8. "-ngiz" qo'shimchasining omonimligi: ismning munosabat shakli(egalik): sizning korxoba+ngiz=korxonangiz.
fe'lning munosabat shakli(shaxs-son): Siz ham yodlasa+ngiz=yodlasangiz. Uni qayatardi+ngiz=qaytardingiz.
fe'lning munosabat shakli (buyruq mayli): Eshikka suyanma+ngiz=suyanmangiz. (Metroning eshigiga shunday yozilgan.)
9. "-ingiz" qo'shimchasining omonimligi: ismning munosabat shakli(egalik): sizning bilim+ingiz=bilimingiz
fe'lning munosabat shakli (buyruq mayli): Yorimning qoshiga siz ham bor+ingiz=boringiz, Men uchun ul yorga siz yolvor+ingiz=yolvoringiz.
ESLATMA: -ng va -ngiz qo'shimchalari ikki marta fe'lning munosabat shakli bo'lishini (shaxs-son va buyruq mayli) bilib oldik, ularning farqi juda oddiy: shaxsson -ng, -ngiz qo'shimchalari "-di" va "-sa" qo'shimchalaridan keyin keladi, buyruq mayli -ng va -ngiz qo'shimchalari esa hech qachon "-di" va "-sa" qo'shimchalaridan keyin kelmaydi.
10. "-man", "-san" qo'shimchalarining omonimligi: ismning munosabat shakli (bog'lama): Men ham injiner+man=injinerman. Sen endi yetakchimiz+san=yetakchimizsan.
fe'lning munosabat shakli (shaxs-son): Men ko'p afsuslan+a+man=afsuslanaman. Sen ham eshit+gan+san=eshitgansan.
11. "-siz" qo'shimchasining omonimligi: ismning munosabat shakli (bog'lama): Siz buyuk ijodkor+siz=ijodkorsiz.
fe'lning munosabat shakli(shaxs-son): Siz noto'g'ri tushin+yap+siz=tushunyapsiz.
sifat yasovchi: tarbiya+siz=tarbiyasiz, vijdon+siz=vijdonsiz
ravish yasovchi: tinim+siz=tinimsiz.
12. "-dir" qo'shimchasining omonimligi: ismning munosabat shakli (bog'lama): Inson ekanligimiz buyuk ne'mat+dir=ne'matdir.