2-jadval
Xarajatlarning turli belgilariga asosan tasnifi
2
№
Tasniflash belgilari
Xarajatlar turlari
1. Ishlab chiqarish jarayonidagi iqtisodiy roliga qarab
Asosiy va ustama
2. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga
kiritilashiga qarab
Bevosita va bilvosita
3. Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan
O‘zgaruvchan va
doimiy
Noishlab chiqarish xarajatlariga ishlab chiqarish bilan bog‘liq bо‘lmagan
xarajatlar kiradi. Ularga sotish xarajatlari, boshqarish xarajatlari, boshqa operatsion
xarajatlar kiradi.
Yuqoridagilardan tashqari mahsulot tannarxi hisobini yuritishda xarajatlar
rejalashtirilishi bо‘yicha rejalangan va rejalanmagan xarajatlarga bо‘linadi.
Rejalanadigan
xarajatlar
korxonalar
faoliyatida
asosan
biznes
rejalarida
belgilangan kо‘rsatkichlar asosida shakllanadi. Rejalanmagan xarajatlar asosan
rejada kо‘zda tutilmagan xarajatlar bо‘lib hisoblanadi. Xarajatlarni tarkibiga kо‘ra
oddiy xarajatlar va kompleks xarajatlariga bо‘lish mumkin.
3-jadval
Doimiy va о‘zgaruvchan, bevosita va bilvosita xarajatlar
3
Kо‘rsatkich
Doimiy
O‘zgaruvchan
Bevosita
Bir turdagi mahsulot ishlab
chiqarishda foydalaniladigan
qurilmalar ijarasi
Xom ashyo va materiallar
2
Iqtisodiy adabiyotlardan foidalngan holda muallif tomonidan tuzildi.
3
Boshqaruv hisobi-1. O‘BAM A, 2008 y. 25-b.
Bilvosita
Bino, qurilmalar
amortizatsiyasi, agar bir necha
mahsulot ishlab chiqarilsa
Bir nechta turdagi mahsulot
ishlab chiqarishda elektr
energiya qiymati
Umumishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlari, ishlab
chiqarishning ayrim tarmoqlarini boshqarish xarajatlari, shuningdek u yoki bu
mahsulot turiga bevosita kiritish mumkin bо‘lmagan turli ishlab chiqarish
xarajatlarini о‘z ichiga oladi.
Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarni sotib
olish, qurish bilan bog‘liq xarajatlar kapital sarflar yoki kapital qо‘yilmalar (capital
expenditures) deyiladi. Remont xarajatlari, uskunalarga xizmat kо‘rsatish, yoqilg‘i
sotib olish sarflari nokapital sarflar yoki xarajat (reVenul expendit) yoki hisobot
yilida daromad olish maqsadida qilingan xarajatlardir. Kapital qо‘yilmalar bilan
xarajatlarni bir – biridan farqlay bilish kerak. Xarajat albatta shu davrda daromad
keltirishi kerak. Kapital qо‘yilma esa bir necha yillardan keyin daromad keltira
boshlaydi.
Kapital qо‘yilmalar tarkibiga asosiy vositalar, tabiiy resurslar va nomoddiy
aktivlarni sotib olishdan tashqari asosiy vositalarni о‘stirish va ularni
yaxshilanishiga sarflanadigan xarajatlar ham kiradi.
Asosiy vositani о‘sishi (additions) deganda ishlab chiqarish quvvatini fizik
jihatdan kengaytirish tushuniladi.
4
Kapital qо‘yilmalar bu korxonaning asosiy vositalari va nomoddiy
aktivlarini qayta ishlab chiqarish va ular sifat tarkibini yaxshilash borasida
qiladigan sarf xarajatlaridir.
21-sonli BHMSga muvofiq, kapital qо‘yilmalarga quyidagicha ta’rif
beriladi: Kapital qо‘yilmalar bu korxonaning asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlarga investitsiyalari shuningdek, mahsuldor va ishchi hayvonlarning
(qiymatidan qat’i nazar, korxonaning aylanma mablag‘lariga kiruvchi pappandalar,
quyonlar, asalarilar, qо‘piqlovchi itlar, tajriba uchun mо‘ljallangan hayvonlardan
4
Б.Нидиз, Х.Андерсон, Д. Колдуэлл «Принципи бухгалтерского учёта» 196 – 219 бет.
tashqapi) asosiy podasini tashkil qilish bо‘yicha xarajatlar yig‘indisi.
5
Korxonalarning
kapital
qо‘yilmalarini quyidagi belgilarga muvofiq
tasniflash maqsadga muvofiqdir:
Dostları ilə paylaş: |