Morfemika (so'z tarkibi) bo'limi deyiladi. So'zning eng kichik ma'noli qismiga morfema



Yüklə 116,73 Kb.
səhifə21/23
tarix16.12.2022
ölçüsü116,73 Kb.
#75367
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Morfemika

SO'Z YASALISHI
Yasama so'zlar, asosan, ikki usulda hosil qilinadi:

  1. Affiksatsiya usuli (ya'ni asaosga qòshimcha qo'shish usuli)

  2. Kompozitsiya usuli (ya'ni asosga boshqa bir asosni qo'shish usuli)

Tilda oldin mavjud bo'lgan so'zlarga so'z yasovch qo'shimcha yoki boshqa so'z qo'shish orqali yangi so'z hosil qilinishiga SO'Z YASALISHI deyiladi.
So'z yasalish bo'limida yasama so'zlar har doim ikki tarkibiy qismga ajratiladi: 1.Yasashga asos qism
2.Yasovchi vosita.
Bu ikkisidan hosil qilingan hosilaga YASAMA SO'Z deyiladi.
Masalan: odob(yasashga asos)+li(ya sovchi vosita)=odobli (yasalma)
O'yin(yas.asos)+a(yas.vosita)=o'y namoq(yasalma)..
Achchiq(yas.asos)+tosh (yas.vosita)=achchiqtosh(yasalma)
1) So'z yasovchilar orqali hosil qilingan yasama so'zlarga affiksatsiya usuli deyiladi:
Masalan: sayra+qi=sayroqi, tara+q=taroq...
2) Asosga boshqa asos qo'shish orqali hosil qilingan yasama so'zlarga Kompozitsiya usuli deyiladi:
Masalan: tosh+bag'ir, suv+ilon, achchiq+tosh
Kompozitsiya usulidagi yasama so'zlarga QO'SHMA SO'ZLAR deyiladi.
ASOSIY IZOH: ayrim abituriyentlar qo'shma so'zlarga taalluqli savollarda yuqoridagi oddiy so'zlar bilan (ya'ni qo'shib yoziladigan so'zlar bilan cheklanib qolishadi xolos va DTM savol negiziga aylangan ajratib yozilgan QO'SHMA SO'ZLAR ning ham yasama so'z (kompozitsiya usulidagi qo'shma so'z) ekanligini yodidan chiqarishadi:
Masalan: O'rta Osiyo, G'arbiy Yevropa, U yer, hamma joy, tasavvur qilmoq, tark etmoq, kirib chiqmoq, sotib olmoq, hordiq chiqarmoq, va hokozo...
Yuqoridagilardan "tasavvur qilmoq tark etmoq, sotib olmoq, hordiq chiqarmoq, kirib chiqmoq" kabi qo'shma fe'llar quydagi 2 turga bo'linadi:

    1. Tasavvur qilmoq, tark etmoq, hordiq chiqarmq kabilar "FE'L EMAS+FE'L" qolipidagi qo'shma fe'llar hisoblanadi.

    2. "kirib chiqmoq, sotib olmoq" kabilar esa "FE'L+FE'L" qolipidagi qo'shma fe'llar deyiladi.

AZOSIY IZOH: Ayrim abituriyentlar ko'p hollarada yasama ya'ni "fe'l+fe'l" qolipidagi fe'llarni "fe'l+fe'l" qolipda bo'lgan, ammo yasama fe'l hisoblanmaydigan fe'llardan ajrata olmaydilar. Qòshma fe'l bo'lmagan "fe'l+fe'l" qolipidagi fe'llarga KO'MAKCHI FE'LLI SO'Z QO'SHILMASI deyiladi.
Qo'shma fe'l hamda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi(KFSQ)ning qolipi bir xil bo'lsa-da, ularning yasam yoki yasama emasligini ajratib olish juda oddiy. Agar "fe'l+fe'l" qolipidagi sòzlar har ikkala qismi ma'no saqlasa QÒSHMA fe'l, ya'ni yasama so'z hisoblanadi.
Masalan: Men dorixonaga kirib chiqdim.
Sen ham shunaqasidan sotib oldingmi?
ASOSIY IZOH: Agar "fe'l+fe'l" qolipidagi so'z yasama so'z bo'lsa, uning ma'nosini bir fe'l bilan (aniqrog'i, birinchi fe'l) orqali ifodalab bòlmaydi. Chunki har ikki qismi ham ma'no saqlagan bo'lishi kerak-da.
Agar "fe'l+fe'l" qolipidagi fe'llarning birinchi qismi ma'no saqlab, ikkichi qismi ma'no saqlamasa, bunday "fe'l+fe'l" qolipidagi so'zlar KFSQ deyiladi.
Masalan:
Qo'llarini olovning taftiga isitib oldi.
Uylaganidan yuzlari qizarib ketdi.
Aybsizligini isbotlab tashladi.
Hoshimjon qalpoqchani topib oldi.
ASOSIY IZOH: "fe'l + fe'l" qolipidagi fe'llar qo'shma fe'l bo'lmasa, ya'ni ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi bo'lsa, so'zda ifodalangan ma'noni bir fe'l orqali (aniqrog'i, birinchi fe'lning o'zi bilanoq) ifodalash mumkin bo'ladi:
Qo'llarini olov taftiga isitib oldi. (isitdi)
Uyalganidan yuzi qizarib ketdi. (qizardi)
Aybsizligini isbotlab tashladi. (isbotladi)
Hoshimjon qalpoqchani topib oldi. (topdi)

Yüklə 116,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin