Morfemika (so'z tarkibi) bo'limi deyiladi. So'zning eng kichik ma'noli qismiga morfema



Yüklə 116,73 Kb.
səhifə4/23
tarix16.12.2022
ölçüsü116,73 Kb.
#75367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Morfemika

3. Fe'lning xoslangan shakllari:

  1. Sof fe'lning qo'shimchasi mavjud emas.

  2. Harakat nomi: -sh, -ish, -moq(-mak), -v, -uv, -maslik). Qatnov, eshittiruv, tozalashni, olib kelishimga, yig'lamoq, bajarmaslik....

  3. Sifatdosh: -gan, -yotgan, -ayotgan, -ydigan, -adigan, -r, -ar, -mas. gullagan daraxt, isbotlanayotgan g'oyalar, o'qiyotgan bola, tayyorlaydigan xujjatlaringiz, boradigan manzilim, aytar so'zim, kuylar qo'shig'im.

  4. Ravishdosh: -b, -ib, -y, -a, -gancha, -gach, -guncha, -gani, -may, -masdan.

MORFEMAGA AJRALISHI QIYIN BO'LGAN HOLATLAR
-lan (yaxlit fe'l yasovchi qo'shimchasi) g'ururlanmoq, afsuslanmoq, shodlanmoq.
-la + n (bu holatda fe'l yasovchi "-la" va nisbat qo'shimchasi "-n" kabi ikkita qo'shimcha mavjud) tayyorlangan, ayblanmoq, o'ylanib, ......
-lash (yaxlit fe'l yasovchi) suhbatlashmoq, xayrlashgan, birlashgach.....
-la + sh (fe'l yasovchi "-la" va "-sh" nisbat yoki "-sh" harakat nomi) so'zlashgan, tozalashsin, yig'lashmasin, isbotlashning.......
-lar (yaxlit otning ko'plik shakli) insonlar, tomchilar, varaqlar, o'ylar, fikrlar, gullar......
-la + r (bunda fe'l yasovchi -la va shakl yasovchi -r) tomchilar, varaqlar, o'ylar, gullar, ......
Yuqoridagi bir xil berilgan so'z-misollar(gullar, o'ylar, ...) tarkibidagi morfemalar miqdori matnda bilinadi yoki savollarda so'z oxirida qavs ichiga turkmi yozilganida aniqlanadi:
Stol ustidagi VARAQLAR sochilib yotardi. (Ot - tarkibida -lar yaxlit).
Ukam tuni bilan kitob VARAQLAR, hisobsiz testlar yechardi. (Fe'l - tarkibida fe'l yasovchi -la va zamon -r mavjud)
-lab (yaxlit chama son qo'shimchasi, lug'aviy) minglab, yuzlab, millionlab......
-lab (yaxlit so'z yasovchi - ravish yasovchi) tonnalab, saharlab.....
-la + b (fe'l yasovchi -la va lug'aviy ravishdosh -b) anglab, ifodalab, yig'lab.....
-ir (yaxlit fe'l yasovchi) gapirmoq

Yüklə 116,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin