muvofiq, qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solishning bif necha asosiy modellari mavjud.
Birinchi model qimmatli qog'ozlar bozorining asosan davlat idoralari tomonidan tartibga solinishini va bunday tartibga solish bo'yicha vakolatlaming kicliik qismini o'zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlarga berilishini nazarda tutadi (Fransiya). Ikkinchi model, aksincha, fond bozorini tartibga solish bo'yicha mavqelarning eng katta hajmini o'zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlarga berilishini nazarda tutadi, bunda davlat faqat asosiy nazorat qilish vakolatlarini saqlab qoladi (Buyuk Britaniya). Ko'pchilik hollarda esa birinchi va ikkinchi modellarning uyg'unlashuvi ko'zga tashlanadi. Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish jarayonida davlat quyidagi asosiy vazifalami bajaradi:
qonun chiqarish vazifasi (qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish konsepsiyasini, uni amalga oshirish dasturini ishlab chiqish, dastumi boshqarish) — fond bozoridagi munosabatlar rivojlanishining maqsadi va asosiy yo'nalishlarini belgilash, qimmatli qog'ozlar bozoridagi munosabatlarning tamoyillariga, bozor infratuzilmalarining faoliyat ko'rsatishiga, professional ishtirokchilar hamda savdolar tashkilotchilarining maqomiga, sarmoyadorlar huquq va manfaatlarini himoya qilishga taalluqli asosiy (fundamental) huquqiy me’yorlami belgilash va qimmatli qog'ozlar bozoridagi munosabatlarning rivojlanish monitoringini amalga oshirish;
resurslar (davlat va xususiy resurslar)ni qimmatli qog'ozlar bozorini tashkil etish maqsadlari uchun to'plash;
davlat eng yirikemitent va sarmoyador hisoblanadi; u qimmatli qog'ozlar bozorining vositalaridan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirishda foydalanadi (ocliiq bozordagi operatsiyalar);
«o'yin qoidalari»ni belgilash (emitentlarga, sarmoyadorlarga, professionallarga qo'yiladigan talablar, operatsiya va hisob andozalarini tasdiqlash);
bozoming moliyaviy barqarorligi va xavfsizligini nazorat qilish (bozorga kirishni qayd etish va nazorat qilish, qimmatli qog'ozlami ro'yxatga olish, investitsiya muassasalarining moliyaviy ahvolini nazorat qilish, huquqiy va axloqiy me’yorlaiga rioya etilishini nazorat qilish, jazolar qo'Uash);*