Moliyaviy hisob



Yüklə 256,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix07.01.2024
ölçüsü256,22 Kb.
#201292
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kapital xarajatlar hisobi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
“Buxgalteriya hisobi” kafedrasi 
 
 
“MOLIYAVIY HISOB”
FANIDAN
KURS ISHI 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kapital xarajatlar hisobi 
 
 
 
Bajardi:________________ 
 
Tekshirdi:______________ 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2015 
 
 
 
 


Reja 
Kirish 
1. Kapital xarajatlar va ularni turkumlash
2. Kapital xarajatlar hisobi va qurilish ob’ekti tannarxini aniqlashning 
maqsadi hamda vazifalari 
3. Asosiy vositalarga kapital xarajatlar hisobi 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
 
 


Kirish 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida amalga oshirilayotgan kо‘pgina 
tadbirlar avvalo tarmoq va hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan 
bо‘lib, ularni amalga oshirishda davlat tomonidan ishlab chiqiladigan qonun-
qoidalarning о‘rni beqiyosdir. Xо‘jalik yuritishning yangi tashkiliy-huquqiy 
shakllari paydo bо‘lishi, tadbirkorlikka erkinlik hamda xо‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarga о‘z moliyaviy resurslaridan foydalanishda mustaqillik berilishi, 
investitsiyalarni jalb qilish uchun huquqiy va iqtisodiy sharoitlar yaratilganligi, 
yangicha moliya vositalari va omillarning vujudga kelishi investitsiyalashning 
ilgari 
amalda 
bо‘lgan tashkiliy mexanizmini tubdan isloh qilmoqda. 
Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish, ishlab chiqarishning texnik va 
texnologiya jihatdan modernizatsiyalashga keng e’tibor berilmoqda. 
Jadal va mutanosib iqtisodiy о‘sish, chuqur tapkibiy о‘zgapishlarni amalga 
oshirish va iqtisodiyotni divepsifikatsiya qilishda faol va aniq yо‘naltirilgan kapital 
siyosati yuritish eng muhim omil hisoblanadi.
2014 yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan kapitallar hajmi 10,9 foizga о‘sdi 
va AQSh dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda jami 
kapital qо‘yilmalarning 21,2 foizdan optig‘i yoki 3 milliapd dollardan ziyodini 
xopijiy kapital va kpeditlar tashkil qildi. Ularning tо‘ptdan uch qismi tо‘g‘ridan-
tо‘g‘ri xopijiy kapitallardir.
1
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan kapital siyosatining о‘ziga xos 
xususiyati mahalliy xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan, 
yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga 
qaratilgan kapital loyihalariga ustuvor ahamiyat berilayotganida namoyon 
bо‘lmoqda.
Olib borilgan tadqiqotlar korxonalar faoliyatida kapital xarajatlarni tо‘g‘ri 
hisobga olish, dastlabki xujjatlashtirish va iqtisodiy samaradorligini baholash, 
ularni tegishli ob’ektlar о‘rtasida aniq taqsimlanganligi hamda maqsadli 
1
Karimov I.A. “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va 
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib 
berish
 
– ustuvor vazifamizdir” – Toshkent: “Xalq so’zi” gazetasi, 17 yanvar 2015 y.


sarflanganligini tekshirishda kо‘pgina muammolar mavjudligini kо‘rsatmoqda.
Kapital xarajatlarni hisobga olish va sarflangan kapital xarajatlarni tо‘liq 
ishonchli aks ettirish, qurilish ob’ekti tannarxini tо‘g‘ri aniqlashni takomillashtirish 
bugungi kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Yüklə 256,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin