Modulidan o’quv-metodik majmua


Servis xizmati yo‘nalishida



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/126
tarix13.08.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#139296
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   126
1 1 mehnat ta\'limini o\'qitish metodikasi lotin1

Servis xizmati yo‘nalishida: 
gavdadan o‘lchov olish va o‘lchov asosida 
hisoblash jadvallarini tuzib, buyumning asos chizmasini qurish, yangi model 


84 
andozalarini tayyorlash va u asosda buyumni bichish hamda
tikish asoslarini 
o‘rganadilar; kiyimlar turlari, ahamiyati, turli oziq-ovqat mahsulotlariga birlamchi 
ishlov berish jarayoni, taomlarni tayyorlash jarayoni; oshpazlik va qandolatchilik 
asoslari; tayyorlanadigan buyumlar chizmasini qurish va andozasini tayyorlash, 
buyumga sarf bo‘ladigan gazlama miqdorini aniqlash, buyum turiga qarab 
gazlamalarni to‘g‘ri tanlash va sifatiga qo‘yiladigan talablar; kiyimlarni 
tayyorlashda buyum andozalarini tejamkorlik bilan joylashtirish, buyumni bichish, 
bichilgan detallar sifatini tekshirish, kiydirib ko‘rishga tayyorlash va o‘tkazish, 
aniqlangan nuqsonlarni bartaraf qilish, buyumga texnologik tartibda ishlov berish, 
namlik-issiqlik ishlovini berish uslublari; 
 
 7-ilova 
 Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. 
Texnologiya va dizayn yo‘nalishida:
O‘quvchilar xalq hunarmandchiligi 
sohalari: ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik, yog‘och, tosh va suyak o‘ymakorligi, 
kandakorlik, misgarlik, kulolchilik, sandiqsozlik, beshiksozlik, pichoqchilik, 
zargarlik, chilangarlik, sharq miniatyurasi, rextagarlik, savat to‘qish, o‘tov, milliy 
o‘yinchoqlar, ot-ulov anjomlari tayyorlash, kosibchilik, imoratsozlik va boshqalar 
to‘g‘risidagi tushunchalarga ega bo‘ladilar. 
Ular mahalliy xomashyolar zahiralarining manbalari, turlari, tarqalishi, 
hunarmandchilik markazlarining shakllanishiga va rivojlanishiga ta’siri; 
hunarmandlar sulolalari; hunarmandchilik risolalari; xalq amaliy-bezak san’ati va 
hunarmandchilikning o‘zaro bog‘liqligi va aloqasi; turli xildagi materiallarni 
tanlash va ularga ishlov berish; hunarmandchilik asboblari, moslamalari bilan 
ishlash; hunarmandchilik asarlarini asrash, ta’mirlash va ularning umrini 
uzaytirish; hunarmandchilikda tadbirkorlik, ijodkorlik asoslarini egallaydilar.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin