Morfemika (so'z tarkibi) bo'limi deyiladi. So'zning eng kichik ma'noli qismiga morfema


"-sh" qo'shimchasining omonimligi



Yüklə 116,73 Kb.
səhifə14/23
tarix16.12.2022
ölçüsü116,73 Kb.
#75367
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Morfemika

24. "-sh" qo'shimchasining omonimligi:

  1. lug'aviy shakl yasovchi (birgalik nisbat): Atrofni bir zumda tozal+sh+di=tozalashdi. Ishchilarni qiyna+sh+masin=qiynashmasin.

  2. lug'aviy shakl yasovchi (harakat nomi qo'shimchasi): Atrofni tozala+sh+ingiz uchun nimalar kerak? Ishchilarni qiyna+sh+ning oqibati yaxshilikka olib kelmaydi.

25. "-ish" qo'shimchasining omonimligi:

  1. lug'aviy shakl yasovchi (sifat darajasi qo'shimchasi): qizg'ish, ko'kish

  2. lug'aviy shakl yasovchi (birgalik nisbat qo'shimchasi): Yuklarni bugun olib kel+ish+moqchi.

  3. lug'aviy shakl yasovchi (harakat nomi qo'shimchasi): Yuklarni olib kel+ish+ga yordamlashing.

ESLATMA: Birgalik nisbat "-sh, -ish" qo'shimchasi va harakat nomi "-sh, -ish" qo'shimchalari bir-biridan juda oddiy farqlanadi: birgalik nisbat qo'shimchasidan keyin zamon, shaxs-son, mayl va bo'lishsizlik qo'shimchalari kela oladi. Harakat nomi qo'shimchasidan keyin esa egalik va kelishiklar hamda ko'makchi (bilan, uchun, haqida...) lar qo'llanila oladi.
26. "-chak" qo'shimchasining omonimligi:

  1. lug'aviy shakl yasovchi: kelin+chak

  2. so'z yasovchi (ot yasaydi): belan+chak

  3. so'z yasovchi (sifat yasaydi): kuyun+chak

27. "-choq" qo'shimchasining omonimligi:

  1. lug'aviy shakl yasovchi: toy+choq, qo'zi+choq

  2. so'z yasovchi (ot yasaydi): o'yinchoq

  3. so'z yasovchi (sifat yasaydi): maqatan+choq

28. "-gina" qo'shimchasining omonimligi:

  1. lug'aviy shakl yasovchi (otning kichraytirish-erkalash, achinish shakli): bolaginam

  2. yuklama (ayiruv-chegaralov yuklamasi): bolamgina. "-gina" qo'shimchasi yuklama bo'lganida "FAQAT" so'zi bilan erkin almashina oladi: Meni o'g'limgina tushunishi mumkin. (faqat o'g'lim tushunishi mumkin)


Yüklə 116,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin