Molekulyar biologiya



Yüklə 144,5 Kb.
səhifə6/8
tarix28.03.2023
ölçüsü144,5 Kb.
#90858
1   2   3   4   5   6   7   8
ACHITQILARNING OZIQ OVQAT SANOATIDA TUTGAN O\'RNI

B2 vitamin (riboflavin). Riboflavin sarg‘ish rangli ignasimon kristall, achchiq mazali modda: B2 vitamin fermentlarga koferment vazifasini bajaradi, oksidlanish — qaytarilish reaksiyalarida katalizatorlik rolini o‘ynaydi. Riboflavinning organizmga yetishmasligi oqibatida teri kasalligi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shamollashiga, hamda qon aylanish tizimi va ichak-me'da yo‘llarini kasallanishiga olib keladi.
B2 vitaminning manbalariga sut, tvorog (suzma), pishloq, tuxum, non, yorma, go‘sht, jigar va mevalar misol bo‘ladi. B2 vitaminiga boy bo‘lgan mahsulotlarga, ayniksa, jigar (2,2 %), suzma, pishloq (0,2 %) kiradi. Hozirgi vaktda B2 vitaminini sanoatda tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
B6 vitamin fermentlar tarkibida ishtirok etib, organizmda amino- va moy kislotalarni sintezlashda va ularni boshqa moddalarga aylanishida muhim vazifani bajaradi. Nerv tizimi, qon aylanishi va jigar faolintini yaxshi o‘tishida kerakli vitamindir. Vitaminni organizmga yetishmasligi dermatit (teri kasalligi)ga sabab bo‘ladi. V6 vitamin tabiatda keng tarqalgan. U go‘shtli mahsulotlarda, baliqda, loviyada, kartoshkada va sutda ko‘p bo‘ladi. Piridoksin yuqori temperatura, ishqor, kislota ta'siriga chidamli, lekin . yorug‘lik ta'sirida parchalanib ketadi.
B12 vitamin (sianokobalamin) — tarkibi quyidagi formula C63H90N14 O14 PCo bilan ifodalanadi.
B12 vitaminning struktura formulasi boshqa vitaminlarga qaraganda ancha murakkab bo‘lib, uning molekulasida bir atom kobalt metali bo‘ladi.
B12 vitaminning organizmga yetishmasligi oqibatida og‘ir kasalliklar kelib chiqadi va xatto o‘limga olib keladi. Bu anemiya (kamkonlik) kasalligi bo‘lib, bunda qondagi gemoglobin miqdori kamayib ketadi, quvvatsizlanish, ishtaxani bo‘g‘ilishi kabi noxush dollar orga­nizmda seziladi.
B12 vitaminga boy mahsulotlarga go‘sht, jigar, buyrak, baliq, pishloq, sut misol bo‘ladi.
B12 vitamini anemiya, polinevrit va radikulit kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
PP vitamin (nikotinamid). PP vitamin deganda nikotin kislota va uning amidi tushuniladi. PP vitamin ham B guruh, vitaminlarga kiradi, shuning uchun uni B5 bilan belgilash mumkin. Boshqacha nomi niatsin. Bu vitaminning inson organizmiga yetishmasligi lanjlik, tez toliqish, uykusizlik, yurakning tez-tez urishi va yuqumli kasalliklarga oson chalinish oqibatlariga sababchi bo‘ladi. Umuman PP vitaminning yetishmasli­gi pellagra (terini g‘adir-budur bo‘lish) kasalligi, ya'ni terida dog‘lar paydo bo‘ladi, og‘iz bo‘shlig‘ining qurishi, oshqozon va asab tizimining buzilish xollari kuzatiladi. PP vitamin manbalariga go‘sht mahsulotlari, ayniksa mol jigari, buyragi, go‘shti, qo‘y, cho‘chqa, baliq go‘shtlari, hamirturish, sut va sut mahsulotlari kiradi.

Yüklə 144,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin