Moliyaviy hisob


-chizma. Kapital qо‘yilmalarning tasniflanishi



Yüklə 256,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix07.01.2024
ölçüsü256,22 Kb.
#201292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kapital xarajatlar hisobi

1-chizma. Kapital qо‘yilmalarning tasniflanishi.
6
 
Kapital qо‘yilmalar mohiyatini chuqurroq anglash uchun ularning tarkibi va 
gupuhlari bо‘yicha о‘rganish maqsadga muvofiqdir.
2-chizma. Yо‘naltirilishiga kо‘ra kapital qо‘yilmalarning tasniflanishi
7

Qurilish-montaj ishlarini bajarish usuliga kо‘ra kapital qо‘yilmalar pudrat 
usulidagi va xо‘jalik usulidagi kapital qо‘yilmalarga ajratiladi. 
 
 
3-chizma. Bajapish usuliga kо‘ra kapital qо‘yilmalarning tasniflanishi. 
Qishloq xо‘jaligi korxonalarida kapital qurilish pudrat usulida olib 
borilganida sarflanadigan kapital xarajatlarni hisobga olib borish tartibi 
5
21-sonli BІM S “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni 
qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma”ga 2-ILOVA, 67-band. 
6
M uallif ishlanmasi 
7
21-son BHM S asosida muallif ishlanmasi 
Kapital qo‘yilmalar 
Yo‘naltirilishiga 
ko‘ra 
Bajarish usuliga 
ko‘ra 
Moliyalashtirish 
manbasiga ko‘ra 
Yo‘naltirilis higa ko‘ra 
kapital qo‘yilmalar 
Kapital qurilishga 
Asosiy vosita va nomoddiy 
aktiv sotib olishga 
Kengaytirish, rekonstruktsiya 
va modernizatsiya qilishga 
Asosiy podani shakllantirish va erni 
obodonlashtirishga 
Ijaraga olingan mulkka 
Bajarish usuliga ko‘ra 
Pudrat usulida 
Xo‘jalik usulida 


O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 17-sonli “Kapital qurilishga oid 
pudrat shartnomalari” nomli milliy standartida belgilab berilgan. 
Pudrat usulida qurilish montaj ishlarini ixtisoslashgan pudrat qurilish montaj 
tashkilotlari olib boradi, bunda ikki tomon bosh pudratchi va buyurtmachi aloqaga 
kirishib, ularning о‘zapo munosabatlari pudrat shartnomasi bilan belgilanadi.
Kapital qо‘yilmalarning texnologik tuzilmasi qurilish va montaj ishlari bilan 
bog‘liq hamda asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olishga, shuningdek, boshqa 
kapital ishlar va xizmatlar uchun qilingan xarajatlar tarkibi va nisbatini anglatadi. 
Kapital 
qо‘yilmalar, xususan kapital qurilish xarajatlari qurilishga 
ixtisoslashgan xо‘jaliklarda 2010 – “Asosiy ishlab chiqarish” schyotida qurilish 
asosiy faoliyat yо‘nalishi qurilishga ixtisoslashmagan boshqa sohalarda qurilish 
xarajatlari agar о‘zini yordamchi ishlab chiqarishi kuchi bilan xо‘jalik usulida 
bajarilganda 2310 – “Yordamchi ishlab chiqarish” sintetik schyotini tegishli 
analitik schyoti boshqaruv hisobida hisobga olinsa, pudrat usulida pudratchilar 
bilan shartnoma asosida qurilayotgan binolar inshootlar va boshqa qurilish – 
ta’milash ishlari 0800 –“Kapital qо‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar” sintetik 
schyotining 0810 –“Tugallanmagan qurilish” schyotida moliyaviy hisobda 
hisobga olib boriladi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, kapital qurilish ishlari 
kapital qо‘yilmalarini bir qismi bо‘lib ishlab chiqarish faoliyatini tavsifiga kо‘ra 
ular turli xо‘jaliklarda turlicha; ba’zilarda moliyaviy hisobda ba’zilarida esa,
boshqaruv hisobida mukammal hisob olib borishlari kerak. 1-ilovada qurilish 
xarajatlarini turli shakldagi xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarda hisobga olinishi 
kо‘rsatilgan. 
1-ilovada jadvalida kо‘rastilgandek qurilish tashkilotlarida va qurilish 
xujalik usulida olib borilayotgan xо‘jalik yurutuvchi sub’ektlarda qurilish bilan 
bog‘liq xarajatlari asosiy ishlab chiqarish 2010 schyotda qurilish tashkilotlarida 
2310 yordamchi ishlab chiqarish schyotda (faoliyati qurilish bilan bog‘liq 
bо‘lmagan qurilish ishlari xо‘jalik usulida olib boriladigan xо‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarda) boshqaruv hisobini hisob ob’eti sifatida qaralishi va faoliyati 
qurilishi bilan bog‘liq bо‘lmagan qurilish pudrat usulida olib borilayotgan 


xо‘jaliklarda qurilish xarajatlari 0810 – “Tugallanmagan qurilish” schyotida 
moliyaviy hisobini ob’ekti sifatida qaralsa maqsadga muvofiq bо‘ladi. Shunda 
kapital qurilish bо‘yicha barcha xarajatlarni tо‘g‘ri hisobini yuritish va aniq 
ma’lumotlar asosida tahlil qilish jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlari 
yaratiladi 
Hisobga olishda kapital qо‘yilmalar takror ishlab chiqarish strukturasining 
yо‘nalishlari, texnologik struktura, mо‘ljallanishi, xalq xо‘jalik tarmoqlari,
ishlarni bajarish usuli, mablag bilan ta’minlash manbalariga kо‘ra guruhlanadi. 
Takror ishlab chiqarish strukturasining yunalishlari bо‘yicha kapital 
qо‘yilmalar yangi qurilishi, kengaytirish, ta’mirlash, texnik qayta jihozlash va 
ishlab turgan korxonalar quvvatlarini saqlashga ajratiladi. 
Yangi qurilishga yangitdan tashkil etilayotgan korxonalar, binolar va 
inshootlar, shuningdek ishga tushirilgandan sо‘ng mustaqil balansda bо‘ladigan, 
yangi maydonchada yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadlarida filial 
va ayrim ishlab chiqarishlarda amalga oshiriladigan asosiy, yordamchi va xizmat 
kо‘rsatish maqsadlaridagi ob’ektlar kompleksining qurilishi kiritiladi. 
Ishlab turgan korxonalarni kengaytirish deganda ishlab turgan korxona 
(inshoot)larda qо‘shimcha ishlab chiqarishlarni qurish, shuningdek ishlab turgan 
korxona xududi yoki unga qо‘shni maydonchada qо‘shimcha yoki yangi ishlab 
chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadlarida ayrim tsexlar yoki asosiy, yordamchi 
va xizmat kо‘rsatishga mо‘ljallangan ob’ektlarni qurish va ishlab turganlarni 
kengaytirish tushuniladi. 
Korxonalarning foydalanishga topshirilgandan keyin mustaqil balansda 
bо‘lmaydigan filiallarning qurilishi ham ishlab turgan korxonalarni kengaytirish 
qatoriga kiritiladi. 
Ishlab turgan korxonani kengaytirish, uning ishlab chiqarish quvvatini 
(unumdorligi, о‘tkazish qobiliyati, bino yoki inshootning sig‘ishini) kо‘raytirish 
ishlari yangi qurilish yо‘li bilan shunday quvvatlar yaratishdan kо‘ra qisqaroq 
muddat va kam xarajatlarda amalga oshirilishi lozim. 
Ishlab turgan korxonalarni ta’mirlash deganda asosiy va yordamchi va 


xizmat kо‘rsatishga mо‘ljallangan, ishlab turgan tsex va ob’ektlarni ishlab 
chiqarshni takomillashtirish va ularni texnik – iqtisodiy darajasini oshirish 
maqsadlarida qayta qurish tushuniladi. Bu odatda asosiy maqsaddagi bino hamda 
inshootlarni kengaytirmay amalga oshiriladi. 
Texnologik strukturasiga kо‘ra kapital qо‘yilmalar qо‘yidagi ish va xarajat 
turlari qiymatidan tarkib topadi. 
-
qurilish ishlarining barcha turlari: 
-
uskunalar natijasi bо‘yicha ishlar: 
-
qurilish smetalarida nazarda tutilgan uskunalar xarajatlari (montaj talab 
qiladigan va qilmaydigan): 
-
qurilish smetasiga kiritiladigan asbob va inventarlar xarajatlari: 
-
boshqa kapital ish va xarajatlar. 
Uskunalar kapital qurilishning reja va hisobot kо‘rsatkichlarida qurilish 
smetasiga kiradigan va kirmaydigan uskunalarga ajratiladi. 
1.
Qurilish smetasiga kiradigan uskunalar, ishlab turgan korxonalarni 
ta’mirlash, kengaytirish, texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarini 
saqlash va yangi korxona hamda ob’ektlarni qurish loyiha va smetalarida nazarda 
tutilgan uskuna, mashina va mexanizmlar loyiha va smetalarga kiritilishi lozim 
bо‘lgan uskuna, mashina va mexanizmlardir. 
2.
Qurilish smetasiga kirmaydigan uskunalarga mazkur tarmoq uchun 
loyixa – smeta xujjatlarini tuzish tartibida belgilanishiga kо‘ra smetani yuqoridagi 
punktning birinchi abzatsiga kiritilmaydigan mashina va mexanizmlar kiritiladi. 
-
qurilish mashinalari, mexanizmlar, inventar va asboblar, shuningdek 
qurilish va montaj tashkilotlari transport vositalari: 
-
yig‘ma – razbor qilinadigan bino va inshootlarning inventar detallari 
komplektlari: inventar uylar, qurilish, geologiya razvedka va qidiruv 
tashkilotlarining vagon, furgonlar va konteyner tipidagi boshqa anjomlari qishloq 
xо‘jaligi korxona va tashkilotlarining traktor, kombayinlari va boshqa ekin ekish, 
er haydash hamda hosilni yig‘ishtirishga mо‘ljallangan mashinalar: 
-
ta’minot – sotuv tashkilotlari konteynerlar va boshqalar. 


Uskunalar montaj talab qiladigan va montaj talab qilmaydigan uskunalarga 
ajratiladi. 
Montaj talab qiladigan uskunalarga faqat ayrim qismlari yig‘ilgandan keyin 
yoki asos va tayanchlarga о‘rnatilgandan sо‘ng ishga tushirilishi mumkin bо‘lgan 
uskunalar shuningdek, foydalanishga topshirish elektrmontaj va ishga tushirish – 
sozlash ishlarini talab qiladigan elektron hisoblash mashinalari ham kiritiladi. 
Montaj talab qilmaydigan uskunalarga ishga tushirishdan oldin asos va 
tayanchga о‘rnatishni talab qilmaydigan uskunalar: lokomotivlar, traktorlar, vagon, 
qishloq xо‘jaligi mashinalari, avtomashinalar va shu kabilar kiradi. 
Kapital qо‘yilmalar maqsadga kо‘ra hisobga olishda: 
a) 
ishlab 
chiqarish 
maqsadlaridagi 
ob’ektlar qurilishiga (qurilishi 
tuganlangandan sо‘ng moddiy ishlab chikarish soxasi: sanoat, qishloq xо‘jaligi, 
transport aloqa va shu kabilarda ishlaydigan ob’ektlar)
b) noishlab chiqarish maqsadlaridagi (turar joy va kommunal xо‘jalik 
sog‘liqni saqlash muassasalari, ijtimoiy ta’minot, xalq ta’limi va boshqa) 
ob’ektlarga ajratiladi. 
Iqtisodiyot tarmoqlari bо‘yicha kapital qо‘yilmalar sanoat, qishloq xо‘jaligi, 
qurilish, transport, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va boshqa tarmoqlardagi kapital 
qо‘yilmalarga ajratiladi. 
Qurilish montaj ishlarini bajarish usuliga kо‘ra kapital qо‘yilmalarga
ajratiladi. 
Pudrat usulida qurilish montaj ishlarini ixtisoslashgan pudrat qurilish montaj 
tashkilotlari olib boradi, bunda ikki tomon bosh pudratchi va buyurtmachi aloqaga 
kirishib, ularning о‘zaro munosabatlari pudrat shartnomasi bilan belgilanadi. 
Kapital qо‘yilmalar mablag‘ bilan ta’minlashning qо‘yidagi manbalari asosida 
hisobiga amalga oshiriladi: 
Korxona va tashkilotlarning о‘z mablag‘lari, byudjet mablag‘lari va bank 
kreditlari: davlat kapital qо‘yilmalar limitidan tashqari amalga oshiriladigan kapital 
qо‘yilmalar bо‘yicha hukumat tomonidan shu maqsadlarga yо‘llashga ruxsat 
etilgan mablag‘ bilan ta’minlashning markazlashgan manbalari va boshqalar. 



Yüklə 256,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin