Nazorat savollari.
1. Makroelementlarga qanday kimyoviy elementlar kiradi?
2. Inson organizmida mineral moddalar qanaqa funksiyalarni bajaradi?
3. Inson organizmida kalsiyni ahamiyati qanaqa?
4. Mikroelementlarga qaysi kimyoviy elementlar kiradi va inson organizmida mikroelementlarni ahamiyati qanday?
5. Inson organizmida temir qanday vazifani bajaradi va qanday oziq-ovqat mahsulotlarida uning miqdori yuqori?
6. Yod tanqisligi nimaga olib keladi?
7. Texnologik ishlovlar mineral moddalarga qanday ta'sir etadi?
11-ma'ruza. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi vitaminlar va inson organizmidagi vazifalari
Reja
Vitaminlarni funksiyasi.
Vitaminlarni sinflanishi.
Tayanch so‘z va iboralar
Gipovitaminoz, avitaminoz, provitamin, suvda eriydigan vitaminlar, yog‘da eriydigan vitaminlar, singa, vitaminlar B1, B6, B12, A, PP, C, tokoferol, kalsiyferol, retinol, antivitamin.
Vitaminlar — tirik organizmda bo‘ladigan jarayonlarni biologik jihatidan tartibga soluvchi va katalizatorlik vazifasini o‘tovchi, turlicha kimyoviy tabiatli quyi molekulyar organik birikmalardir.
Oziq-ovqat tarkibida ba'zi mahsulotlarning bo‘lmasligi tufayli organizm turli og‘ir kasalliklarga duchor bo‘lishini insoniyat qadim zamonlarda ham bilgan, lekin faqat 1880 yilda rus olimi N. I. Lunin tomonidan bunday mahsulotlar organizm uchun zarur ekanligi tajriba asosida tasdiqlandi. Polyak biokimyogari K. Funk bunday moddalarni vitaminlar deb nomladi, ya'ni lotincha «vita» so‘zi — hayot degan ma'noni bildiradi.
Inson organizmining turli kasalliklarga chalinmasligi uchun oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida ma'lum miqdorda vitaminlarning bo‘lishi zarur, chunki organizm ularni yetarli darajada sintez qila olmaydi. Organizmda vitaminlarning yetishmasligi yoki ularning bo‘lmasligi organizmni gipovitaminoz va avitaminoz deb ataladigan kasalliklarga olib keladi.
Hozirgi vaqtda vitaminlar vazifasini bajaruvchi o‘ttizdan ortiq bi-rikmalar ma'lum. Bular ichida vitaminlar va vitaminsimon birikmalar bo‘lib, faqat vitaminlarning o‘zi yigirmadan ortikdir.
Vitaminlarni shartli ravishda lotin alfavitlari bilan belgilanadi. Ularni suvda erishi yoki erimasligiga ko‘ra ikki guruhga: suvda eriydigan vitaminlarga (B1, B2, B6, PP, C va boshqalar) hamda yog‘da eriydigan vitaminlarga (A, E, D, K) bo‘lish mumkin.
Insonning vitaminlarga bo‘lgan talabi uning yoshiga, sog‘ligining xolatiga, hayot sharoitiga, ish faoliyatiga, yil fasliga va qolaversa kanday mahsulotlar iste'mol qilishiga bog‘lik bo‘ladi.
Vitaminlardan tashqari shunday moddalar ham borki, ular vitamin bo‘lmasada, lekin organizmda vitaminlarga aylana oladi. Bunday moddalarni provitaminlar deyiladi.
Provitaminlarga ba'zi karatinoidlar, to‘g‘rirog‘i β- karotin misol bo‘ladi. Oziqa ratsionida A vitamin o‘rniga karotin ishlatish mumkin. Karotin A provitamindir/ organizmda u A vitaminga aylanadi. Karotin sabzi, turli gullar, mevalar, sut, tomat, kon zardobi tarkibida uchraydi. A vitamin ko‘pincha jigarda yig‘iladi. Vitaminlarning asosiy manbasi o‘simliklardir. Shunga ko‘ra vitaminlarni tabiiy manbaidan ajratib olish, kimyoviy yoki mikrobiologik sintez asosida tayyorlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |