4-chizma. Xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya usullarining guruhlanishi
Hozirda xarajatlarni hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya
qilish bо‘yicha umum qabul qilingan tamoyillar mavjud emas. Shunga qaramay
ularni uch belgisiga qarab: xarajat ob’ektlari, xarajatlarni hisobga olishning
8
Шим Дж.К., Сигел Дж.Г. М етоды управления стоимостью и анализа затрат. М .: Информационно издательский дом
“Филинъ”, 1996. 10 с.
9
Horngren Charles T., Kaplan R. Relevance Lost: The Rise and Fall of M anagement Accounting.-Boston: Harward Business
School Press, 1987. 145 с.
tо‘liqligi va xarajatlarning operativligi va nazorati bо‘yicha 4-chizmadagicha
guruhlash lozim deb hisoblaymiz.
Xarajatlar hisobi va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish bо‘yicha va
rejalashtirish bо‘yicha amaldagi me’yoriy hujjatlar va yо‘riqnomalarda xarajatlar
hisobi va mahsulotlar haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilishning me’yoriy,
buyurtma, qaytadan hisobga olish, asosiy hisobga olish usullari kо‘rsatib о‘tilgan.
10
Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va
mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning asosiy vazifalariga quyidagilar
kiritishimiz mumkin:
iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul
qilish uchun sub’ektning ma’muriyatini zarur va etarli ma’lumotlar bilan
ta’minlash;
chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni
kuzatish va nazorat о‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va
kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish;
ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni baholash va moliyaviy natijalarni
hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash;
sub’ektning tarkibiy bо‘linmalarining ishlab chiqarish faoliyatining
iqtisodiy natijalarini aniqlash va baholash;
uzoq muddatli xususiyatga ega bо‘lgan- ishlab chiqarish va texnologiya
dasturlarining qо‘llanishi, ichki va tashqi bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning
turlari bо‘yicha rentabellik darajasi, asosiy vositalar va tovar-moddiy zaxiralariga
quyilgan kapital mablaglarning samaradorligi va faoliyati bо‘yicha boshqaruv
hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish.
Mahsulotni tannarx asosida baholash tamoyili ob’ektiv haqiqatdir, chunki u
hujjat ma’lumotlariga asoslanadi. Bu о‘z navbatida, korxonaning bozor
munosabatlariga о‘tishida uning ishlab chiqarish siyosatini bozor talablariga
qaratilishini, ishlab chiqarishi xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarni izlashga
undaydi. Bunda tannarx salbiy omillarni aniqlashga, kamchiliklarni oldini olish va
10
O’zbekiston Respublikasi 4 son BHM S “Tovar moddiy zahiralar” O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 20.11.2002 yil
486 1 son bilan ro’yxatga olingan.
xarajatlarni prognozlashtirish imkoniyatini beradi.
Tannarxning mohiyati shundan iboratki, bu kо‘rsatkich korxona uchun
tovarni ishlab chiqarish va iste’molchiga etkazish qanchaga tushdi, degan savolga
javob beradi. Tannarxning muhim jihati shuki, u ob’ektiv xususiyatga ega bо‘lib,
uni tartibga solish bо‘yicha me’yoriy hujjatlarning bor-yо‘qligi, buxgalteriya
xizmatining uni aniqlash hohishi yoki imkoniyalari kabi shartlarga bog‘liq emas.
Xarajatlar hisobining nazariyasi va amaliyotida birgina «tannarx»
tushunchasigina mavjud emas. Uning mazmuni quyidagi omillar ta’sirida
о‘zgarishi mumkin: mahsulotning tayyorlik darajasi va uning sotilishiga qarab,
yarim tayyor mahsulot, omborda saqlanayotgan mahsulot va sotilgan mahsulot
tannarxlari; mahsulot miqdoriga qarab, mahsulot birligining, butun ishlab
chiqarilgan mahsulotning tannarxi; joriy xarajatlarni kalkulyatsiya ob’ektining
tannarxiga kiritish tо‘liqligiga qarab, tо‘liq amaldagi tannarx va cheklangan
tannarx; tannarxni shakllantirishning tezkorligiga qarab amaldagi yoki me’yoriy,
rejali tannarx farqlanadi.
Tannarxni faoliyat va mahsulot turlari, sotish bozorlari, mintaqalar hamda
xaridorlar bо‘yicha kalkulyatsiya qilish kerak. Sarflarni shakllantirish usullari
tannarxni kalkulyatsiya qilish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bо‘lib, bu jarayon
о‘zining muhim xususiyatlariga, jumladan, sohaviy xususiyatlariga ega.
Mahsulot tannarxini tashkil etuvchi qismlar nafaqat о‘z tarkibiga kо‘ra,
shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish ahamiyatiga kо‘ra ham turlichadir. Ba’zi
birlari uni tayyorlash va ishlab chiqarish bilan, boshqalari ishlab chiqarishni
boshqarish va unga xizmat kо‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bо‘ladi. Uchinchi
toifasi esa amaldagi qonunchilik bо‘yicha sarf-xarajatlarga kiritiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladigan yо‘nalish-ishlab chiqarish
xarajatlarining alohidalangan va maqsadli hisobini talab etuvchi faoliyat sohasidir.
Ya’ni, buxgalteriya ma’lumotlarining foydalanuvchilari biror sarf-xarajat haqida
nimanidir bilib olmoqchi bо‘lsalar, aynan shu narsaning о‘zi hisob yо‘nalishi
bо‘ladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining yо‘nalishiga mahsulot tannarxi
kalkulyatsiyasi, sotish bо‘limi ta’minoti sarflari kalkulyatsiyasi, ya’ni amalda
Biron-bir mansabdor shaxsning ishlatilgan zaxiralarni baholash zaruratini yuzaga
keltiradigan holatlar misol bо‘lishi mumkin.
Mahsulot
tannarxi
ishlab
chiqarish
samaradorligining
asosiy
kо‘rsatkichlaridan biri hisoblanib, korxonaga mahsulot tayyorlash qanchaga
tushganini
kо‘rsatadi.
11
Tannarx
kо‘rsatkichi sotish narxlarini belgilash,
mahsulotlar rentabelligini hisob-kitob qilish, xarajatlarni pasaytirish choralarini
aniqlash uchun ishlatiladi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tо‘g‘risida Nizomga
muvofiq, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita
mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bо‘lgan, ishlab
chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi.
Ularga quyidagilar tegishli bо‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar,
bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar,
shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan ustama xarajatlar.
Mahsulot tannarxini rejalashtirishda quyidagi kо‘rsatkichlar hisoblanadi:
-
jami mahsulot tannarxi;
-
bir birlik mahsulot tannarxi.
Bir birlik mahsulot reja tannarxi rejalashtirilgan jami mahsulot ishlab
chiqarish xarajatlari summasini rejalashtirilgan mahsulot miqdoriga bо‘lish orqali
aniqlanadi.
Haqiqiy tannarx hisobot yili oxirida haqiqiy ishlab chiqarish xarajatlari
tо‘g‘risidagi buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanadi.
Tannarx kо‘rsatkichini taqqoslash va tahlil qilish uchun reja va haqiqiy tannarx bir
xil usul bо‘yicha aniqlanadi.
Mahsulotni kalkulyatsiya qilishning bir qancha usullari mavjud. Zamonaviy
iqtisodiy adabiyotlarda kalkulyatsiya alohida olingan mahsulot (ish, xizmat)lar
birligi tannarxining iqtisodiy hisob-kitoblari tizimi sifatida ta’riflanadi.
12
Kalkulyatsiya jarayonida ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarilgan
mahsulotlar miqdori bilan taqqoslanadi va bir birlik mahsulot tannarxi aniqlanadi.
11
G‘ulomova F.G‘. Buxgalteriya hisobini mustaqil o‘rganish uchun qo‘llanma. T.: “NORM A”., 2009. 343-bet.
12
Полковский Л.М . Основы управленческого учета: Учебное пособие. – М .: Экономика и финансы, 2003. 71 с.
Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlari analitik hisobi va tannarx
kalkulyatsiyasining muhim tarkibiy qismlari sifatida “standart-kosting” (normativ
usul), “direkt-kosting” va “AVS” usullari bо‘lishi kerak.
13
“Standart-kosting” tizimi – bu xarajatlar hisobi va tannarxni aniqlash tizimi
bо‘lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxi avvaldan
puxta, obdon hisoblab chiqilgan normativ xarajatlar yordamida baholanadi, keyin
esa haqiqiy qilingan xarajatlar bilan taqqoslanadi.
14
Mazkur davr uchun haqiqiy xarajatlar ham javobgarlik markazi bо‘yicha
olib boriladi. Normativ va haqiqiy xarajatlarni taqqoslash orqali chetlanishlar
aniqlanadi. Haqiqiy tannarx quyidagi formula asosida aniqlanadi:
15
Dostları ilə paylaş: |