Moliya va soliqlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə76/214
tarix24.10.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#66084
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   214
Moliya va soliqlar

BЕVOSITA SOLIQLAR
Foyda solig`i
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i
Yеr solig`i
Mol-mulk solig`i
Yеr ostidan foydalanganlik uchun soliq
Suv rеsurslaridan foydalanganlik uchun soliq
Aylanmadan soliq
Ijtimoiy soliq
BILVOSITA SOLIQLAR
Qo`shilgan qiymat solig`i
Aksiz soliqlari
Bojxona bojlari
Foyda solig’I korxona tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun taqsimlanishi uchun yakuniy natija – foydadan olinadi.
Bilvosita soliqlarga tovarni sotish narxida to‘lanadigan yoki tarifga kiritilgan, tovar va xizmatlarga solinadigan soliqlar kiradi, ya’ni bilvosita soliqlarning pirovard to‘lovchisi bo‘lib tovar iste’molchisi maydonga chiqadi, uning zimmasiga soliq narxda ko‘zda tutilgan ustamalar orqali yuklanadi. Mazkur holda korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan tovarlar va xizmatlarni sotib, soliq summalari hisobga olingan pul summalarini oladilar, so‘ngra olingan barcha soliq summalarini tegishli budjetga o‘tkazadilar. Bilvosita soliq solishda davlat amalda yangi qiymatni taqsimlash ishtirokchisiga aylanib, tovar yoki xizmatlarni sotish paytida ushbu qiymatning bir qismiga bo‘lgan o‘z huquqlarini e’lon qiladi. Bevosita soliqlardan farq qilib, bilvosita soliqlar bevosita to‘lovchining daromadi yoki mol-mulki bilan bog‘lanmaydi. Haqiqatda bilvosita soliqni xaridor-iste’molchi to‘laydi. Tovarni ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi shaxs, aslini olganda, soliq yig‘uvchi hisoblanadi. Bilvosita soliqlarning kattagina qismi tovar yoki xizmatlarni narxiga kiritiladi. Bilvosita soliqlar na daromadni, na oilaviy ahvolni hisobga oladi. Barcha fuqarolar, o‘z daromadlari miqdoridan qat’i nazar, haqiqatda bilvosita soliqlarni to‘laydilar, bilvosita soliq solinadigan hayotiy zarur tovarlarni iste’mol qiladilar va maishiy xizmatlardan foydalanadilar. Bilvosita soliqlar stavkalari qat’iy (tovar o‘lchov birligida) va foizli (tovar narxi muayyan xissada) ko‘rinishda bo‘ladi. Foizli stavkalar davlatga foydaliroqdir, chunki narx oshirilganda soliq tushumlari ko‘payadi. Soliq stavkalarining ko‘payishi tovarlar narxida ular xissasining o‘sishiga olib keladi. Bilvosita soliqlar o‘z ichiga aksizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojlarini oladi.
Stavkalarga bog‘liq ravishda soliqlar mutanosib, progressiv va regressiv turlarga bo‘linadi.
Mutanosib soliqlar – uning miqdorini tabaqalashtirishni hisobga olmasdan soliq obyektiga bir xilda foizli nisbatda amal qiladi.
Progressiv soliqlarning o‘rtacha stavkasi daromad oshishiga qarab oshib boradi. O‘rtacha stavkasi daromadning oshishiga qarab pasayib boradigan soliqlar regressiv soliqlar deb ataladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin