Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
28
 
universitet  davridagidan  koʻra  ancha  yuqori.  Men  kabi  kishilarni 
nazariga  ham  ilmaydigan  badavlat  sportchilar  haqida  maqolalar 
yozaman.  Endi  yoshim  atrofimdagilardan  kichik  ham  emas,  ortiq 
kulrang  jemferlar  kiyib  olib,  yoqilmagan  sigaretni  labimga  qistirish 
orqali kattaroq koʻrinishga urinmayman ham. Tuxum salatli sendvich 
tanavvul  qilish  bahonasida  hayot  mazmuni  haqida  oxiri  yoʻq 
muhokamalarga kirishmayman. 
Ish  koʻpligidan  nafas  olishga  ham  vaqtim  boʻlmasa-da,  negadir 
hayotdan qoniqmaslik hissi meni taʼqib qilaveradi. 
Menga nima boʻldi? 
–  Murabbiy,  —  deb  yubordim  beixtiyor  uning  eski  laqabi  yodimga 
tushib. 
Morrining yuziga nur yugurdi. 
– Shunday. Men hali ham murabbiyingman. 
U  jilmayib  qoʻydi  va  qirq  daqiqa  oldin  boshlagan  taomini  yeyishda 
davom  etdi.  Men  uning  ovqatlanishini  tomosha  qildim:  qoʻllari  shu 
qadar  ehtiyotkorona  harakatlanardiki,  koʻrgan  kishi  Morri  endigina 
qoʻllaridan  foydalanishni  oʻrganyapti  deb  oʻylardi.  U  pichoqni 
mahkam  tuta  olmasdi:  barmoqlari  qaltirardi.  Har  bir  tishlam  uning 
uchun  butun  bir  kurash  edi:  yutishdan  oldin  luqmasini  maydalab 
chaynardi.  Baʼzan  chaynagani  ogʻiz  chetlaridan  oqib  tushar,  u  esa 
sochiqcha  bilan  labini  artish  uchun  qoʻlidagini  qoʻyishga  majbur 
boʻlardi. Terisi bilagidan mushtigacha qarilik dogʻlari bilan qoplangan 
va shoʻrvadagi tovuqning terisidek osilib qolgandi. 
Biz 
– xasta qariya va yosh hamda sogʻlom erkak bir oz muddat xona 
sukunatiga  gʻarq  boʻlib,  shu  taxlit  ovqatlandik.  Xonadagi  jimlik 
oʻngʻaysiz  edi,  lekin  bu  oʻngʻaysizlikni  faqat  men  his  qilayotgandek 
edim. 
–  Oʻlim,  —  dedi  toʻsatdan  Morri,  —  qaygʻu  chekishga  arzigulik 
yagona  narsa,  Mich.  Baxtsiz  hayot  kechirish  umuman  boshqa 
masala. Mendan xabar olgani kelganlarning koʻpchiligi baxtsiz. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
29
 
– Nega? 
–  Xoʻsh,  birinchidan,  mavjud  qarashlarimiz  odamlarga  oʻzlaridan 
qoniqish  hosil  qilish  imkonini  bermaydi.  Biz  yoshlarga  yanglish 
qadriyatlarni  singdiramiz.  Jamiyatda  mavjud  qarashlar  hayotingni 
zaharlasa,  ularga  amal  qilma,  deyish  uchun  jasorat  kerak.  Bunday 
hollarda  oʻz  qarashlaringni  yarat.  Bu  narsa  aksariyat  kishilarning 
qoʻlidan  kelmaydi.  Ular  mendan  ham  baxtsizroq,  hattoki  hozirgi 
ahvolimda  ham.  Men  oʻlayotgan  boʻlishim  mumkindir,  lekin  meni 
yaxshi  koʻradigan,  mehribon  yaqinlarim  yonimda.  Bunday  deya 
oladiganlarning soni nechta deb oʻylaysan? 
Men  uning 
zarracha  ham  oʻziga  achinmayotganidan  lol  qoldim. 
Raqs  tushish,  suzish,  yuvinish  va  hattoki  yurish  baxtidan  mosuvo 
Morri;  eshigi  taqillasa,  borib  javob  bera  olmaydigan,  yuvinib 
chiqqach,  artinishni  eplay  olmaydigan,  yotoqda  mustaqil  boshqa 
tomonga  oʻgirilib  yotishga  ham  yaramaydigan  Morri.  Qanday  qilib 
shuncha  narsani  bu  qadar  xotirjam  qabul  qilish  mumkin?  Uning 
sanchqini  zoʻrgʻa  ishlatayotganini  kuzatdim:  pomidor  boʻlagini 
olishga  urindi,  dastlabki  ikki  urinishda  uddasidan  chiqa  olmadi 
– 
qanday  achinarli  holat;  shunga  qaramasdan,  Morrining  yonimda 
ekanligi, 
xuddi 
talabalik 
yillarimdagidek, 
menga 
qandaydir 
osoyishtalik baxsh etganini inkor etolmayman. 
Qoʻl  soatimga  koʻz  tashladim,  tarki  odat  –  amri  mahol,  joʻnash 
vaqtim  yaqinlashib  qolgandi,  uyga  qaytish  parvozim  vaqtini 
oʻzgartirishimga toʻgʻri keladi, menimcha. 
– Bilasanmi, men qanday oʻlaman? — soʻradi u. 
Unga hayratlanib qaradim. 
–  Boʻgʻilib  oʻlaman.  Koʻksov  tufayli  oʻpkam  xastalikka  dosh 
berolmaydi.  ALS  tobora  yuqorilab  boryapti.  Allaqachon  oyoqlarimni 
i
shdan chiqargan. U tez orada bilaklarim va qoʻllarimga yetib keladi. 
Va  navbat  oʻpkamga  kelganida,  —  yelka  qisib  qoʻydi  u,  —  umrim 
nihoyasiga yetadi. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
30
 
Unga nima deyishni bilmasdim. 
–  Bilasizmi...Oldindan  biror  narsa  deb  boʻlmaydi,  —  dedim 
kalovlanib. 
Morri 
koʻzlarini yumdi. 
–  Men  bilaman,  Mich.  Lekin  sen  qoʻrqma.  Yaxshi  umr  kechirdim, 
oʻlim haqligini esa hammamiz bilamiz. Yana toʻrt-besh oycha vaqtim 
qolgan boʻlsa kerak. 
–  Qoʻysangiz-chi,  —  dedim  asabiylashib,  —  Hech  kim  anigʻini 
bilmaydi… 
–  Men  bilaman,  –  mayin  ovozda  javob  qaytardi  Morri.  —  Buni 
aniqlash  mumkin  boʻlgan  kichik  test  ham  bor.  Menga  shifokor 
koʻrsatgandi. 
– Test? 
– Bir necha marta nafas ol. 
Uning aytganini bajardim. 
– Yana bir marta nafas ol, faqat bu safar nafas chiqarayotganingda 
yana nafas olishdan oldin ulgurganingcha sana. 
Nafas chiqarar ekanman, tez sanay boshladim. 
– Bir, ikki, uch, toʻrt, besh, olti, yetti, sakkiz… 
Nafasim tugashidan avval yetmishgacha sanashga ulgurdim. 
– Yaxshi, — dedi Morri. — Oʻpkang sogʻlom. Endi meni kuzat. 
U nafas oldi va past, qaltiroq ovozda sanay boshladi. 
– Bir, ikki, uch, toʻrt, besh, olti, yetti, sakkiz, toʻqqiz, oʻn, oʻn bir, oʻn 
ikki, oʻn uch, oʻn toʻrt, oʻn besh, oʻn olti, oʻn yetti, oʻn sakkiz… 
Shundan soʻng toʻxtab, yutoqib nafas oldi. 
– Shifokor birinchi marta bu mashqni qilishimni soʻraganida, yigirma 
uchgacha sanagan edim. Hozir esa oʻn sakkizgacha. 
U koʻzini yumdi va bosh chayqadi: 
– Yonilgʻi bakim deyarli boʻshab qolgan. 
Asablarim taranglashganidan sonimga mushtladim. Koʻrganlarim bir 
kun uchun yetarli edi. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
31
 
Morri bilan quchoqlashib xayrlashdim. 
– Keksa professoringni yana koʻrgani kel. 
Oxirgi  xayrlashuvimizda  bergan  shu  kabi  vaʼdamni  eslamaslikka 
harakat qilib, undan yana xabar olgani kelishga soʻz berdim. 
Morri  bizga  oʻqishni  buyurgan  kitoblarni  universitetdagi  kitob 
doʻkonidan xarid qilaman. Avvallari men mavjudligini ham bilmagan 
kitoblarni  sotib  olaman:  “Yoshlik:  shaxsiyat  va  inqiroz”,  “Men  va 
sen”, “Shaxsning ikkilanishi”. 
Universitetga  kirishdan  oldin 
inson  munosabatlarini  oʻrganish 
alohida  fan  hisoblanishi  mumkinligini  tasavvurimga  ham  sigʻdira 
olmasdim. 
Morrini 
uchratgunimcha, 
bunday 
narsalarga 
ishonmasdim. 
Uning  kitoblarga  boʻlgan  ishtiyoqi  shu  qadar  cheksizki,  yuqtirib 
olmaslikni  iloji  yoʻq.  Baʼzan  darsdan  keyin,  sinfxona  boʻshagach, 
jiddiy  suhbatga  kirishamiz.  U  menga  hayotim  toʻgʻrisida  savollar 
beradi,  keyin  esa  Erix  Fromm,  Martin  Buber,  Erik  Eriksondan 
iqtiboslar  keltiradi.  Maslahat  berar  ekan,  oʻzi  ham  aynan  shunday 
fikrdaligi aniq boʻlsa-da, koʻp hollarda ularning fikrlarini keltirib oʻtadi. 
Aynan shu lahzalarda men uning shunchaki “amaki” emas, haqiqiy 
professor  ekanligini  tushunib  yetganman.  Kunlarning  birida  mening 
yoshimda  jamiyat  mendan  nimalarni  kutishi  va  oʻzim  nimani 
xohlashimni aniq farqlab olish qiyinligidan shikoyat qildim. 
–  Senga  qarama-qarshiliklar  tortishuvi  haqida  aytganmanmi?  — 
soʻradi u. 
– Qarama-qarshiliklar tortishuvi? 
–  Hayot  tortishuvlar  ketma-ketligidan  iborat:  goh  oldinga,  goh 
orqaga.  Sen  nimanidir  qilishni  xohlaysan,  lekin  butunlay  boshqa 
narsani  qilishga  toʻgʻri  keladi.  Oʻzing  uchun  mutlaqo  bezarar  deb 
oʻylagan  narsang  seni  jarohatlaydi.  Hech  narsa  oʻz-oʻzidan 
boʻlmasligini  bilsang  ham  maʼlum  narsalarga  ular  bor  boʻlishi 
shartdek  qaraysan.  Qarama-qarshiliklar  tortishuvi  r
ezina  bogʻichni 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
32
 
tarang  tortganingdagi  holatga  oʻxshaydi.  Koʻpchiligimiz  esa  shu 
bogʻichning oʻrtasida yashaymiz. 
– Kurash musobaqasini eslatarkan, — deyman men. 
–  Kurash  musobaqasi,  —  kuladi  u.  —  Ha,  hayotni  shunday 
tasvirlasa ham boʻladi. 
– Xoʻsh, bu kurashda kim gʻolib chiqadi? — soʻrayman men. 
–  Kim gʻolib  chiqadi?  —  jilmayadi u egri tishlarini koʻrsatib. Koʻzlari 
atrofidagi  ajinlar  yigʻiladi.  —  Muhabbat  gʻolib  chiqadi.  Har  doim 
muhabbat gʻalaba qozonadi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin