"-il" qo'shimchasining omonimligi
səhifə 16/23 tarix 16.12.2022 ölçüsü 116,73 Kb. #75367
Morfemika
35. "-il" qo'shimchasining omonimligi:
lug'aviy shakl yasovchi (majhul nisbat): Yangi ma'lumotlar top+il+di. Eshik mudofaa kuchlari tomonidan o'z vaqtida yop+il+di.
lug'aviy shakl yasovchi (o'zlik nisbat): Egasiz qolgan poda har tarafga yoy+il+di. Ukam yo'l chetidagi ishchilarga qo'sh+il+di.
36. "-in" qo'shimchasining omonimligi:
lug'aviy shakl yasovchi (majhul nisbat): Bu mahsulotlar yangi do'kondan sotib ol+in+gan.
lug'aviy shakl yasovchi (o'zlik nisbat): Jayron tokzorga yashir+in+ib yirtqichdan qutilib qoldi.
so'z yasovchi (ot yasaydi): chaq+in, ek+in
so'z yasovchi (sifat yasaydi): erk+in, to'l+in, yashir+in
so'z yasovchi (ravish yasaydi): qishin-yozin
37. "-n" qo'shimchasining omonimligi:
lug'aviy shakl yasovchi (majhul nisbat): Hovlimiz erta tozala+n+ar edi.
lug'aviy shakl yasovchi (o'zlik nisbat): Ishchilar maosh olish uchun idora oldida to'pla+n+ib olardilar.
sintaktik shakl yasovchi (qaratqich kelishigining qisqargan(she'riy) shakli): Qalbimning bahor+i+n qaytishin kutib Qalbim muzlab qolgan , ishq qasri xarob. (Jumlasida "bahor+i+ning" edi)
sintaktik shakl yasovchi (tushum kelishigining qisqargan(she'riy) shakli): Qalbimning bahorin qaytish+i+n kutib Qalbim muzlab qolgan, ishq qasri xarob. (Jumlasida "qaytish+i+ni" edi)
38. "-moq" qo'shimchasining omonimligi:
lug'aviy shakl yasovchi (harakat nomi qo'shimchasi): Vatanni sev+moq iymondandir!
so'z yasovchi (ot yasaydi): chaq+moq(tabiiy hodisa), quymoq(taom)
39. "-t" qo'shimchasining omonimligi:
lug'aviy shakl yasovchi (orttirma nisbat):yig'la+t+moq, to'la+t+moq (pulini to'latmoq ma'nosida), o'qi+t+moq, .........
so'z yasovchi (fe'l yasaydi): to'la+t+moq (idishni to'latmoq ma'nosida)
Dostları ilə paylaş: