To’g’ridan-to’g’ri
yo’qotishlar riski
1- jadval
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish
stavkalari va So’mdagi muddatli depozitlar bo’yicha majburiy zaxira
stavkalari
14
Ko’rsatkichlar
2005 y. 2006 y. 2007 y. 2008 y. 2009 y.
Kredit quyilmalari hajmi, mln. so’m.
3126,7 3409,8
3853,3 4104,0 4757,4
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining
o’rtacha yillik darajasi, %
16,0
14,0
14,0
14,0
14,0
So’mda berilgan qisqa muddatli kreditlarning
o’rtacha tortilgan yillik foiz stavkasi, %
28,1
21,2
18,8
19,4
18,5
So’mda berilgan uzoq muddatli kreditlarning
o’rtacha tortilgan yillik foiz stavkasi, %
24,5
17,6
14,9
16,4
15,5
So’mdagi
muddatli
depozitlar
bo’yicha
majburiy zaxira stavkalari, %
15
15
13
15
15
Foizlar bozor stavkalarining o’sishi qimmatli qog’ozlar bo’yicha kurs
farqining kamayishiga olib keladi. Foizlarning ko’tarilishi past foiz stavkalarida
emissiya qilingan qimmatli qog’ozlarning yirik miqdorda sotilishiga olib keladi.
Investorlar qat’iy belgilangan stavkaga ega bo’lgan o’rta va uzoq muddatli
qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilgan bo’lsalar, u holda, qimmatli qog’ozlar
o’rtacha bozor bahosining qat’iy belgilangan baholarga nisbatan oshishi natijasida
ushbu investorlar zarar ko’radilar. Kredit riski deganda qarzdor tomonidan
olingan kreditning asosiy miqdori va foizlarining to’lanmasligi natijasida zarar
ko’rish xavfi tushuniladi.
Investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog’liq risklar
doimo mavjud bo’ladi, ularning ayrim turlari paydo bo’ladi va kuchayadi, boshqa
bir turlari esa asta-sekin kamayib boradi va yo’qolib ketadi, uchinchi guruhi esa,
o’zaro birlashib, sifat jihatdan yangi riskni yuzaga keltiradi. Shuning bilan birga,
investitsion loyihaning butun bir hayotiy tsikli davomida risklarning yuzaga
keladigan to’rt davriy holatini aniq ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Biznes g’oyaning paydo bo’lishi;
2. Investitsion loyihaning ishlab chiqilishi.
3. Biznes rejaning ishlab chiqilishi va uning amalga oshirilishi.
4. Investitsion loyihani amalga oshirishning nihoyasiga etkazilishi, ya’ni
tayyor mahsulotlarning ishlab chiqilishi va sotilishi.
Investitsion loyihalarni amalga oshirishning turli bosqichlarida ko’p sonli har
xil ishtirokchilar ishtirok etishlari mumkin. Ular uchun ham, investorlar uchun
ham risk to’g’risidagi umumiy tushuncha zarar ko’rish yoki ma’lum moliyaviy
yo’qotishga duchor bo’lish xavfidan iboratdir. Agar investorda shartnoma ishlari
to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, taqdim etilgan biznes rejani sifatli qilib baholab
14
O’zbekiston Markaziy bankining hisobot ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.
bera oladigan malakali mutaxassislar mavjud bo’lsa, qarz oluvchining kredit
to’loviga layoqatliligi to’g’risidagi ma’lumotlar aniq va ishonchli bo’lsa, u holda,
investitsiya qilingan pul mablag’larini yo’qotish xavfi minimal bo’ladi. Masalan,
tijorat banki investitsion kreditni berish jarayonini to’g’ri rasmiylashtirgan bo’lsa,
kreditni oluvchining balansidagi yuqori likvidli garov ob’ektlarini kreditning
ta’minoti sifatida qabul qilgan bo’lsa, u holda, mijoz hatto to’lovga noqobil bo’lib
qolganda ham bank bergan kreditlarining ma’lum qismini qaytarish imkoniyatiga
ega bo’ladi. Demak, investitsion kreditni olayotgan sub’ektning kredit to’loviga
layoqatliligini to’g’ri baholash, uning moliyaviy hisobotlarida va biznes rejasida
keltirilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va asoslanganligi, likvidli garov
ob’ektlarining ta’minot sifatida qabul qilinganligi investitsion loyihani
moliyalashtirish jarayonidagi risklarni kamaytirish imkonini beradi.
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi risklarni yuzaga kelish
sabablarini ikki yirik guruhga ajratish mumkin:
1. Tashqi sabablar.
2. Ichki sabablar.
Tashqi sabablarga quyidagilar kiradi:
-davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish tadbirlarining o’zgarishi;
-mamlakatda siyosiy vaziyatning o’zgarishi;
-tabiiy halokatlar;
-ekologik muhitning buzilishi;
-iqtisodiyotning investitsiya kiritilayotgan tarmog’idagi shart-sharoitlarning
yomonlashuvi.
O’z navbatida tashqi sabablarning namoyon bo’lish shakllariga quyidagilar
kiradi:
-moddiy-texnika ta’minoti;
-atrof-muhitni qo’riqlash tadbirlari;
-loyihaviy normativlarning o’zgarishi;
-ishlab chiqarish me’yorlarining o’zgarishi;
-eksport-import tartibining o’zgarishi;
-baholarni shakllantirish mexanizmining o’zgarishi;
-soliqqa tortish tizimidagi o’zgarishlar;
-loyiha bo’yicha pudratchilarning bankrot bo’lishi;
-banklarning inqirozi;
-xom-ashyo va energiya bahosining oshishi;
-iste’molchilar talablarining o’zgarishi;
-raqobatning kuchayishi;
-valyutalar almashuv kursining o’zgarishi;
-inflyatsiyaning kuchayishi.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdagi risklarni yuzaga keltiruvchi
ichki sabablarga quyidagilar kiradi:
-boshqarish samaradorligining pastligi;
-samarasiz marketing;
-mahsulotlarning noraqobatbardoshligi;
-ishlab chiqarish salohiyatining etarli emasligi;
-moliyaviy holatning yomonlashuvi;
-huquqiy risklar.
Korxonada rejalashtirish va nazorat holatining qoniqarsiz ekanligi, rahbarlar
bilim va malakasining pastligi, korxona moliyaviy holatini baholash tizimining
takomillashmaganligi boshqarish samaradorligining past bo’lishiga olib keladi.
Korxonada quyidagi elementlarning buzilishi ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning raqobatbardoshligini pasaytiradi:
-sifatni boshqarish;
-tannarxni boshqarish;
-raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;
-kooperatsiya va hamkorlik;
-standart va me’yorlarga rioya qilish;
-raqobatbardoshlikni ta’minlash strategiyasi.
Korxonani asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, aylanma mablag’lar bilan
ta’minlash tizimi holatining yomonlashuvi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil
qilishning qoniqarsiz holatda ekanligi korxona ishlab chiqarish salohiyatining
etishmasligiga olib keladi.
O’z navbatida, huquqiy risklarning manbalariga quyidagilar kiradi:
-litsenziyalar;
-patent huquqi;
-shartnomalarning bajarilmasligi;
-tashqi hamkorlar bilan sud jarayonlari;
-ichki sud jarayonlari;
-fors-major holatlar.
Fikrimizcha, kredit riski va kreditlash riski o’rtasidagi farqni unutmaslik
lozim. Bu ikkala tushuncha bir xil ma’noni anglatadigan tushunchalar emas.
Xalqaro banklar o’zlarining xalqaro kreditlar portfelini boshqarishda ichki
kreditlashda hech qachon uchramaydigan ikki turdagi riskka duchor bo’ladilar: a)
regional risk; b) valyuta riski.
Ssuda bo’yicha to’lovsizlik riski ichki kreditlashda ham, xalqaro kreditlashda
ham hisobga olinadi.
Xulosa qilib aytganda, investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi risklar
moliya-pul muomalasiga xos bo’lgan risklar bo’lib, ularni yuzaga keltiruvchi
sabablar, mohiyatiga ko’ra, ichki va tashqi sabablarga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: |