Modernizatsiyalash jarayonlari


Muammoli ta’lim texnologiyalari



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82
pedagogika (2)a

Muammoli ta’lim texnologiyalari 
– talabalarda ijodiy izlanish, kichik 
tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, 
ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat 
qiladigan ta’lim texnologiyalari 


335 
. 9- MAVZU. TA’LIMDA KEYS TEXNOLOGIYASI. O‘QUV-LOYIHAVIY 
TA’LIMNING ASOSIY TAMOYILLARI. TA’LIM TASHKILOTLARIDA 
TARBIYAVIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI 
REJA 
“Keys-stadi” texnologiyasi. O‘quv keyslarining turlari. “Keys-stadi” yordamida 
talabalar egallaydigan bilim, ko‘nikma, malakalar. O‘quv keyslarining asosiy 
xususiyatlari. Keyslar tipologiyasi. Loyihaviy ta’lim texnologiyaning asosiy 
tushunchalari. O‘quv loyihasi tushunchasi. O‘quv-loyihaviy faoliyat tuzilishi va 
mazmuni. O‘quv-loyihaviy faoliyat bosqichlari. O‘quv loyihalarini baholash 
mezonlari. Portfolio. Talaba portfoliosi va uning tarkibiy tuzilishi.
Ta’lim tashkilotlarida shaxsni tarbiyalashda texnologik yondashuv. Ma’naviy-
ahloqiy tarbiya tizimi. Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish 
metodikasi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda zamonaviy pedagogik 
texnologiyalardan foydalanish. Tarbiyaviy tadbirlarni loyihalashtirish. Tarbiyada 
innovatsion texnologiyalar.
igini ta’minlovchi asosiy omillar 
Mantiqiy nuqtai nazardan esa 
interfaolliq eng avvalo, ijtimoiy 
subyektlarning suhbat (dialog), o‘zaro 
hamkorlikka asoslangan harakat, 
faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi.
Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li – bu 
mashg‘ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda. 
Xo‘sh interfaol metodlarning o‘zi nima? Ular qanday didaktik imkoniyatlarga ega? 


336 
Ta’lim jarayonida interfaol metodllarning o‘rinli, maqsadga muvofiq qo‘llanilishi 
qanday samaralarni kafolatlaydi?64 
Interfaol ta’lim ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li sifatida 
e’tirof etilayotgan ta’lim turi va o‘qitish shakli sanaladi. Mohiyatiga ko‘ra 
interfaollik talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni 
o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil 
etish layoqatiga egaliklarini anglatadi.
Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis yaxshi biladiki, 
an’anaviy ta’lim ham suhbat (dialog)ga asoslangan va bu suhbat quyidagi o‘zaro 
munosabat shakllarida tashkil etiladi (1-rasm) 
1-rasm. An’anaviy ta’limga asoslangan suhbat. 
Piaget: faol ta’lim olish (o‘rganish). Kognitiv taraqqiyot haqidagi bahs 
munozaralarga ulkan hissasini qo‘shuvchi Jin Piagetning ta’sirchan g‘oyalari 
hamon davom etmoqda.Skinnerga o‘xshamagan holda Piaget go‘yoki 
o‘qituvchining o‘quvchini ustida ishlash kerak material sifatida qarashidek baho 
beradi. Ijtimoiy va jismoniy muhitning uyg‘unligini Piaget assimliyasiya va 
akkomodasiya deb baholaydi. Assimliyasiyada Piaget fikricha bola jismoniy 
holatni mantiqan bog‘lagan holda o‘rganish, ya’ni xuddi kundalik hayotidagi oddiy 
shippak yoki bo‘shagan idishlar bilan o‘yinchoq sifatida o‘ynab ketganidek kabi 
qaraydi. Bo‘sh ko‘zani o‘ynab, unga bola o‘xshatish orqali g‘or, yoki taroq orqali 
bola shu buyum bilan bog‘langan narsalarni mantiqan o‘rganib boradi. 
64
Rо‘ziyeva D., Usmonboyeva M., Xoliqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qо‘llanilishi. –
Toshkent: Nizomiy 
nomidagi TDPU, 2013. -108 b. 

B. 4. 
Ўқитувчи 

талаба
Анъанавий таълимдаги 
суҳбат иштирокчилари
Ўқитувчи –
талабалар 
гуруҳи (жамоаси)


337 
Shunday qilib assosiasiya, ya’ni bog‘liqlik orqali bola dunyo taraqqiyotida o‘zini 
tutishni o‘rganib boradi. Akkomodasiyada Piaget jismoniy va ijtimoiy dunyoning 
haqiqatlari va qarama-qarshiliklari inson adaptasiya orqali tushunib 
boradi.Shunday qilib akkomodasiya assimilyasiyani to‘ldirib boruvchi usul 
hisoblanadi. 7-bet.
Yosh bolalarni o‘rganishning asosiy (markaziy) qismida kuzatilishi mumkin 
bo‘lgan holatlarda ularning ma’lum bir harakatlardan keyin tushunish yoki anglab 
yetish darajalari rivojlanib boradi. Misol uchun ular ro‘zg‘or buyumlarini 
yemoqchi bo‘lganda, ya’ni yeb bo‘lmaydigan narsalarni yeyishga harakat qilsa, 
ular qiyinchilik yoki og‘riqga duch keladi. Akkomodasiyaning assimliyasiyaga 
nisbatan passiv natija berishidan ko‘rishimiz mumkinki, o‘ziga ishonmagan 
o‘rganuvchi tavakkal qilishga ikkilanadi. 
Piaget ta’kidlashicha effektiv o‘rganuvchi assimliyasiya va akkomodasiyadan 
ma’lum bir balansga kelish uchun ekvilibrasiya prosessini boshdan kechiradi. 
(Piaget 1975,pp30ff). P7. Piaget yana ta’kidlaydiki, o‘rganish assimliyasiyaning 
aktiv prosessi bo‘lib, u yoshi kattalardan masalan o‘qituvchidan kelib chiqmaydi. 
Faoliyat - bolaga yoki talaba yoki o‘rganuvchiga -markazlashgan faoliyat turiga 
aylanadi. Ya’ni o‘qitish jarayonida talaba yoki o‘rganuvchi faollashadi. Bu yana 
Brunerning asos solgan “o‘rganish uslubi”ga mos keladi.( Bruner 1967). Bu 
xolatda o‘qituvchining asosiy roli bolani o‘rganishiga tayyorlik darajasini nazorat 
qiladi va bolaning ochilmagan qirralarini bola faolligiga markazlashgan holatda 
ochilishini aniqlaydi65. 
Interfaol ta’lim o‘qitish jarayonining asosiy ishtirokchilari – o‘qituvchi, talaba va 
talabalar guruhi o‘rtasida yuzaga keladigan hamkorliq qizg‘in bahs-munozalar, 
o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin 
fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda 
yechimlarni birgalikda izlash, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda talabalarning 
o‘zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, “o‘qituvchi – talaba – talabalar guruhi”ning 
o‘zaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qo‘llab-quvvatlashlari, 
65
Алекс Муур. Таълим бериш ва Таълим олиш: Педагогика, Таълим дастури ва тарбия. Боулинг Грин 
штати Университети кутубхоналари, 2012. –
Б. 6
-7. 


338 
samimiy munosabatda bo‘lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan 
tavsiflanadi66.
Interfaol ta’limda suhbat quyidagi shaxslar o‘rtasida tashkil etiladi (2-rasm): 
2-rasm.Interfaol ta’limda tashkil etiladigan suhbat (dialog) 
Interfaol ta’lim mohiyatiga ko‘ra suhbatning “talaba – axborot- kommunikasion 
texnologiyalar” shaklida tashkil etilishi talabalar tomonidan mustaqil ravishda yoki 
o‘qituvchi rahbarligida axborot texnologiyalari yordamida bilim, ko‘nikma, 
malakalarning o‘zlashtirilishini anglatadi. O‘qituvchi interfaol ta’lim yordamida 
talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqilliq o‘z-o‘zini nazorat, o‘z-o‘zini 
boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning 
66
Муслимов Н., Усмонбоева М., МирсолиеваМ. Инновацион таълим технологиялари ва педагогик 
компетентлик. Ўқув услубий мажмуа. 

Тошкент, 2016. 

Б. 70
-71. 
Ин
терф
ао
л 
таъ
ли
мд
аг
и 
су
ҳбат
ишт
иокчил
ар
и
Талаба –
талаба (жуфтликда ишлаш)
Талаба –
талабалар гуруҳи (гуруҳ ёки кичик гуруҳда ишлаш)
Талаба –
талабалар жамоаси (синф, гуруҳ жамоасида ишлаш)
Талаба –
ахборот
-
коммуникационтехнологиялар


339 
fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil 
takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o‘z nuqtai 
nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab 
vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi. Eng 
muhimi, interfaol ta’limni qo‘llash orqali o‘qituvchi talabalarning aniq ta’limiy 
maqsadga erishish yo‘lida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil 
etish, yo‘naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash 
imkoniyatini qo‘lga kiritadi. O‘quv jarayonining interfaol ta’limga asoslanishi bir 
qarashda nihoyatda oddiy, sodda, hatto “bolalar o‘yini” kabi taassurot uyg‘otadi67.
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri 
interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Interfaol usullarni 
qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar 
chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom 
muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi68.
Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emosional 
sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum 
taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya-borliqning murakkab tuzilgan 
sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). Unga ko‘ra tafakkurning 
rivojlanishi bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida 
bo‘ladi. Bular quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari 
bilan ham ifodalanadi, jumladan: 
Bilish dastlabki tafakkur darajasi bo‘lib, bunda o‘quvchi atamalarni ayta oladi, 
aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga 
muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni yetkaza 
olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, 
takrorlash. 
Tushunishdarajasidagi tafakkurga ega bo‘lganda esa, o‘quvchi faktlar, qoidalar, 
sxema, jadvallarni tushunadi. Mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni 
taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: 
67
Rо‘ziyeva D., Usmonboyeva M., Xoliqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qо‘llanilishi. –
Toshkent: Nizomiy 
nomidagi TDPU, 2013. -108 b. 

B. 5. 
68
Муслимов Н., Усмонбоева М., МирсолиеваМ. Инновацион таълим технологиялари ва педагогик 
компетентлик. Ўқув услубий мажмуа. 

Тошкент, 2016. 

Б. 70
-71. 


340 
asoslash, almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta 
tuzish, yoritib berish, sharhlash, oydinlashtirish. 
Qo‘llashdarajasidagi tafakkurda o‘quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy 
emas, noa’nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni to‘g‘ri qo‘llaydi. Bu 
tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, 
namoyish qilish, foydalanish, o‘rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob 
qilish, tatbiq qilish, hal etish. 
Tahlildarajasidagi tafakkurda o‘quvchi yaxlitning qismlarini va ular o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi xatolarni ko‘radi, faktlar va 
oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning ahamiyatini baholaydi. Bu 
tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib chiqarish, ajratish, 
tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taqsimlash, 
tekshirish, guruhlash. 
Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o‘quvchi ijodiy ish bajaradi, biror tajriba 
o‘tkazish rejasini tuzadi, bir nechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. 
Ma’lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga 
muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, 
rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish, kombinastiyalashtirish, yaratish, 
tuzish, loyihalash. 
Baholashdarajasidagi tafakkurda o‘quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya 
qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko‘radi, xulosalarning mavjud 
ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni 
ajratadi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash, 
o‘lchash, nazorat qilish, asoslash, ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, 
qiyoslash. 
Bunda an’anaviy hamda interfaol dars orasidagi farqlarni bilish kerak (1-jadval).
1-jadval 
An’anaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar 
№ Asosiy 
tushunchalar 
An’anaviy dars 
Interfaol dars 
1. Qo‘llanish 
darajasi 
Barcha mavzular bo‘yicha 
ular uchun qulay bo‘lgan 
Ayrim mavzular bo‘yicha 
interfaol darsning qulay 


341 
dars turlari shaklida 
qo‘llaniladi 
bo‘lgan turlari shaklida 
qo‘llaniladi. Boshqa 
mavzular uchun an’anaviy 
dars qo‘llaniladi 
2. Dars 
maqsadi 
Dars bilim, ko‘nikma, 
malakalarni shakllantirish, 
mustahkamlash 
Dars mavzusi bo‘yicha 
mustaqil fikrlash, xulosaga 
kelish, ularni bayon qilish, 
himoyalashga o‘rgatish 
3. O‘qituvchini
ng vazifalari 
va ish usullari 
Yangi mavzuni 
tushuntirish, 
mustahkamlash, nazorat, 
topshiriqlar berish 
O‘quvchilarning mustaqil 
ishlashlarini va 
taqdimotlarini tashkil qilish, 
boshqarish, nazorat, yakuniy 
xulosalarni asoslab berish 
4. Darsga 
tayyorgarlikka 
talablar 
Dars rejasi, konspekt va 
didaktik vositalarni 
tayyorlash 
Interfaol dars ishlanmasi, 
mustaqil ishlar uchun 
topshiriqlar, tarqatma 
materiallar, boshqa zarur 
vositalarni tayyorlash 
5. O‘quvchilar 
tayyorgarligig
a talablar 
Oldingi dars bo‘yicha 
vazifalarni bajarib kelish 
Yangi dars mavzusi 
bo‘yicha asosiy 
tushunchalarni va dastlabki 
ma’lumotlarni bilish 
6. O‘quvchinin
g vazifalari va
ish usullari 
O‘qituvchini tinglash va 
o‘zlashtirish, berilgan 
topshiriqlarni bajarish 
O‘qituvchi bergan 
topshiriqlarni bajarish 
bo‘yicha mustaqil fikrlash, 
o‘z fikr, xulosalarini 
boshqalarga solishtirish va 
yakuniy xulosaga kelish 
7. Vaqt 
taqsimoti 
Dars vaqtining ko‘p qismi 
o‘qituvchining yangi 
mavzuni tushuntirishi, 
tahlil qilishi, topshiriqlarni 
tushuntirishi, 
o‘zlashtirishni nazorat 
Dars vaqtining ko‘p qismi 
o‘quvchilarning mustaqil 
topshiriqlarni bajarishi, fikr 
almashishi, mushohada 
qilishi, o‘z xulosalarini 
bayon qilishi va 


342 
qilishiga sarflanadi
himoyalashiga sarflanadi 
8. Darsning 
modul va 
algoritmi 
Darsning modul va 
algoritmlaridan har bir 
o‘qituvchi o‘zi 
qo‘llayotgan metodga 
muvofiq foydalanadi 
Har bir dars oldindan 
tayyorlangan modullar va 
algoritmlarga, loyihalarga 
muvofiq o‘tkaziladi 
9. O‘quvchilar 
ning faollik 
darajasi 
O‘qituvchi har tomonlama 
faol, o‘quvchilar diqqatni 
jamlash, tushunish, 
fikrlash, topshiriqlarni 
bajarish bo‘yicha faol 
O‘qituvchi ham, 
o‘quvchilar ham har 
tomonlama faol. shakllari: 
o‘qituvchi-o‘quvchi; 
o‘quvchi-o‘quvchi; 
o‘quvchi-kichik guruh;
kichik guruh-kichik guruh;
o‘quvchi-o‘qituvchi; kichik 
guruh-o‘qituvchi;
guruh-o‘qituvchi 
10

Kutiladigan 
natija 
Mavzu bo‘yicha 
o‘quvchilarning bilim, 
ko‘nikma, malakalarni 
o‘zlashtirishlari 
Mavzu bo‘yicha 
o‘quvchilarning o‘z fikr, 
xulosalarini shakllantirish, 
ularni mustaqil bilim olishga 
o‘rgatish 
Interfaol mashg‘ulotning ushbu jadvalda ko‘rsatilgan ayrim jihatlarini tahlil qilish 
asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 
1. O‘quv rejadagi fanlarni o‘qitishda qaysi mavzular bo‘yicha interfaol darslar 
tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda bir mavzu 
bo‘yicha mashg‘ulotning maqsadiga to‘liq erishishni ta’minlaydigan interfaol yoki 
an’anaviy mashg‘ulot turlaridan foydalanish ko‘zda tutiladi. 
2. Interfaol mashg‘ulotning samarali bo‘lishi uchun o‘quvchilar yangi 
mashg‘ulotdan oldin uning mavzusi bo‘yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki 
ma’lumotlarni bilishlarini ta’minlash zarur. 


343 
3. Interfaol mashg‘ulotda o‘quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun an’anaviy 
mashg‘ulotga nisbatan ko‘p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur. 
Interfaol ta’lim usuli – har bir o‘qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o‘z 
imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Interfaol mashg‘ulotlarni amalda 
qo‘llash bo‘yicha ayrim tajribalarni o‘rganish asosida bu mashg‘ulotlarning sifat va 
samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni ko‘rsatishimiz mumkin. Ularni 
shartli ravishda tashkiliy-pedagogiq ilmiy–metodik hamda o‘qituvchiga, 
o‘quvchilarga, ta’lim vositalariga bog‘liq omillar deb atash mumkin. Ular o‘z 
mohiyatiga ko‘ra ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishini nazarda tutishimiz lozim. 
Biroq, bunda o‘qituvchining ma’lum darajada quyidagi omillarga ega bo‘lishi 
talab qilinadi69 (3-rasm): 
69
Муслимов Н., Усмонбоева М., МирсолиеваМ. Инновацион таълим технологиялари ва педагогик 
компетентлик. Ўқув услубий мажмуа. 

Тошкент, 2016. 

Б. 72.
Асосий омиллар
Иш тажрибаси
Методик малака
Таянч педагогик
-
психологик 
билимлар
Дидактик воситалар (ахборот, 
тарқатма материаллар, дарс 
жиҳозлари)га эга бўлиш
Талаба ва талабалар гуруҳининг ўзаро 
ҳамкорликка
эриша олиши
Ташкилотчилик қобилияти
Талаба ва талабалар гуруҳи 
ўртасидаги ўзаро муносабатларнинг 
ишончва ҳурматга асосланиши
Таълим жараёнида демократик 
ғояларнинг
устувор ўрин тутиши


344 
3-rasm. Interfaol ta’lim samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillar. 
Tashkiliy-pedagogik omillarga quyidagilar kiradi:
o‘qituvchilardan interfaol mashg‘ulotlar olib boruvchi trenerlar guruhini 
tayyorlash; 
o‘qituvchilarga interfaol usullarni o‘rgatishni tashkil qilish; 
o‘quv xonasida interfaol mashg‘ulot uchun zarur sharoitlarni yaratish; 
ma’ruzachining hamda ishtirokchilarning ish joyi qulay bo‘lishini ta’minlash; 
sanitariya-gigiyena me’yorlari buzilishining oldini olish; 
xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni ta’minlash; 
davomatni va intizomni saqlash; 
nazorat olib borishni tashkil qilish va boshqalar. 
Ilmiy-metodik omillarga quyidagilar kiradi: 
DTS talablarining bajarilishini hamda darsdan ko‘zda tutilgan maqsadga to‘liq 
erishishni ta’minlash uchun maqsadga muvofiq bo‘lgan interfaol usullarni to‘g‘ri 
tanlash; 
interfaol mashg‘ulot ishlanmasini sifatli tayyorlash; 
interfaol mashg‘ulotning har bir elementi o‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq 
bo‘lishini ta’minlash; 
Ахборотларни тақдим этишда хилма
-
хил метод, воситаларнинг самарали, ўринли, 
мақсадга мувофиқ ва ўзаро мосликда қўллашга эришиш


345 
mashg‘ulotlar mavzusi va mazmunini so‘nggi ilmiy-nazariy ma’lumotlar asosida 
belgilash; 
o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini oldindan aniqlash va shunga mos 
darajadagi interfaol mashg‘ulotlarni o‘tkazish; 
interfaol mashg‘ulot uchun yetarlicha vaqt ajrata bilish va boshqalar. 
Shu bilan birga interfaol TTni qo‘llash samaradorligi quyidagi ikkilamchi 
omillarga ham bog‘liq70 (4-rasm): 
4-rasm.Interfaol ta’lim samaradorligini ta’minlovchi ikkilamchi omillar. 
70 
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва педагогик 
компетентлик. Ўқув услубий мажмуа. 

Тошкент, 2016. 

Б. 72.
Иккиламчи омиллар
Ўқувчиларнинг дарсга психологик 
тайёрликлари
Ўқувчиларнинг ўзлаштириш даражаси
Ўқувчиларнинг муайян даражада 
ҳаётий
тажрибаларга эгаликлари
Ўқувчиларнинг ўқитувчи томонидан 
қўйиладиган
талабларга бўйсуниш 
хоҳишига эгаликлари
Ўқувчиларнинг тенгдошлари ва 
ўқитувчи билан ҳамкорлик қилишга 
мойилликлари
Талаба ва талабалар гуруҳи 
ўртасидаги ўзаро муносабатларнинг 
ишончва ҳурматга асосланиши


346 
Odatda interfaol ta’limga asoslangan ta’limiy harakatlar quyidagi shakllarda 
tashkil etiladi:
- individual;
- juftlik;
- guruh;
- jamoa bilan ishlash
Interfaol ta’limni qo‘llash jarayonida talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega 
bo‘ladi: 
- guruh yoki jamoa bilan hamkorlikda ishlash;
- tengdoshlari orasida o‘z g‘oyalarini erkin bayon qilish, bilimlarini hyech qanday 
ruhiy to‘siqlarsiz namoyish etish;
- muammoni hal qilishga ijodiy yondashish;
- guruh yoki jamoadoshlari bilan ruhiy yaqinlikka erishish;
- o‘z ichki imkoniyat va qobiliyatlarini to‘liq namoyon qila olish;
- fikrlash, fikrlarni umumlashtirish, eng muhimlarini saralash;
- o‘z faoliyatini nazorat qilish va mustaqil baholash;
- o‘z imkoniyatlari va kuchiga ishonch hosil qilish;
- turli vaziyatlarda harakatlanish va murakkab vaziyatlardan chiqa olish 
ko‘nikmalarini o‘zlashtirish 
Interfaol ta’lim muayyan belgilarga ega. Quyidagilar interfaol ta’limga xos asosiy 
belgilar sanaladi71 (5-rasm): 
71
Муслимов Н., Усмонбоева М., МирсолиеваМ. Инновацион таълим технологиялари ва педагогик 
компетентлик. Ўқув услубий мажмуа. 

Тошкент, 2016. 

Б. 72
-73. 
Асосий белгилар


347 
5-rasm.Interfaol ta’limning asosiy belgilari. 
Izoh: Refleksiya (lot. “reflexio” – ortga qaytish, aks etish): kishining o‘z xatti-
harakatlari, ularning asoslarini tushunib yetishi, fahmlashiga qaratilgan nazariy 
faoliyati; bilishning alohida faoliyati; shaxsiy kechinmalari, his-tuyg‘ulari va o‘y-
xayollari mohiyatini fikrlash orqali anglash), o‘z-o‘zini tahlil qilishi.
Barcha ta’lim turlari kabi interfaol ta’lim ham ustuvor tamoyillarga ega: 
1. Mashg‘ulot – ma’ruza emas, balki jamoaning umumiy ishi.
2. Guruhning tajribasi pedagogning tajribasidan ko‘p.
3. Talabalar yosh, ijtimoiy mavqye va tajribaga ko‘ra o‘zaro teng.
Кўп фикрлилик
Суҳбат (диалог)
Фикрлашга асосланган фаолият
Танлаш имкониятининг мавжудлиги
Ғояларнинг
яратилиши (илгари 
сурилиши)
Муваффақиятли вазиятларни ҳосил 
қилиш
Рефлексия 


348 
4. Har bir talaba o‘rganilayotgan muammo yuzasidan o‘z fikrini aytish huquqiga 
ega.
5. Mashg‘ulotda talaba shaxsi tanqid qilinmaydi (fikr tanqid qilinishi mumkin).
6. Bildirilgan g‘oyalar talabalarning faoliyatini boshqarmaydi, balki fikrlash 
uchun axborot (ma’lumot) bo‘lib xizmat qiladi. 
Interfaol ta’lim quyidagi imkoniyatlarga ega:
- talabalarda bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi; 
- ta’lim jarayonining har bir ishtirokchisini rag‘batlantiradi;
- har bir talabaning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
- o‘quv materialining puxta o‘zlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi;
- talabalarga ko‘p tomonlama ta’sir ko‘rsatadi;
- talabalarda mavzular bo‘yicha fikr hamda munosabatni uyg‘otadi;
- talabalarda hayotiy zarur ko‘nikma, malakalarni shakllantiradi;
- talabalarning xulq-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartirilishini ta’minlaydi. 
Ta’limni tashkil etishga interfaol yondashuvni qaror toptirish uchun o‘qituvchilar 
bir qator shartlarga rioya etishlari zarur. Ular: 
ta’lim jarayoniga jamoadagi barcha o‘quvchilarning to‘la qamrab olinishi; 
o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga ruhan tayyorgarliklarini inobatga olish; 
o‘quvchilar sonining ko‘p bo‘masligi; 
o‘quv xonasining jihozlanishi; 
topshiriqni bajarish, materialni taqdim etish, guruhlarning ishlanmalarini 
muhokama qilish uchun vaqtning aniq belgilanishi; 
o‘quvchilarning kichik guruhlarga mohirona biriktirilishi72. 
72
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва педагогик 
компетентлик. Ўқув услубий мажмуа. 

Тошкент, 2016. 

Б. 74.


349 
Izoh: Stullar kichik va katta doira shaklida joylashtirilganda kichik doirada 
talabalar, katta doirada ekspert guruhi joylashadi.
Bugungi kunda jahon ta’lim tizimida interfaol ta’limning quyidagi shakllarda 
amalga oshirilayotganligi barchaga ma’lum73 (6-rasm): 
73 
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва педагогик 
компетентлик. Ўқув услубий мажмуа. 

Тошкент, 2016. 

Б. 74.
Асосий шакллар
Ижодий топшириқни бажариш
Тест ўтказиш
Масофавий таълим
Муаммоли вазиятларни ҳал қилиш
Дидактик ўйинлар (ишбилармонлик, 
ролли ва имитацион ўйинлар)
“Чигал ёзди” машқларини ташкил 
этиш
Тренинглр ўтказиш
Ижтимоий лойиҳа (мусобақа, форум, 
интервью, акция, томоша, кўргазма)
Ижтимоий заҳиралардан 
фойдаланиш (мутахассисни таклиф 
этиш, экскурсия)
Янги материалниўрганиб, 
мустаҳкамлаш (интерфаол маъруза)


350 
6-rasm. Interfaol ta’limning asosiy shakllari. 
Ta’lim jarayonida interfaol metodlarni qo‘llashning ahamiyati va zarurati 
Interfaol ta’lim asosini interfaol metodlar tashkil etadi. O‘qitishning interfaol 
metodlari: 
1. Kognitiv (cognito – lotincha so‘z, «bilim», «bilish» ma’nosini anglatadi) – eng 
avvalo, o‘quvchi-talabalarni tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan, u yoki bu 
shaklda jamoa muhokamasini tashkil etish bilan bog‘lik bo‘lgan metoddir. 
2. Eksperimentalo‘quvchi-talabalarning «jonli», shaxsiy tajriba orttirishga 
yo‘naltirilgan. 
3. Rolli o‘yinlar, modellashtirishhayotiy vaziyatlarni model-lashtirish hamda 
ma’lum rollarni ijro etish orqali ularni sinab ko‘rishga yo‘naltirilgan. Bu metod 
jamoa tafakkuri, muhokama bilan bog‘liq ammo muhokama rolli uyin tahlili 
asosida olib boriladi.
4. Fasilitasiya (inglizcha fasilitate - osonlashtirish) – guruh ishini tashkil etish, 
ko‘pincha aniq, real, amaliy topshiriqlar bilan bog‘liq aniqqaror qabul qilish 
bo‘yicha muhokama, faoliyatning real rejasini ishlab chiqish, real, mojaroli 
manfaatlarni muvofiqlashtirish[8. – B. 92]. 
Qabul qilish vositalari (kanallari) – qabul qilishning eng muhim filtrlaridan biri: 
ko‘rish, eshitish, his-tuyg‘u. 
Vizual - biz ko‘rayotgan narsa (obrazlar, rasm, kino). 
Audial - biz eshitayotgan narsa (nutq, shamolning xushtagi, tomchilayotgan 
suv,oxang, tembr, ovoz balandligi). 
Kinestetik- (grekcha «kines» - «harakat») - biz xis qilayotgan narsa, xid va 
ta’m. 


351 
Quyidagi 7-rasmda guruh bo‘lib ishlashning tashkiliy, uslubiy, tarbiyaviy va 
amaliy jihatlari hamda 8-rasmda guruhlarni tashkil etish usullari ko‘rsatilgan: 
29

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin