4) Shaxs-son qo'shimchalarining xarakterli xususiyatlari: shaxsshaxs-son qo'shimchalari har doim KESIM tarkibida, ya'ni fe'l kesim tarkibida qo'llaniladi va ular ham "MEN, BIZ, SEN, SIZ, U, ULAR; O'ZIM, O'ZIMIZ, O'ZING, O'ZINGIZ, O'ZI, O'ZLARI" kabi egalarni talab qiladi(ular matnda qatnashmasligi mumkin, lekin o'rniga tiklanadi). -m, -k, -ng, -ngiz kabi shaxs-son qo'shimchalari o'tgan zamon "-di"va shart mayli "-sa" qo'shimchalardan keyin keladigan shaxs-son qo'shimchalari hisoblanadi, -man, -miz, -san, -siz kabi shaxs-son qo'shimchalari esa -gan, -b, -ib, -yap, -yotir, -ayotir, -moqda, -r, -ar, -gay, - moqchi kabi zamon qo'shimchalaridan keyin qo'llaniladigan shaxs-son qo'shimchalari hisoblanadi:
Birinchi shaxs birlik: Men o'qidim. Men o'qisam,....
Birinchi shaxs ko'plik: Biz eshitdik. Biz eshitsak,....
Ikkinchi shaxs birlik: Sen boshlading. Sen boshlasang,......
Ikkinchi shaxs ko'plik: Siz olib keldingiz. Siz olib kelsangiz,.....
Uchinchi shaxsda shaxs shaxs-son qo'shimchalari mavjud emas: U eshitdi. U eshitsa,.......
Birinchi shaxs birlik: Men adashibman.
Birinchi shaxs ko'plik: Biz isbotlaymiz.
Ikkinchi shaxs birlik: Sen yaxshi bajaryapsan.
Ikkinchi shaxs ko'plik: Siz yolg'on va'dalarga ishonasiz.
Uchinchi shaxsda shaxs-son qo'shimchalari mavjud emas: U ham eshitgay. U tafilotlarini eshitgan.
5) Zamon qo'shimchalarining xarakterli xususiyatlari: bu haqida ham tushunchalar, aytarli, shart emas, xuddi kelishiklar kabi oddiy.
6) Fe'lning mayl shakllari va ularning xarakterli xususiyatlari:
Xabar maylining qo'shimchasi mavjud emas.
Shart maylining qo'shimchasi bitta: "-sa". Bu qo'shimcha o'zidan keyin -m, -k, -ng, -ngiz kabi shaxs-son qo'shimchalarini qabul qiladi (uchinchi shaxsda hech narsa yo'q):
Men borsam, ... Biz o'qisak, ....
Sen aytsang, ... Siz tinglasangiz, ...
U eshitsa, ... Ular qaytarsa(lar), ...
Buyruq mayli qo'shimchalari uch shaxsda, birlik va ko'plikda bo'ladi. Eng muhim jihati ulardan oldin hech qachon ZAMON qo'shimchalari qo'llanilmaydi.
1-shaxs birlik: -y, -ay, ko'plik: -ylik, -aylik
2-shaxs birlik: -gin, -kin, -qin, ko'plik: -ng, -ing, -ngiz, -ingiz
3-shaxs birlik: -sin, ko'plik: -sin(lar)
Misollar: Men ham eshita+ay. O'zim o'qi+y
O'zimiz sotib ol+aylik. Biz yasha+ylik.
Sen ham olib kel+gin.
Siz buni top+ing. O'zingiz o'qi+ng.
U biznikida yasha+sin.
Endi sizlar bilan qo'shimchalar o'rtasidagi omonomlikni o'rganamiz.
Dastlab bitta savol beraman.
SAVOL: Qaysi gap(lar)da birinchi qo'shimchasi shakl yasovchi qo'shimcha bilan, ikkinchi qo'shimchasi sifat yasovchi qo'shimcha bilan omonim bo'la oladigan so'z(lar) aniqlovchi vazifasida kelgan?
1) Bilimdon va tadbirkor yoshlar Vatanimizning kelajagi hisoblanadi.
2) Ishsizlik ildiziga bolta urdik.
3) Sizga jo'shqinlik yetishmayapti.
4) Hasharga yig'ilganlar fidokorona ishladi.
A) 1, 2, 3, 4. B) 2, 3. C) 2. D) 1, 2.