Natriy. Inson organizmini hamma organlarida va suyuqliklarida bo‘ladi. Osmotik bosimni saqlashda nerv impulslarini uzatishda ishtirok etadi. Oshqozon fermentlari faolligini oshiradi.
Fosfor. Fosfor hamma organizm to‘qimasi tarkibiga kiradi. Organizmda ketadigan sintez va gidroliz jarayonlarida muhim ahamiyatga ega.
Kundalik talab 1200 mg.
Hayvondan olinadigan mahsulotlarda uni miqdori yuqori.
Oltingugurt.Bu modda oqsil tarkibiga kiradi. Oqsil almashuvida muhim ahamiyatga ega. Uni miqdori oqsil miqdoriga to‘g‘ri proporsional. Kundalik talab kuniga 400—600 mg
Xlor. Fermentlarni aktivlaydi, oshkazon suyuqligi hosil kiladi, plazma shakllanadi, Kundalik talab 5000 mg. Organizmga osh tuzi ko‘rinishda tushadi.
Mikroelementlar Temir. Bu element oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etib nafas olishni ta'minlovchi birikmalar biosintezida ishtirok etadi.
Organizmda temirni yetishmasligi anemiyani boshqa bir necha kasalliklarni rivojlantiradi.
Talab kuniga 14 mg. Yuqori darajada maydalangan unda uni miqdori kam bo‘ladi. Temirni yengil o‘zlashtiriladigan formasi go‘shtli mahsulotlarda, jigarda, tuxum sariyog‘da ko‘p bo‘ladi (2000 mg/100 g mahsulotda).
Mis. Mis oqsillar bilan birikkan xolda bo‘ladi. Ko‘pgina fermentlarni aktivatori hisoblanadi.
Kundalik talab 2 mg. Jigarda, tuxum sarig‘ida va ko‘katlarda ko‘p bo‘ladi.
Yod. Yod tiroksin garmonlarini sintezida muhim ahamiyatga ega. Yod yetishmasa buqoq kasalligini vujudga keltiradi.
Kundalik talab 100-150mkg. OOM (4-15 mkg%), dengiz balig‘ida 50 mkg/100 g, treska jigarida 800, dengiz karamida— 50 mkg dan 70 000 mkg/100 g. gacha bo‘ladi. Mahsulotga issiklik bilan ishlov berilganda 30-60% yo‘qoladi.
yer usti o‘simliklarida 10-100 marta kam bo‘ladi. Shuning uchun 1tuz tarkibiga 25 mg qo‘shiladi.
Ftor.Ftor yetishmasa tish kasalligi rivojlanadi. Ortiqcha miqdori ham tishda yig‘iladi va tish rangini o‘zgartiradi. Kundalik talab kattalar uchun 0,2 - 3,1 mg, yosh bolalar uchun kuniga 0,5 mg.