«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Bil munikim, umr vafosizdurur



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Bil munikim, umr vafosizdurur,
Davlat ila jo h baqosiz durur.
Bu olamda hamma narsa ko‘z yumib ochgun- 
cha ol:ib ketadi. Davr binosini xarob deb bil, 
ko‘ringan narsalami sarob deb bilgil. Butun dun- 
yo foniy - aldamchidir, boqiyni tilasang, u faqat 
haq erur. Jismimiz uyini tarhini soluvchi ham, 
unga ruh berib olguvchi ham 0 ‘zi!


Olam aro toki tirikdur kishi,
H aq bila bolm oq erur ansab ishi.
Haq yodidan ogoh bolmagan har bir odam 
uchun ogohlik ham gadolikcha bolmaydi. Gado 
bolsa ham Tangridan ogoh bolsa, ikki jahon 
shohiga terig bola oladi!
Oldinga kelsa tilamas ish base,
Haqdin erur, aylama nolish base.
Yetsa zafar, bilma ilik kuchxdin,
Bil zafar-u fathni berguchidin.
Shohlig‘inga aylamagil e ’tibor,
Haq g ‘azab-u lutfig'a qil e ’tibor.
Fillar va ularning egalarini bir lahzada halok 
etilganini yodingda tut. Birgina qush donasi har 
birining manzilini yo'qlik olamiga aylantirgani 
esingdami? Zahhokning azob-uqubat bilan topgan 
xazinasi Faridunga qanday nasib etganini ham 
bilarsan? Qahridan sher yengilgan bolsa ham, 
oddiy sigir sutini ichgan bir yetim boshini uzdi-ya!
Bu ajoyib ishni ko‘rki, Haq o‘z ne’matlarini 
xalqqa berishda seni sabab qildi. Sen bu qismatni 
qanday o‘zgartira olarding? Shu holatda bir necha 
nodon sening farmonlaringga boysunmayotgan 
bolsa, barchasiga amaldagi qonunlarga ko'ra 
siyosat qilish zarur boladi.
Senga Haq lutf qilib, toj-u taxtni in’om qildi, 
senga karomat, iqbol, baxt berdi. Hukmingga 
olamni zabun ayladi, el qaddini amringga bukdi
- ta’zim qildirdi.


Muncha yaxshiliklar shukrini bilmasang, neki 
amr etgan bolsa, ado qilmasang, g‘aflat-la qolib 
yo mag'rurlik qilib amriga boysunmasang, qahri 
keladimi, yo'qmi, ayt, men uni aytgunimcha 
о‘zing aytaqol! G'azabning qattiq shamoli yetsa, 
nima qila olasan? Mulk uning mulki bolsa, qa- 
yoqqa ketasan? Unga qarshi dushmanlik qilib 
isyon, urush boshlasang, yengilib biron joyga 
yashiringan holingda ham Holiq buni ко‘rib tur- 
sa, qanday holatga tushasan? Sening el oldida 
uyatli bolganing Tangriga ayon bolsa, ne hoi 
yuz beradi?
Adolatli bo lay desang, Muhammadning shar’iy 
nizomini tuz. Qaysi shoh najot uyiga panoh ista- 
sa, shu y ol o‘sha uyga olib boruvchi katta ko'cha 
vazifasini bajaradi. Shariat qonunlariga amal 
qilib, adolat bilan mamlakatingga mador qilgil.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin