1) EGALIK qo'shimchalari:
Birlik
I. -m, -im
II. -ng, -ing
III. -i, -si
Ko’plik
I. -miz, -imiz
II. -ngiz, -ingiz
III. -(lar)i
2) KELISHIK qo'shimchalari:
I. Bosh kelishik: (-)
II. Qaratqich kelishik: -ning
III. Tushum kelishik: -ni
IV. Jo’nalish kelishik: -ga(-ka, -qa)
V. O’rin-payt kelishik:-da
VI. Chiqish kelishik:-dan.
3) BOG'LAMA lar:
Birlik
I. -man
II. -san
III. –dir
Ko’plik
I. -miz
II. -siz
III. -dir(lar)
4) SHAXS-SON qo'shimchalari:
1-tuslanish:
Birlik
I. -m
II. -ng
III. (–)
Ko’plik
I. -k
II. -ngiz
III.(–)
2-Tuslanish
Birlik
I. -man
II. -san
III. (–)
Ko’plik
I. -miz
II. -siz
III.(–)
3-tuslanish. Buyruq-istak mayli qo’shimchalarining aynan o’zi.
5) ZAMON qo'shimchalari:
O'tgan zamon: -di, -b, -ib, -gan ;
Hozirgi zamon -yap(-yapti) -moqda, -yotir, -ayotir, -yotib, -ayotib;
Kelasi zamon -ar, -r, -ur, -gay, -gusi, -ajak, -moqchi
6) MAYL qo'shimchalari:
Xabar mayli: qo’shimchasi yo’q
shart mayli -sa;
Buyruq-istak mayli:
Birlik
I. -y, -ay
II. -gin, -qin, -kin
III. –sin
Ko’plik
I. -ylik, -aylik
II. -ng, -ing, -ngiz, -ingiz
III. -sin(lar)
Ushbu 6 ta tur o'z ichida quyidagicha ikki turga bo'linadi:
1) ISMNING MUNOSABAT SHAKLLARI: egalik, kelishik va bog'lamalar
2) FE'LINING MUNOSABAT SHAKLLARI: zamon, shaxs-son va mayl qo'shimchalari.
LUG'AVIY SHAKL YASOVCHILAR HAQIDA MA'LUMOT
Asosga qo'shilib unga qo'shimcha lug'aviy ma'no beradigan shakl yasovchilarga LUG'AVIY SHAKL YASOVCHILAR deyiladi va ular quyidagilardir: Ot turkumiga xos lug'aviylar: otlarning kichraytirish-erkalash, achinish, ko'plik, chegara ma'nosini, o'rin-joyga xoslikni bildiruvchi ushbu qo'shimchalar otning lug'aviy shakllaridir:
-choq. Qo'zichoq, toychoq
-chak. Kelinchak
-jon. Ukajonim
-oy. Komilaoy
-lar. Insonlar
-gina. Qizginam
-gacha. Farg'onagacha
-cha. Kitobcha
-xon. Otaxon
-dagi. Jizzaxdagi
-niki. Mansurniki
Sifat turkumiga xos lug'aviylar: sifatning darajalarini ifodalab keladigan ushbu qo'shimchalar sifatning lug'aviy shakllaridir:
-ish. Qizg'ish, sarg'ish, ko'kish
-roq. Balandroq, aqlliroq
-imtir. Ko'kimtir
-mtir. Qoramtir
Son turkumiga xos lug'aviylar: sonning ma'no turlarini hosil qiluvchi quyidagi qo'shimchalar sonning lug'aviylari hisoblanadi:
-ov. Beshovini ham ayadim.
-ala. Ikkala usta qoyil qilishdi.
-ovlon. Oltovlon ola edi, yutqazdi.
-ta. To'qqizta tosh olib keldim.
-tacha. Mingtagacha ism aytdi.
-lab. Yuzlab choralar ko'rildi.
-larcha. Minglarcha ishtirokchilar
-tadan. Beshtadan tarqating.
-nchi. Yettinchi bo'lmani chiqardi.
-inchi. O'ninchi sinfda o'qiyman.
Olmosh turkumiga oid lug'aviylar: ko'rsatish olmoshlariga qo'shilib keladigan quyidagi qo'shimchalar olmoshning lug'aviylaridir:
-dek. Mana shundek
-day. O'shanday
-aqa. Shunaqa
-cha. Buncha
Tegishlilik qo'shimchasi "-niki" har qanday turkum tarkibida qo'llanilaveradi.
Fe'l turkumiga oid lug'aviylar: fe'lning bo'lishsizlik shaklini, nisbat va xoslangan shakllarini ifodalab keladigan quyidagi qo'shimchalar fe'lning lug'aviylaridir:
1. Bo'lishsizlik: -ma. Bormasin, olib kelmaganmiz.......
2. Fe’l nisbatlari:
Aniq nisbatning qo'shimchasi mavjud emas.
O'zlik nisbat: -n, -in, -l, -il. o'ylanmang, yashirining, qiynalmasin, davraga qo'shiling.....
Majhul nisbat: -n, -in, -l, -il. () ishlangan edi, olib kelingan, sabzavotlar to'g'ralgan edi, tadbir to'xtatilsin.....
Birgalik nisbat: -sh, -ish. tozalashsin, qaytib ketishmoqchi....
Orttirma nisbat: -t, -tir, -dir, -ir, -iz, -ar, -sat, -gaz, -qaz, -qiz, -giz, -g'iz.... ishlatmoq, uyaltirmoq, yozdirmoq, pishirmoq, tomizmoq, qaytarmoq, ko'rsatmoq, yurgazmoq, yutqazmoq, yotqizmoq....
Dostları ilə paylaş: |