Sifat yasovchi qo'shimchalar:
-q. iliq, sovuq, issiq
-iq. tiniq, siniq,
-uq. uzuq-yuluq
-qi. sayroqi, o'ynoqi, yig'loqi
-k. o'ksik, chirik
-ik. egik (egik bosh, yoki egik shox)
-ki. ertalabki, kechki (taom)
-gi. kechagi, avvalgi
-g'ich. yulg'ich (janjalkash kishi)
-qich. qaratqich (aniqlovchi), qaqshatqich (zarba)
-choq. maqtanchoq
-chak. kuyunchak
-chiq. qizg'anchiq
-ch. jirkanch, tinch
-chi. a'lochi
-ma. to'g'rama somsa
-oq. qo'rqoq (odam)
-g'in. so'lg'in
-gin. ezgin (xotira), g'amgin (ayol)
-qin. jo'shqin, sotqin
-kash. zahmatkash, jafokash
-dor. aybdor, mansabdor
-lik. astarlik (mato), qishlik (zaxira)
-m. qaram (birovning ixtiyoriga qaragan)
-im. ayrim (insonlar)
-in. to'lin, erkin, yashirin(yo'l)
-don. bilimdon, qadrdon
-kor. itoatkor, shiddatkor
-a. to'la (kam emas)
-li. odobli, bilimli, tajribali
ba- baodob
bo- boobro'
be- beandisha
ser- serhosil
-parvar. ilmparvar
-siz. tarbiyasiz
-i. jannati (inson), qishloqi (bola)
Ravish yasovchi qo'shimchalar:
-in. qishin-yozin
-ona. do'stona
-lab. soatlab
-larcha. aybdirlarcha
-layin. tiriklayin
-lay. butunlay, tiriklay (yutib yubormoq)
-siz. to'xtovsiz (gapirmoq), tinimsiz (uchmoq)
-an. qalban va ruhan
-chasiga. ochiqchasiga, boshqachasiga
-asiga. qatorasiga, uzunasiga
-ligicha. xomlihicha
Fe'l yasovchi qo'shimchalar:
-la. anglamoq, tozakamoq
-a. qiynamoq, yashamoq
-ay. kuchaymoq, ulg'aymoq
-lan. g'ururlanmoq, shidlanmoq
-lash. dardlashmoq, xayrlashmoq
-ar. ko'karmoq, qizarmoq
-ir. gapirmoq
-r. qisqarmoq, eskirmoq, o'zgarmoq, qayg'urmoq
-iq. yo'liqmoq, zo'riqmoq, zoriqmoq
-y. keksaymoq, qoraymoq
-illa. chirsillamoq
-sa. suvsamoq
-ira. yarqiramoq, miltiramoq
-si. garangsimoq
-t. to'latmoq. (Idishini to'latib quymoq ma'nosida)
Asosga qo'shilib unga yangi ma'no bermaydigan, o'zi qo'shilgan so'zni boshqa so'zlar bilan sintaktik jihatdan bog'laydigan yoki o'zi qo'shilgan so'zga qo'shimcha lug'aviy ma'no beradigan ko'makchi morfemalarga SHAKL YASOVCHI QO'SHIMCHALAR deyiladi. Shakl yasovchi qo'shimchalar SINTAKTIK MUNOSABATNI YUZAGA KELTIRISH YOKI YUZAGA KELTIROLMASLIGIGA KO'RA quyidagi ikki turga bo'linadi:
Sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar
Lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar
ESLATMA: Sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar "MUNOSABAT SHAKLLARI" deb ham yuritilaveradi.
MUNOSABAT SHAKLLARI HAQIDA MA'LUMOT
Asosga qo'shilib uni boshqa so'zlar bilan sintaktik munosabatga kirishtiruvchi shakl yasovchilarga MUNOSABAT SHAKLLARI (sintaktik shakl yasovchilar) deyiladi va ularga quyidagi 6 ta tur kiradi:
Dostları ilə paylaş: |