Milliy daromad va milliy hisoblar tizimidagi boshqa daromad ko’rsatkichlari dj Xinsning daromad haqidagi ta’limoti



Yüklə 22,93 Kb.
səhifə3/7
tarix25.04.2023
ölçüsü22,93 Kb.
#102530
1   2   3   4   5   6   7
17-mavzu

Mahsulot uchun soliqlar rezident birliklar tovar yoki xizmatni ishlab chiqarganda va uni sotganda mahsulot birligiga nisbatan bevosita va yashirin to’lanishi lozim bo’lgan (to’langan emas) soliqlar miqdoridan iborat. Ular tarkibiga qo’shilgan qiymat, aksiz, mahsulot narhiga ustama va qo’shimchalar va yashirin soliqlar kiradi.
Mahsulot uchun subsidiyalar rezident birliklariga davlat byudjeti tomonidan tovar yoki xizmatni ishlab chiqarganda yoki uni sotganda mahsulot birligiga nisbatan bevosita va yashirin to’lanishi lozim bo’lgan (to’langan emas) subsidiyalar miqdoridan iborat. Ular tarkibiga bevosita davlat tomonidan berilayotgan va yashirin ko’rinishdagi subsidiyalar kiradi. Ularni mahsulot va import uchun subsidiyalar sifatida guruhlash mumkin. Ularga misol tariqasida, mahsulotni sotganda yoki import qilganda korxonaga davlat tomonidan beriladigan mablag’larni keltirish mumkin.
Bevosita ishlab chiqarish uchun soliqlar rezident institutsion birliklarning ishlab chiqarish faktorlariga to’laydigan to’lovlaridan iborat. Ular tarkibiga er solig’i, ishlab chiqarishda foydalanilgan mulk(asosiy vositalar)solig’i, mehnat resurslariga to’lovlar, foydali qazilma boyliklarini topish maqsadida bajariladigan geologiya-qidiruv ishlari uchun ajratmalar, yakka tartibda faoliyat ko’rsatish uchun patent to’lovlari, obodonlashtirish uchun soliqlar, qurilish ob’ektlari egalaridan olinadigan soliq, import va davlat bojlari, bozorlardan yig’imlar, transport solig’i, o’rmon solig’i va boshqalar kiradi.
Yana shuni ta’kidlash lozimki, ayrim soliqlar va subsidiyalar amaliyotda operatsiya sifatida yaqqol ko’rinishda bo’lmasligi mumkin, yani ular soliq tashkilotlarida va ishlab chiqaruvchi birliklar hisoblarida qayd etilmagan bo’lishi mumkin. Masalan, paxta tolasi markazlashgan tarzda davlatga tegishli savdo kompaniyalari orqali sotiladi. Bunda paxta tolasini savdo kompaniyalariga etib kelgandagi tola qiymati(narhi) eksportga sotgandagi qiymatdan kam yoki ko’p bo’lishi mumkin. Narhlardagi farq asosida hosil bo’lgan qiymat eksport narhi yuqori bo’lsa musbat qoldiq hosil bo’ladi, aks holda manfiy qoldiq hosil bo’ladi. MHT metodologiyasiga asosan musbat qoldiq mahsulot uchun soliq olingan, manfiy qoldiq esa - mahsulot uchun subsidiya berilgan deb talqin qilinadi. Chunki bu qoldiqlar davlat byudjetiga borib qo’shiladi yoki hosil bo’lgan zarar byudjetdan qoplanadi. Bunday holatlar yuzaga kelganda milliy hisobchilar tegishli schyotlarda o’zgartirishlar kiritishlari lozim.

Yüklə 22,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin