«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

yuz
urgan kishiga zarar ko‘p turur.
Yetti kunchalik yolida suv topilmaydi, bitgan 
otlari bari ogtming o‘zi. U yerlarga issiq havo 
hujum qilganda, nasim esgach, har narsani eritib


yuboradi. Ajdaho o‘z joyida bolmagan paytlard- 
agina havo mo'tadil esadi. 0 ‘zi kichkinagina, afi 
ja ’fariy, ya’ni zaharli qora ilon, shundoq ilonlar 
borki, odam bir ko‘z solish bilan halok boladi». 
Shoh bu so‘zlarni eshitgach, u yon borishdan 
ham voz kechdi. Dediki: «U tomonlarga borishdan 
maqsadim, tomosha qilib xursand bolish edi. 
Oltin-kumush maqsadim emasdi».
Keyin shoh devkashlarni uyiga jo ‘natib yubor­
di, bir nechasini esa eshikda shukuhi mahobat 
uchun xizmatga qoldirdi-da, yana shimol tomon 
yurishga bel bogladi. Dengiz oralab, tog‘-u biyo- 
bon bosib Rum azmi bilan tez-tez yurib borardi, 
goh yolda Chin go'zali bilan suhbatlashib, shavqi 
oshardi. Ruslar, faranglar diyori G'arbi shimolni 
qiynalmay kesib o‘tdi. G'arbi Shimol oralig'ida 
o‘sha yerda yashovchi aholi iltimosnoma bilan kel- 
di: «Jahon mulkiga obodlig' berding. Jahon ahlidan 
adl bilan shodlik yetmagani bizning diyor ahligina 
qoldi!» «U olka nega xarob?» - so‘radi Iskandar. 
Dedilarki: «Bu mulkning bir sari hamono erur 
Qirvon sarhadi».
O'sha taraflarda bir buyuk tog‘ bolib, u togdan 
nari ofat, narisi esa zulmat keladi. Tog‘-u zulmat 
o'rtasida bir vodiy bolib, shu yerda y o l ham 
tamom boladi. Bu joy ya’juj to'dasiga makondir. 
Ular ya’juj emas, balki yuz tuman ming balodir. 
Ularning qiladigan ishlarini tilga ham olib bolmay­
di. Xalqqa ko‘p zulm ulardan yetadi.
Ularning qaddi bo^lab parokanda sochlari 
yoyilgan, biri bir qarich bolsa, yana biriniki o‘n 
quloch. Quloqlari ikki yoqdan chiqib yopishib qol- 
gan, timoglari dev barmoglning o‘zi. Yuzlari rangi 
behad sariq, ko‘zi maymun ko'zining o‘zi. Burun


ichlarini tili bilan tozalaydi. Shu ishni qilgach, o‘zi 
g'oyat shodlanadi.
Og'izdan to‘ng‘izdek ikki tish chiqqan bolib, 
ular bilan bemalol yer qazimoq mumkin. Qaysi 
yerga ularning tishlari tegsa, qiyomatgacha o‘sha 
yerdan giyoh bitmaydi, hammasining og‘zi iyagida. 
Erkagi-yu ayolining ikki kolcragi osilib turadi.
Ular yilda ikki qatla tog‘ ichidan chumolidek 
chiqib, bizning shahr-u vodiy sari yoyilib, ne qi­
lish mumkin bolsa, bema’niliklarni qilib, bizni 
vatanimizdan haydab yuborishmoqchi bolishadi. 
Vodiyda nima topsa talon qiladi, odamlami ushlab 
olsalar halok qilishadi, etini talashib yeyishadi. Yuk 
tashiydigan hayvonlarga ortib, oliklami ham uyla- 
riga yetkazdirishadi. Keyinroq yeyish uchun zaxira 
tayyorlashadi. Har qancha ovqat yegan bilan hech 
toyishmaydi, toysa ham bir dona qoldirishmaydi. 
Hamma bilganlarimizni, arzimizni shohga aytdik».
Shoh dediki: «U yaramas to‘da qachon siz to­
monga keladigan bolsa, biz ulardan awalroq 
chorasini topib qoyamiz». Dedilar: «Bu tomonga 
hujum qilishganda butun dunyoni qorongllashtirib 
yuborishadi. O'sha qora gard oshkor bolganda 
bizning ham kunimiz qora boladi». Shoh: «Qa­
chon bu ish sodir boladi?» Dedilar: «Bir necha 
kun o'tgach».
Shoh ularni yo‘q qilish chorasini о у lab, tu- 
shishga manzil qidirib, o'sha otloqdan topdi. O'sha 
yerlilar dedilarki: «Necha marta chora izlab topol- 
maganmiz, shohimiz maskan qilmoqchi bolyap- 
ti. Bu yerda, qilmasin, chunki ular jahon elidek 
emas. Ulardan biri yetsa, bir zumda ne yuz-u, 
ming bolib ketishadi. Hammasi darg'azab bolib, 
bir pasda yetib keladi».


Shoh dediki: «Sizlar qayg4irmangizlar, lekin bu 
olkada turmangizlar. Bu yerdagi barcha narsala- 
m i tashib ketinglar, biron arg'amchi ham qolma­
sin. Tangriga tavakkal qilib, ulami fikrini aylay, 
nechukki bilay*.
Aholi o‘z joylarini qoldirib ko'chishdi, lekin shoh 
ko'chmadi. U o‘zi turgan joy atrofiga chuqur ochiq 
handaq qazdirdi. Farang, Rus, Shom-u Rumga 
odamlar yuborib, ulardagi eng usta korgarlar, 
mis, birinch, temir, qoYg'oshin, tol, ko'mir oldirib 
keltirdi. O'zi har kuni qal’a atrofini aylanib yurardi. 
Ikki ming tosh teruvchi kamar uzra otish uchun 
taxta tosh tayyorladi. Pahlavonlar shahaming 
ikki devori ichida Farhoddek qattiq tosh kesishar, 
boglami to'sish uchun tosh devorlar kesib tayyor- 
ladilar. Ularning soni ham sanoqsiz.
Hamma kerakli narsalar hozir bolgach, quyuq 
to‘zon ko‘rindi. Bu ya’jujlar kelayotganining belgisi 
edi. Ya’jujlar va Iskandar qo‘shini jangi og‘ir kech- 
di. Ya’jujlar qirilib, qochganlaricha ko'plab rum- 
liklami nobud qilib, jangchi va otini ham yedilar. 
Ya’jujlar ikki tog‘ oralig'iga qochib ketishdi. Ikki 
tog‘ orasining eng yaqin yeri 10 000 qari (7 km 500 
m) edi. Munajjimlar muayyan soatni topib berish- 
gach, shoh ot ustida turib yerga rang toldsh va 
har soatda uning rangini o'zgartirib turish haqida 
topshiriq berdi. So‘ng ming o‘ra tayyorladilar. Ikki 
tog* orasiga qurilayotgan devor to'siq balandligi 
150 m ga yetdi.
Uzunligiga 10000 qari (7 km 500 m) edi, eni 
500 qari boldi. Ishchilar kecha-kunduz tinmay 6 
oy ogir ishni kunduzi-yu kechasi bajardilar. Ahol- 
ining devoming ikkinchi qavatiga chiqishi uchun 
ikki zina qoldirildi. Qal’a ustiga buijlar qurib, ular-


ni temirlar bilan boglab tashlashdi. Chumolilar 
yetib kelib tish-timoglari bilan chiqmoqchi boldi- 
lar-u, shoh: «Toshbo‘ron qiling», - deb buyruq ber­
di. Juda ко‘plari toshlardan olgach, oxiri chiday 
olmay chekindilar. Yer ahli boshiga har zulmkim 
surdilar, falakdan bariga evaz ko'rdilar. Shunday 
qilib, donishmand shoh yajuj dafi uchun ham 
sad chekdi. Bir necha kun shu yerda turishgach, 
Rum taxti tomon yurdilar.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin