Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
19
 
boradigan koʻrsatuvni tomosha qilganmisiz oʻzi? 
Morri yelkasini uchirdi. 
– Adashmasam, ikki marta. 
– Ikki marta? Ikki martaginami? 
– Ranjishga shoshilmang. “Opra”ni bir martagina koʻrganman. 
–  Xoʻp,  koʻrsatuvimni  ikki  marta  koʻrganingizda  qanday  xulosaga 
kelgansiz? 
Morri bir oz sukut saqladi. 
– Rostini aytaymi? 
– Ha? 
– Oʻziga bino qoʻygan odamdek koʻringansiz menga. 
Koppel qahqaha otib kulib yubordi. 
–  Oʻzimga  bino  qoʻyish  uchun  juda  badbasharalik  qilaman,  –  dedi 
keyin. 
Tez  orada  mehmonxonadagi  kamin  oldida  suratga  olish  jarayoni 
boshlandi.  Koppel  astoydil  dazmollangan  koʻk  kostyum-shimda, 
Morri  esa  keng  kulrang  sviter  kiyib  olgandi.  U  suhbat  uchun  ust-
boshini  chiroylisiga  almashtirishdan  ham,  pardoz  qildirishdan  ham 
bosh to
rtdi. Uning falsafasiga koʻra, oʻlim uyaladigan narsa emasdi, 
demak, yuziga upa surishga ham hojat yoʻq. 
Morri  nogironlar  aravachasida  oʻtirganligi  sababli  uning  jonsiz 
oyoqlari  kameraga  tushmadi.  Hali  qoʻllarini  harakatlantira  olgani 
uchun,  Morri  doim  qoʻllarini  silkitib  gapirardi,  qanday  qilib  oʻlimni 
mardonavor  qarshi  olish  mumkinligi  haqida  ehtirosga  toʻlib 
soʻzlashini koʻrishimiz mumkin edi. 
– Ted, – deb gap boshladi u. – Men bu gʻalvalar boshlangandayoq 
oʻzimga  oʻzim  savol  berdim:  “Boshqalarga  oʻxshab  tarki  dunyo 
qilaymi  yoki  imkoni  boricha  hayotdan  bahra  olib  yashaymi?”  va 
yashashga  qaror  qildim.  Hech  boʻlmaganda,  qadr-qimmat,  jasorat, 
yaxshi  kayfiyat  va  xotirjamlikni  saqlagan  holda  oʻzim  istagandek 
yashashga urinib koʻrishga ahd qildim. Yigʻlab uygʻongan tonglarim 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
20
 
ham  boʻlib  turadi.  Oʻzimga  oʻzim  aza  tutib,  koʻz-yosh  toʻkaman. 
Baʼzida esa gʻazabga toʻlib uygʻonaman. Lekin bunday holatlar uzoq 
davom etmaydi. Oʻzimga bir oz achinib olganimdan soʻng oʻrnimdan 
turib,  “Men  yashashni istayman”  deya taʼkidlayman.  Hozircha,  buni 
uddalayapman.  Yana  shunday  davom  etish  qoʻlimdan  keladimi? 
Buni bilmayman. Menimcha, qoʻlimdan keladi. 
Koppel  uni  butun  vujudi  bilan  tinglardi.  “Oʻlimning  yaqinligi  odamni 
kamtarlikka undaydimi?” – deb savol berdi u. 
–  Qanday  tushuntirsam  ekan  senga  buni,  Fred,  –  deb  yubordi 
toʻsatdan  Morri  va  tezgina  xatosini  toʻgʻriladi,  -  Ted  demoqchi 
edim… 
 
– Mana buni kamtarlikka undash desa boʻladi, – dedi Koppel, kulib. 
Ular  oʻlimdan  keyingi  hayot  toʻgʻrisida  suhbatlashishdi.  Morrining 
tobora  bos
hqalar  yordamiga  muhtoj  boʻlib  borayotgani  haqida 
gapirishdi. Unga ovqatlanish, oʻtirish, bir joydan ikkinchi joyga oʻtish 
uchun ham kimningdir yordami zarur edi. 
–  Sezdirmasdan,  sekinlik  bilan  jismingizni  yemirib  borayotgan 
jarayonning siz uchun qoʻrqinchli jihati nimada? – soʻradi Koppel. 
Morri bir oz jim qoldi. Keyin esa, bu narsa haqida televideniye orqali 
gapirish oʻrinlimikan, deb soʻradi. 
– Albatta, gapiravering, – undadi Koppel. 
Morri  Amerikadagi  eng  taniqli  teleboshlovchining  koʻzlariga  tik 
qaradi. 
– Nima ham derdim, yaqin kunlarda kimdir orqamni artib qoʻyishiga 
ham muhtoj boʻlishim aniq. 
Koʻrsatuv  juma  kuni  tunda  efirga  uzatildi.  Uni  Vashingtonda  yozuv 
stoli oldida oʻtirgan Ted Koppelning zalvorli ovozi boshlab berdi. 
–  Morri  Shvarts  kim?  Va  nima  sababdan  oqshom  yakuniga  qadar 
koʻpchiligingiz u haqida yaqin insoningizdek qaygʻura boshlaysiz? 
Vashingtondan  minglab  chaqirim  uzoqlikda,  tepalikdagi  uyimda 
odatdagidek  kanallarni  alma
shtirib  oʻtirardim.  Televizor  qutisidan 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
21
 
jaranglagan  “Morri  Shvarts  kim?”  degan  soʻzlarni  eshitib,  qotib 
qoldim. 
1976-
yilning bahori, Morri bizga oʻtgan birinchi dars. Morrining keng 
xonasiga  kirishim  bilan  devor  boʻylab  joylashtirilgan  javonlarning 
tokchal
ari  sanoqsiz  kitoblarga  toʻlib  yotgani  diqqatimni  tortadi. 
Jamiyatshunoslik,  falsafa,  din  va  ruhshunoslikka  oid  kitoblar. 
Xonaning  parket  poliga  katta  gilam  toʻshalgan,  derazadan  kampus 
yoʻlagi  koʻrinib  turibdi.  Sinfda  oʻn  ikkitacha  talaba  darslar  rejasi  va 
daftarlarini  titkilab  oʻtirishibdi.  Koʻpchiligining  ustida  jinsi  shim  va 
katakli flanel koʻylak, oyoqlarida esa mallarang poyabzal. Guruhdagi 
talabalarning  hammasi  shu  boʻlsa,  dars  qoldirish  oson  boʻlmaydi, 
degan  fikr  xayolimdan  oʻtadi.  Balki  bu  fandan  voz  kechganim 
yaxshidir. 
–  Mitchel,    deydi  davomat  varaqasini  oʻqiyotgan  Morri.  Qoʻlimni 
koʻtaraman. 
– Mich deb chaqiraveraymi yoki Mitchel yaxshiroqmi? 
Hali biror marta oʻqituvchilar menga bunday savol bermagan. Boʻyni 
uzun  sariq  jemper  va  chiyduxoba  shim  kiyib  olgan,  kumushrang 
sochlari  peshonasiga  tushib  turgan  odamchaga  diqqat  bilan 
tikilaman. U jilmayadi. 
–  Mich,    deb  javob  qaytaraman.    Doʻstlarim  meni  shunday 
chaqiradi. 
–  Mayli,  Mich  boʻlaqolsin  unda,    deydi  Morri,  goʻyoki  kelishuvni 
yakunlayotgan kishidek. 
 Aytgancha, Mich? 
– Labbay? 
– Biror kun meni ham doʻst deb bilasan degan umiddaman. 
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin