Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə41/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

Oldingi tahrirga qarang.
22613 Valyuta bozorida konvertatsiya qilish uchun mijozlarning zaxiralangan mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: valyuta bozorida konvertatsiya qilish uchun mijozlarning so‘mdagi zaxiralangan maqsadli mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida konvertatsiya uchun zaxiralangan, shuningdek, ilgari mazkur hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan va belgilangan muddatda maqsadi bo‘yicha konvertatsiya qilinmay qolgan so‘mdagi mablag‘larning kelib tushgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida konvertatsiya uchun yo‘naltirilgan, shuningdek, maqsadi bo‘yicha foydalanilmay qolgan so‘mdagi mablag‘larning belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(22613-pozitsiya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
22614 Mijozlarning valyuta bozorida konvertatsiya qilingan mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning valyuta bozorida sotib olingan va belgilangan tartibga muvofiq tashqi savdo va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan maqsadli mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida konvertatsiya qilingan mablag‘larning, shuningdek ilgari mazkur hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan va belgilangan muddatda maqsadi bo‘yicha foydalanilmay qolgan mablag‘larning kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida konvertatsiya qilingan mablag‘larning, shuningdek birja valyuta bozorida qayta sotishga mo‘ljallangan foydalanilmay qolgan mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22616 Jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlaridagi masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi orqali boshqariladigan mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning bank hisobvaqlaridagi masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi orqali boshqariladigan mablag‘larining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlariga kelib tushayotgan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi orqali boshqariladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlaridan chiqarilgan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi orqali boshqariladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir jismoniy shaxs bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda olib boriladi.
22617 Pensionerlarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: pensionerlarning bank kartalari bo‘yicha hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqlar belgilangan tartibda Pensiya jamg‘armasi va uning bo‘linmalari reyestrlari asosida ochiladi.
Hisobvaraqning kreditida bank kartasiga kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank kartasidan hisobdan chiqarilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir pensioner bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22618 Jismoniy shaxslarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning bank kartalari bo‘yicha hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank kartasiga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank kartasidan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22619 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank kartalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yakka tartibdagi tadbirkorlarning xo‘jalik va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xomashyo va tovar (ish, xizmatlar) sotib olish, shuningdek o‘z joriy faoliyati bilan bog‘liq soliqlarni va boshqa xarajatlarini to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan bank kartalari bo‘yicha hisob-kitoblari uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank kartasiga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank kartasidan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22620 Korporativ bank kartalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslarning bank kartalari bo‘yicha hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank kartasiga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank kartasidan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22622 Yuridik shaxslar o‘z vakolatxonalari va filiallari ta’minoti uchun ajratgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslar tomonidan vakolatxona va filiallari ta’minoti hamda joriy xarajatlarini (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, mahalliy soliqlar, xizmat safari xarajatlari, suv, gaz, elektr energiyasi, telefon va boshqa kommunal to‘lovlar, ijara haqi, avtotransport xarajatlari) qoplash uchun ajratilgan mablag‘larning hisobi yuritiladi. Filiallar faqat yuridik shaxsning asosiy hisobvarag‘i bo‘yicha qarzdorligi (2-sonli kartoteka) bo‘lmagan holda o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan xarajatlarni amalga oshirishlari mumkin.
Hisobvaraqning kreditida yuqori tashkilotning hisobvaraqlaridan kelib tushgan mablag‘larning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida vakolatxonalar va filiallar tomonidan joriy xarajatlarni (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, mahalliy soliqlar, xizmat safari xarajatlari, suv, gaz, elektr energiyasi, telefon va boshqa kommunal to‘lovlar, ijara haqi, avtotransport xarajatlari) va qonunchilikka muvofiq boshqa xarajatlarni to‘lash uchun o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
22626 Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: korxona va tashkilotlarning qonunchilikda belgilangan tartibda jamg‘ariladigan va taqsimlanadigan maqsadli mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida korxona va tashkilotlarning maqsadli hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilikda belgilangan tartibda mablag‘larni hisobdan chiqarish aks ettiriladi.
Tahliliy hisob korxona va tashkilotlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
22628 Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arma pensiya hisobvarag‘idagi mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilikka muvofiq fuqarolarning shaxsiy jamg‘arma pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida fuqarolarning majburiy va ixtiyoriy jamg‘arma pensiya badallari, shaxsiy jamg‘arma hisobvaraqlaridagi qoldiq mablag‘larga har yilning oxirida Xalq bankining marjasi ayirib tashlangan holda hisoblangan foiz daromadlari, shuningdek qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa tushumlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda shaxsiy pensiya hisobvaraqlaridan to‘langan mablag‘larning summasi va/yoki noto‘g‘ri kirim qilingan mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir filial bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi
22630 Mahalliy budjetdan moliyalashtirilayotgan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlangan ijtimoiy nafaqalar mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy budjetdan moliyalashtirilayotgan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlangan ijtimoiy nafaqalar mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida mahalliy budjetlardan nafaqalarni to‘lash uchun kelib tushgan maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 29848 hisobvarag‘iga belgilangan tartibda o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijtimoiy nafaqalarning turlari bo‘yicha har bir fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi
22632 Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun moliyalashtiriladigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Pensiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun beriladigan mablag‘larning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning krediti bo‘yicha beriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debeti bo‘yicha pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarning haqiqatda to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lov turlari bo‘yicha alohida yuritiladi.
22634 Tabiiy gaz uchun kelib tushadigan pul mablag‘larini jamlash uchun yagona maxsus hisobvaraq
Hisobvaraqning ta’rifi: iste’molchilardan tabiiy gaz uchun kelib tushgan va qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablag‘larning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida iste’molchilardan tabiiy gaz uchun kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir viloyat va tuman bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
22636 Elektr energiyasi uchun kelib tushadigan pul mablag‘larini jamlash uchun yagona maxsus hisobvaraq.
Hisobvaraqning ta’rifi: iste’molchilardan elektr energiyasi uchun kelib tushgan va qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablag‘larning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida iste’molchilardan elektr energiyasi uchun kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilikda belgilangan tartibda elektr energiyasi uchun o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir viloyat, tuman va shahar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
22638 Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun kelib tushadigan pul mablag‘larini jamlash uchun yagona maxsus hisobvaraq
Hisobvaraqning ta’rifi: suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun iste’molchilardan kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun iste’molchilardan kelib tushgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblab o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir viloyat, tuman va shahar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22640 Elektron pullar bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: elektron pullar bo‘yicha majburiyatlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida elektron pullar uchun kelib tushgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan elektron pullar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob elektron pul emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22642 Ishonchli boshqaruvga qabul qilingan moliyaviy aktivlar bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: ishonchli boshqaruvga qabul qilingan moliyaviy aktivlar bo‘yicha majburiyatlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida ishonchli boshqaruvga qabul qilingan moliyaviy aktivlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan/qaytarilgan ishonchli boshqaruvdagi moliyaviy aktivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22644 Mijozlarning metall hisobvaraqlari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning qimmatbaho metallar bo‘yicha metall hisobvaraqlari majburiyatlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarga tegishli bo‘lgan metallarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan/qaytarilgan metallarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin