fe'lning munosabat shakli (zamon qo`shimchasi): ESLATMA: "-y" zamon qo`shimchasi har doim fe'l kesim tarkibida keladi va o`zidan keyin har doim -man, -miz, -san, -siz kabi shaxs-son qo`shimchalari qo`llaniladi: Men ham tozala+y+man=tozalyman
fe'lning munosabat shakli (buyruq mayli qo`shimchasi): ESLATMA: buyruq mayli "-y"qo`shimchasi ham har doim fe'l kesim tarkibida qo`llaniladi, o`zidan keyin hech qanday vositalar kelmaydi va, eng muhimi, gapning egasi "MEN" yoki "O`ZIM" kabi olmoshlar bilan ifodalangan bo`ladi. Xonani o`zim tazala+y=tozalay.
lug`aviy (fe'lning ravishdosh shakli qo`shimchasi): ESLATMA: ravishdos "-y" qo`shimchasi hol vazifasini bajarib kelgan fe'llar tarkibida yoki ko`makchi fe'lli so`z qo`shilmasining yetakchi fe;li oxirida qo`llaniladi. Aybsizligimni isbotla"-y" olmadim. (bu yetakchi fe'lning oxirida kelishiga misol), O`g`lidan kelgan maktubni o`qiy-o`qiy ko`zlari toldi. (bu hol tarkibida kelishiga misol)