Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua bilim sohalari



Yüklə 4,22 Mb.
səhifə46/72
tarix16.12.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#181968
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72
moliya qollanma

har bir imtiyozli aksiyadan so f tushum
Har bir aksiyadan sof tushum imtiyozli aksiyaning narxi minus yangi emissiya qilingan aksiyalar uchun tranzaksion xarajatlariga teng.
Korporativ soliqlar imtiyozli aksiya bahosiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Imtiyozli aksiyada soliqlar hisobga olinmaydi, chunki imtiyozli aksiyalarga to‘lanadigan dividendlar soliq bazasidan ayirib tashlanmaydi.

  1. misol. Imtiyozli aksiyaning moliyalashtirish bahosini hisoblash.

San Antonio Edison har bir aksiya uchun yillik dividend miqdori 4.25 dollarga teng bo‘lgan imtiyozli aksiya emissiya qildi. 2011-yil 24-avgustda aksiyaning har birining bahosi 58.50 dollarga teng bo‘ldi. Agar firma yangi emissiya qilgan aksiyalarni yuqoridagi shartlar bilan sotsa har bir aksiya uchun tranzaksion xarajatlar 1.375 dollarga teng bo‘ladi. Imtiyozli aksiyaning eng so‘nggi yopilish narxiga asoslansa, imtiyozli aksiyani moliyalashtirish bahosi qanday bo‘ladi?

  1. qadam:yechim strategiyasini shakllantirish

Imtiyozli aksiyalarni moliyalashtirish bahosini, yuqorida obligatsiyani uning baholanish formulasi yordamida hisoblaganimizdek, imtiyozli aksiya narxining asosiy baholanish formulasi yordamida hisoblanadi. Shunday qilib, imtiyozli aksiyaning bahosi (5) tenglamadan foydalanilgan holda hisoblanadi:
imtijroEli aksiyadan dividend
Imtiyozli aksiya bahosi r =
V3 har bir imtiycsli aksiyadan sof tushum
Har bir imtiyozli aksiya uchun sof tushum imtiyozli aksiya sotilgan narx va har bir aksiya uchun tranzaksion xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblanadi.

  1. qadam: raqamlarni ishga solish

(5) tenglamadan foydalanib quyidagilarni kiritib chiqamiz va natijada yangi emissiya qilingan imtiyozli aksiya bahosi quyidagiga teng bo‘ladi:
Imtiyozli aksiya bahosi rps = = 0.0744 yoki 7.44%

  1. qadam: natijalarni baholash

Agar San Antonio Edison imtiyozli aksiyani bugun emissiya qilganida, har bir aksiyani 58.50 dollardan sotgan bo‘lar edi (tasavvur qilamiz imtiyozli aksiyalarga ham boshqa aksiyalar kabi dividendlar to‘lab beriladi). Shunga qaramay, aksiyalarni bozorga joylashtirish uchun investitsion bankka har bir aksiya uchun 1.375 dollardan tranzaksiya xarajatlarini to‘lab beradi. Shunday ekan, emissiya qilingan imtiyozli aksiyalarni sotish uchun firma imtiyozli aksiyalar bilan moliyalashtirishni amalga oshirish uchun qo‘shimcha ravishda 7.44% xarajatni amalga oshiradi.
Oddiy aksiyalar 2 holat bo‘yicha yagonadir. Birinchidan, oddiy aksiya bahosini obligatsiya yoki imtiyozli aksiya bahosi kabi oson hisoblab bo‘lmaydi, chunki oddiy aksiyaning qaytim stavkasini bevosita kuzatib bo‘lmaydi. Masalan, oddiy aksiyada aniq kupon to‘lovi yoki dividend miqdori belgilanmagan.
Oddiy aksiya egalari firmaning asosiy egalari ekanligini hisobga olib, obligatsiya va imtiyozli aksiya egalariga dividend, foiz to‘lovlari va qarzning asosiy qismi to‘lab berilgandan so‘ng foydaning kompaniya ixtiyorida qolgan qismi ularning foydasi hisoblanadi. Ikkinchidan, oddiy aksiyalar firma daromadini saqlab turish, reinvestitsiyalash yoki yangi aksiyalarni emissiya qilish natijasida olinishi mumkin.Ta’kidlab o‘tilgan turlari boshqalaridan farq qiladi, chunki firma foydani saqlab turganida tranzaksion xarajatlarni amalga oshirmaydi, ammo yangi aksiya emissiya qilganda tranzaksion xarajatlarni to‘lab berishiga to‘g‘ri keladi.
Biz oddiy aksiya egalarining kutilgan daromad darajasini 2 usul bilan hisoblaymiz va bu kelgusida kompaniyaning oddiy aksiya bahosini hisoblashda alohida ahamiyatga ega. Bu usullar dividendning o‘sib borish modeli va kapital aktivni baholash modeli (KABM) bo‘lib, ikkisi ham qimmatli qog‘ozlarni baholash mavzusida ta’kidlab o‘tilgan edi.
Firmaning oddiy aksiyalar hozirgi qiymati barcha kelgusidagi dividend to‘lovlarining yig‘indisiga teng. Agar dividendlar g darajada doimo o‘sib borishi kutilayotgan bo‘lsa, unda investorning talab etilgan qaytim stavkasi к „dan past bo‘ladi. Bunda, oddiy aksiyaning bahosi f^quyidagicha yoziladi:





Bu yerda, Di 1 yil ichida firmaning oddiy aksiyadorlariga taqsimlanishi kutilayotgan dividend miqdori. Kutilayotgan dividend hozirgi dividend^) ning 1 plus dividendning yillik o‘sish darajasiga ko‘paytmasiga teng (ya’ni, Di = + Investorning talab etilgan qaytim stavkasi (6) tenglamadan topish orqali hisoblanadi:





Bu yerda fe „investorning kompaniyaga investitsiya qilishdan kutadigan daromad darajasidir. Bu koeffitsiyent oddiy aksiyaning bahosini hisoblash paytida qo‘llaniladi, yangi aksiyadorlik kapitali kompaniyaning hozirgi davr daromadining bir qismini saqlash orqali hosil qilinadi. Oddiy aksiyalarni moliyalashtirish 2 xil usul orqali amalga oshiriladi, birinchisi daromadni saqlash va ikkinchisi yangi aksiyalarni savdoga chiqarish. Agar firma daromadini saqlasa, tranzaksion xarajat vujudga kelmaydi, shunday ekan, investorning kutilgan qaytim stavkasi kompaniyaning yangi aksiyalari kapital bahosiga teng bo‘ladi.
Agar firma aksiyadorlik kapitalini oshirish uchun yangi aksiyalarni emissiya qilsa, tranzaksion xarajatlarni qilishiga to‘g‘ri keladi. (7) tenglamada oddiy aksiya
bahosini knc3 topish uchun tranzaksion xarajatlarni hisobga olish maqsadida har bir aksiyaga sof tushum ivp^ni aksiya narxi pC3 bilan almashtiramiz:




Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin