Qimmatli qog'ozlaming bir marom'da va xatarsiz muomalada bo'lishi uchun mazkursohaga oid qonuniy me’yorlarni barpo etish hamda ularni doimiy ravishda takomillashtirib borishni, oddiy fuqarodan tortib, to davlat organlarigacha qimmatli qog'ozlar bozorining barcha ishtirokchilari tomonidan qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishni o‘zida uyg'unlashtiruvchi tizim zarur. Tizim sarmoyadorlaming qonuniy huquqlarini himoya qilishga va saqlashga yo'naltirilishi lozim, chunki aynan ular qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilarining ichida eng zaif hamda ko‘p sonli unsur hisob- lanishadi. Ushbu tizimda tanglik holatini sog'lomlashtirishga yoki fond bozori ishtirokchilarining turli qatlamlari o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tizimida sodir bo'ladigan nomutanosibliklami, fond bozori va bozor iqtisodiyotining boshqa sektorlarining o'zaro alo- qalari sohasidagi kelishmovchiliklarni qidirib topish, qimmatli qog'ozlar bozoriga tuzatib bo'lmaydigan zararlar keltirishga, mav- jud barqarorlikni buzishga qodir bo'lgan omillarni o'rganishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar qo'llanishiga alohida o'rin berilishi kerak.
Fond bozorini davlat tomonidan tartibga solishdan maqsad, qimmatli qog'ozlaming bir maromda va xatarsiz muomalada bo'lishi, qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisi orqali iqtisodiyotga inves- titsiya qilish uchun sharoitlar yaratish, investitsiyani amalga oshi- rishda sarmoyadorlar tomonidan mumkin bo'lgan yo'qotishlarni eng kam holatga keltirish, savdolar tashkilotchilari va fond bozorining professional ishtirokchilarining barqaror ishlashini ta’min- lashdir. Fond bozorida barqarorlikka erishgan holda, davlat bu bilan iqtisodiyotning o'zini o'zi tartibga solishi, pul mablag'larining bir tarmoqdan boshqasiga oqib kelishi uchun sharoit yaratadi, shu tariqa xalq xo'jaligi mustahkamlanadi (qimmatli qog'ozlar bozorining bir maromda faoliyat ko'rsatishi iqtisodiyotga samarali ta’sir ko'r- satadi). Rivojlangan mamlakatlaming tajribalari shundan dalolat ber- moqdaki, qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish nuqtayi nazardan tartibga solishni davlat va professional (ya’ni, maxsus tashkil etilgan qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilarining tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan) bo'laklarga bo'Iish eng maqsadga muvofiq usul sanaladi. Bunday taqsimotga