Morfemika (so'z tarkibi) bo'limi deyiladi. So'zning eng kichik ma'noli qismiga morfema


Endi quyidagi holatga e'tiborli bo'ling



Yüklə 116,73 Kb.
səhifə22/23
tarix16.12.2022
ölçüsü116,73 Kb.
#75367
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Morfemika

Endi quyidagi holatga e'tiborli bo'ling:
Fe'l + fe'l qolipidagi qo'shma fe'llar, albatta, yasama so'z hisoblanadi, chunki o'z nomi bilan ular kompozitsiya usulidagi yasama so'zlardir.
Fe'l + fe'l qolipidagi ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmalari esa TUB SO'Z ham bo'lishi mumkin, YASAMA SO'Z ham bo'lishi mumkin.
ASOSIY IZOH: tarkibida birdan ortiq so'z yasovchi qo'shimchalar mavjud bo'lgan sodda yasama so'zlarning morfemik tahlili va so'z yasalish tahlilini bir-biridan farqlang.
1. Morfemik tahlilda asos hamda har bir ko'makchi morfemalar alohida-alohida tahlil qilinadi va bunday tahlilda so'z yasovchilar ham, lug'aviy shakl yasovchilar ham, sintaktik shakl yasovchilar ham tahlilga tortilaveradi.
2. So'z yasalishi tahlilida esa so'z har doim ikki qismga: YASASHGA ASOS qism hamda YASOVCHI VOSITA qismi kabi qismlarga ajratiladi, ahamiyatli jihati shundaki, bu tahlilda lug'aviylar va sintaktik shakl yasovchilar umuman tahlilga tortilmaydi, faqat so'z yasovchilar tahlilga tortiladi, shunisi qiziqki, bu tahlilda so'z yasovchilar bir so'z tarkibida ikki va undan ortiq miqdorda kelgan bo'lsa, eng oxirgi so'z yasovchi qo'shimcha "YASOVCHI VOSITA" hisoblanadi, undan oldingi yalpi qism esa "YASASHGA ASOS QISM " hisoblanadi:
Quyidagi tahlilarga e'tibor bering
"kitoblarning" so'zining morfemik jihatdan tahlili: kitob(yetakchi mor.)+ lar (lug'.)
+ ning (sin.)
"kitoblarning" so'zining so'z yasalish jihatdan tahlili: ×××× bu so'z "so'z yasalish" jihatdan tahlil qilinmaydi, chunki yasalish xususiyati mavjud emas.
"insofli" so'zining morfemik jihatdan tahlili: insof (yetakchi mor.) + li (so'z yas, ko'm. mor.)
"insofli" so'zining so'z yasalish jihatdan tahlili: insof (yasashga asos qism) + li (yasovchi vosita qism)
"bilimsizlik" so'zining morfemik jihatdan tahlili: bil (yetakchi mor.) + "-im" (so'z yas, ko'm, morf.) + "-siz" (so'z yas, ko'm, morf) + "-lik" (so'z y. ko'm, morf) "bilimsizlik" so'zining "so'z yasalishi" jihatdan tahlili: bilimsiz (yasashga asos qism) + "-lik" (yasovchi vosita qism).

Yüklə 116,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin