Morfemika (so'z tarkibi) bo'limi deyiladi. So'zning eng kichik ma'noli qismiga morfema


OMONIM QO'SHIMCHALAR HAQIDA MA'LUMOT



Yüklə 116,73 Kb.
səhifə9/23
tarix16.12.2022
ölçüsü116,73 Kb.
#75367
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Morfemika

OMONIM QO'SHIMCHALAR HAQIDA MA'LUMOT
Yozilishi va o'qilishi (ya'ni shakli) bir xil, biroq vazifasi har xil bo'lgan qo'shimchalarga OMONIM QO'SHIMCHALAR deyiladi, masalan: o'qiding va hovling so'zlari tarkibidagi "-ng" qo'shimchasi yozilishi va o'qilishi bir xil, lekin birida shaxs-son "-ng" , ikkinchisida esa egalik "-ng" edi. Bugungi mavzuda nihoyasiz "masalan"larni ko'rasizlar, lekin quyidagi qat'iy qoidaga e'tiborli bo'linglar:
QAT'IY QOIDA: So'z yasovchi qo'shimchalar o'rtasidagi omonimlik hech qachon bir so'z turkumini yasovchi qo'shimchalar o'rtasida yuzaga kelmaydi, ya'ni so'z yasovchilar o'rtasidagi omonimlik turli turkumni hosil qilganidagina omonim bo'la oladi: "kuldon" , "qalamdon" so'zlarining tarkibidagi "-don" so'z yasovchi qo'shimchasi ayni shu so'zlarda omonim emas, chunki ikkalasida ham ot yasagan, ya'ni bir turkumga oid yasama so'z hosil qilgan. "bilimdon" , "qadrdon" so'zlari tarkibidagi ayni ikkita "-don" qo'shimchasi ham omonim emas, chunki ikkalasida ham sifat yasagan, ya'ni bir turkumga oid yasama so'zlarni hosil qilgan. "kuldon" , "qalamdon" so'zlari tarkibidagi "-don" so'z yasovchi qo'shimchalari "qadrdon" , "bilimdon" so'zlari tarkibidagi "-don" so'z yasovchi qo'shimchalari bilan omonimlik hosil qilgan, chunki dastlabki ikkita "-don" qo'shimchasi ot yasashga xizmat qilgan, keyingi ikkita "-don" qo'shimchasi esa sifat yasashga xizmat qilgan. Ya'ni "-don" qo'shimchasi turli turkumga oid bo'lgan yasama so'zlarni hosil qilgan va omonimlikni yuzaga keltirgan. Yana misol keltiraman: "chopiq, chiziq" so'zlaridagi "-iq" qo'shimchasi ayni damdagi ikki so'zda omonim emas, chunki faqat ot yasagan, "tiniq, siniq" kabi ikki so'zlarda ham omonim emas, chunki faqat sifat yasagan, "yo'liqmoq, zoriqmoq" so'zlarida omonim "-iq" qo'shimchasining omonimligi kuzatilmagan, chunki faqat fe'l yasagan. "Chopiq, tiniq, yo'liqmoq" so'zlarida "-iq" qo'shimchasining omonimligi kuzatilgan, chunki ushbu yasama so'zlar turli turkumga mansub edi.
1. "-m" qo'shimchasining omonimligi:

  1. sifat yasovchi: qara+m=qaram (inson)

  2. ot yasovchi: chida+m=chidam. To'pla+m=to'plam

  3. ismning munosabat shakli(egalik): hafsala+m=hafsalam

  4. fe'lning munosabat shakli(shaxs-son): olib keldi+m=olib keldim


Yüklə 116,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin