Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi” moduli bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua farg ‘ona 2023


Tuzuvchi: Sport uyinlari kafedrasi o’qituvchisi. U.Mamatov. FARGONA– 2023



Yüklə 96,17 Mb.
səhifə3/167
tarix30.09.2023
ölçüsü96,17 Mb.
#151316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167
КУРАШ МАЖМУА ЯНГИ КРИЛ 2020 йил

Tuzuvchi: Sport uyinlari kafedrasi o’qituvchisi. U.Mamatov.
FARGONA– 2023.
O’quv metodik material
3- semestr ma’ruza 12 soat.
1-2 Mavzu:« O’zbekiston Respublikasida milliy kurash turlarining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi»
Reja:
1. Milliy kurash turlarining kelib chiqishi va rivojlanishi.
2. Xalq baxodirlari va polvonlari.
Tayanch iboralar: Ta’limning asosiy vazifasi o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollaytirish bo’lsa, tarbiya yosh avlodga jamiyatda qabul qilingan urf-odat, odob-axloq qoidalariga mos keladigan e’tiqodni, axloqiy ko’nikma va malakalarni, ehtiyoj va intilishlarini tarkib toptirishdan iborat.
Dunyodagi xar bir millatning o’z milliy kurashi o’zbeklarning ham Farg’onacha va Buxorocha deb nomlanadigan kurash turlari bor. Har ikkala kurash turini tariximizga xato qilmaymiz. U asrlardan asrlarga o’tib, bugungi kunimizgacha etib kelgan. O’zbek xalqimizning uzoq tarixiga ega bo’lgan milliy sport turlaridan biri - kurash asrlar davomida rivojlanib, kishilarga zavq - shavq baxsh etib keldi. O’sha vaqtlarda kurash tushuvchi polvonlarning turli munosabatlar bilan o’tkazilgan xalq sayllarida chiqishlari eng qiziqarli va jozibali edi. Shu bois polvonlarning nomi el ichida e’zozlanar, hatto ularga milliy qahramonlar sifatida qaralar edi. Ular eron, Turkiya, Yunoniston, Hindiston singari mamlakatlarga borib o’z xalqi sharafi himoya qilardilar. Milliy kurash temuriylar zamonida ham va undan keyingi davrlarda ham xalqning sevimli sport o’yinlaridan bo’lib keldi. Kurash sohasida olamga dong taratgan o’zbek polvonlari tarix saxifasida o’chmas iz qoldirdilar. Bunday kurashchilar nomiga «polvon», «paxlavon» so’zlarini qo’shib aytish ularni yanada salobatliroq qilib ko’rsatadi. Shoir Paxlavon Mahmud va Ahmad polvonlar o’z davrining engilmas kurashchilari sirasidan edilar, Farg’onacha va Buxorocha kurash bir biridan tubdan farq qiladi. Biz bu qo’llanmada Farg’onacha deb nomlanuvchi kurash to’g’risida so’z yuritmoqchimiz. Vengriyalik mashxur yozuvchi L. Kunning «Umumiy jismoniy tarbiya madaniyati va sport» kitobida bu kurashning uzoq tarixga ega ekanligi aytilgan. U bu sport turi bilan eron, Turkiya, Hindiston, Markaziy Osiyo, ya’ni Turon erlarida shug’ullanishgani haqida gapiradi. Buning isboti uchun L. Kun eramizdan III ming yil ilgari Mesopotamiya erida topilgan bronzadan qilingan ikki odamning kurashayotgan haykalchasini dalil qilib kursatadi. Haqiqatdan ham bu kurash Farg’onacha milliy kurash turida kurashayotganga o’xshaydi. Yana shu narsa ma’lumki bu kurash bilan evropada ham shug’ullanishgan. Muallif o’z so’zining isboti uchun Jeneva shaxrida 1857 yilda chiqqan kalendar suratni ham dalil sifatida beradi. Unda Shvetsariya qishloklaridan birida bizning kurashga o’xshash sport turi bilan kurashayotgan kurashchilar tasvirlangan.
O’zbek xalqining kurashi - polvonlarga bo’lgan hurmati juda katta, chunki ular o’zlarida kuchlilik, mardlik, chidamlilik. axloqiy poklik, erksevarlikni mujassamlashtiradilar. Xorazmlik Paxlavon Maxmud (1243 -1326) ning nomi tarixdan abadiy o’rin olgan. U butun umri davomiga bellashuvlarda biror marta ham mag’lubiyatga uchramagan. Paxlavon Maxmud ko’pgina yurtlarga sayoxat qilgan eronda, Hindistonda va boshqa sharq mamlakatlarida bq’lgan.
O’rta Osiyo bo’ylab yurgan va hamma erda kuchli polvonlar bo’lgan va kurash tushgan, lekin hech qaerda na o’z Vatanida va na xorijiy erlarda uning kuragi erga tekkan. Paxlavon Maxmudning nomi afsonalarga to’la bu afsonalarda xalq o’zining polvonlariga bo’lgan muhabbati, hurmatini ifoda etgan. Shuning uchun ham xalq bahodiri faqat kuchli kishigina emas, shu bilan bir qatorda eng haqqoniy kishi hamdir. Bir avloddan ikkinchi avlodga o’tib, bizgacha etib kelgan bir afsona shaklangan. Hikoya qilishlaricha Paxlavon Maxmud Hindiston hokimi tomonidan mamlakatning mashhur polvonlari bilan musobaqalashishga taklif qilinadi. Shunda u tasodifan bir mushtipar ayolning o’g’li kurash bilan tirikchilik qilishini va u oilaning yakka – yolg’iz boquvchisi ekanligini bilib qoladi. Uning o’g’li hamma bellashuvda g’olib chiqar edi. Musobaqalarda mashhur Paxlavon Maxmud ishtirok etishini eshitgan ona o’g’lining engilishidan va natijada oila kun kechirish manbaidan maxrum bo’lishidan qo’rqib ko’z yoshi to’kadi. Ayolning o’g’lini Nuriddin Chati der edilar. ertasi kuni Maxmud Nuriddin bilan davrada uchrashganda unga o’zini engish imkonini beradi. Bu afsona Paxlavon Maxmudning shuxratparast emas, aksincha oliyjonob, saxiy va raxmdil inson bo’lganligidan dalolat beradi. Paxlavon Maxmud shaxsiy mablag’i hisobiga Xiva yaqinida Chingizxon to’dalariga qarshi jangda halok bo’lgan polvonlar qabri ustiga yodgorlik maqbarasini bunyod ettiradi. Qarovsiz, o’z xoliga tashlab qo’yilgan maqbara bizgacha xaroba xolda etib keldi. Oliy himmat Xorazmliklar Paxlavon Maxmud Qayta barpo etdilar. Paxlavon Maxmud faqat kurashchi - peshvongina emas, balki shoir, mutafakkir, xar jixatdan etuk kishi bo’lgan. Unda yuksak madaniylik, insonparvarlik va jismoniy kamolot mujassamlashgan edi. Paxlavon Maxmud vafotidan keyin, oradan sal kam yuz yildan ko’proq vaqt o’tgach, Xorazmda yana bir kurashchi - Paxlavon Muxammad yashagan. U xam o’zining o’tmishdoshi singari mag’lubiyat nimaligini bilmagan.Toshkentlik Axmad polvon ham xalq orasida ancha shuxrat qozongan edi. 1895 yili Toshkentga taniqli kurashchisi Rippel keladi va Axmad polvon bilan kurashish istagini bildiradi. 1895 yil 23 iyunda sirk maydonida kurash buladi xamda u o’zbek polvonining ajoyib g’alabasi bilan tugaydi. Bunda ular klassik kurash buyicha musobaqalashmadi. Shunisi xarakterliki, Axmad polvon milliy kurashdan boshka xech qanday kurash maktabini o’tamagan edi. Lekin shunday bo’lishiga qaramay, u aynan klassik kurashda o’zining kuchi, chidamliligi va yuksak kurash maxorati tufayli g’alabaga erishdi. 1904 yili Farg’ona oblastidan quvalik Xo’ja polvon Toshkentga keldi. U ikki oy mobaynida Toshkentlik polvonlar bilan kurashib, ularning hammasi ustidan g’alabaga erishadi. Ayni o’sha kunlari Axmad polvon kasal edi. Quvalik polvon Toshkentlik polvonlarning hammasini engach, Axmad polvon bilan kuch sinashish istagida ekanligini ma’lum qiladi. Beli og’rib, xasta bo’lib yotganligiga qaramay Axmad polvon mehmonning iltimosini ko’ndirdi. Kurash uncha uzok davom etmadi, ammo tomoshabinlarda juda katta taassurot qoldirdi. Xuja polvon birinchi bo’lib raqibini ushladi, Axmad polvon ham uning belbog’idan ushlab ko’kragiga qisib qo’ydi va polosdagi ko’tarib oldi. Davra aylanib va Xuja polvonni bir - ikki aylantirib, uni engilgina erga yiqitdi. Shundan keyin uni mag’lubiyatga uchratgani uchun mehmondan uzr so’radi.
1911 yili Axmad polvon birinchi bor fransuzcha kurash musobaqasida ishtirok etib, germaniya chempioni Gyugner ustidan g’alaba qozondi. 1890 yilda Toshkentda tug’ilgan Toji Aloev sirk maydonida muvaffaqiyatli qatnashgan. Toji Axmad polvonning shogirdi bo’lgan.
Qizigi shundaki, klassik kurash bo’yicha maxsus tayyorgarlik ko’rmagan Toji polvon 1919 yili shu kurash turi bo’yicha o’tkazilgan musobaqada o’z og’irlik vaznida g’alabaga erishgan. 1942 yildan boshlab Toji Aloev o’zbek sirkida o’z san’atini namoyish qila boshladi.
Respublikada mashxur kurashchilar juda ko’p. Mexnat Qaxramoni, Toshkent oblast Tel’man nomli kolxoz paxtakori Xakim polvon Kodirov chorak asr davomida og’ir vaznda muvaffaqiyat bilan kurash tushgan.
1937 yilda Buxoro oblast Sverdlovsk rayonida tug’ilgan, erkin va klassik kurash, shuningdek, o’zbekcha kurash bo’yicha sport ustasi Ismoil Turobov milliy kurashning nasliy vakili hisoblanadi.
Turobovlar uchun kurash oilaviy an’anaga aylangan. Ismoilning otasi, bobosi va amakisi avval ham mashxur povonlar bo’lganlar. Otasi Turob Sharobov va amakisi Baxrom Sharobov milliy kurash musobaqalarida muvffaqiyatli qatnashgan va dong taratgan polvonlar edilar. Ularning xammasi ajoyib temirchi - ustalar bo’lishgan. Buxoro amiri Olimxon ularni o’z saroyida kurashchi bo’lib xizmat qilishga taklif etgan. Lekin polvonlar amirga xizmat qilishdan bosh tortganlar va uning jabrini ko’p marotaba tortishgan. Oila an’anasi, avlodlar estafetasi Turob va Baxrom polvonlarning o’g’illariga ham o’tadi. Ismoil Turobov yoshlik chog’idayok oilada yaxshigina mashq qurdi. Jismoniy jixatdan yaxshi rivojlanganlik, milliy kurash texnikasini yaxshi bilish Ismoilning katta sport maydoniga chiqishiga yo’l ochdi u kurashning olimpiada turlarini mukammal egalladi va milliy, erkin xamda klassik kurash bo’yicha uch marta sport ustasi nomini oldi. Ismoil Turobov 1957 yili Tbilisi shaxrida o’tkazilgan erkin kurash bo’yicha birinchiligida muvaffaqiyatli qatnashdi. O’sha yili Ismoil uchun sport maxorati cho’qqilarini egallash yili bo’ldi.
Ismoil Turobov Buxoro oblast’ sport maxorati oliy maktabida erkin kurash bo’yicha trener bo’lib ishlab, sport unvoniga muyassar bo’lgan o’nlab sportchilarni Maxmudov, Alisher Nazarov, erkin Botirov va uning boshqa tarbiyalanuvchilari respublikaning etakchi kurashchilari bo’ldilar, Sportni rivojlantirishdagi va avlodni tarbiyalashdagi katta xizmatlari uchun Ismoil Turobov Faxriy yorliq bilan mukofotlangan, Qashqadaryo viloyati sportga juda ko’p ajoyib kurashchi - sportchilarni tayyorlab bergan.
Ulardan biri - Sayfiddin Xodiev. U bosib o’tgan katta sport yo’li murakkab va qiyin bo’lgan. Bir kun kurash musobaqalari bo’layotgan edi. Odatga ko’ra unda faqat kattalar emas, bolalar ham ishtirok etadi.
Xodievlar qo’shnisining o’g’li Raim hamma bolalarni tezlik bilan yiqitar edi. O’g’lining muvaffaqiyatidan mag’rurlangan qo’shnisi Xodi akaga murojaat qildi:
«Qo’shni, o’g’illaringiz nima uchun davraga chiqishmaydi? Nima, qo’rqishadimi?» Xodi aka javob berishga ulgurmasidanoq uning kichik o’g’li engilmas Raim bilan bellashishga talabgor bo’lib o’rtaga chiqdi. Albatta, Sayfiddin kichik polvondan engildi. Tomoshabinlarning kulgusi ostida u uyiga yo’l oldi. Ana shu birinchi bellashuv va mag’lubiyat bilan uchun qiyin hamda mashaqqatli sport yo’liga turtki bo’ldi. Shu kundan boshlab u muntazam mashk qilish, kuchlilikni, chaqqonlikni rivojlantirish bilan shug’ullana boshladi. Sayfiddin tinmay mashq qildi. Uning g’alabalari endi hech kimni hayratga solmas edi. U o’rta maktabni tugatib, Toshkent jismoniy tarbiya institutiga o’qishga kirdi. Lekin sambo uchun uning og’irlik vazni kamlik qiladi. Institutni bitirgach Sayfiddin Xodiev jonajon qishlog’iga qaytib keladi va kurash bo’yicha trener bo’lib ishlaydi, ammo sambo texnikasini egallash orzusidan qaytmaydi.
Sayfiddinning sport yo’li uni shon - shuxrat cho’qqilariga tez olib keldi. 1974 yili Bokuda xalqaro turnikda kuchli raqibi — mongol kurashchisi Puntsal ustidan ajoyib g’alabalarga erishdi. Shu turnirning o’zida u ispan va boglar sportchilari ustida ham g’alaba qozondi. Ammo keyingi musobaqada unga omad kulib boqmadi, bokulik Kuznetsovdan engildi, lekin Kuznetsov Puntsal bilan bellashuvda yutqazdi. Ikki marta jahon chempioni, uch marta xalqaro turnirlar chempioni Sayfiddin Xodiev sport cho’qqilariga og’ir yo’lni bosib o’tdi

Yüklə 96,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin