Uchrashuv
Boston tashqarisida joylashgan sokin Gʻarbiy Nyuton shaharchasida
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
22
ijaraga olingan
mashinani Morrining koʻchasiga burar ekanman, bir
qoʻlimda qahva finjonini tutib, quloq va yelkam orasiga esa qoʻl
telefonimni qistirib olgandim. Telefon orqali prodyuser bilan
televideniye uchun birgalikda tayyorlayotgan koʻrsatuvimiz haqida
gaplashayotgandim. Bir koʻzim mashinaning raqamli soatida (bir
necha soatdan keyin ortga uchishim zarur edi), ikkinchisi esa ikki
chetiga qator daraxtlar ekilgan koʻcha boʻylab tizilgan pochta
qutilarining raqamlarida edi. Mashina radiosi yangiliklar toʻlqiniga
sozlangandi. Hayotim shu tarzda kechardi: bir vaqtning oʻzida
beshta ishni bajarardim.
– Tasmani orqaga aylantir, — dedim prodyuserga. — Shu qismini
yana bir eshitib koʻrishim kerak.
– Hozir, — javob berdi u. — Bir soniya.
Kutilmaganda, Morrining uyiga yetib kelganimni angladim. Tormozni
keskin bosganimdan, tizzamga qahva toʻkildi. Mashina toʻxtar ekan,
baland qizil zarang daraxti va uning yaqinidagi yoʻlakda oʻtirgan uch
kishiga koʻzim tushdi. Yosh yigitcha va oʻrta yoshlardagi ayol
nogironlar aravachasidagi qariyaning ikki yonida oʻtirishardi. Morri.
Nigohim keksa professorimga tushishi bilan muzlab qoldim.
– Allo? — qulogʻimda prodyuserning ovozi jaranglardi. — Qayerga
yoʻqolib qolding?
Uni oʻn olti yildan beri koʻrmagandim. Yuzlari soʻlgʻin, sochlari
siyraklashib, oqlari koʻpayibdi. Birdaniga hali u bilan uchrashishga
tayyor emasligimni angladim. Birinchidan, telefondagi ishimni hal
qilishim zarur edi. Ikkinchidan, Morri kelganimni sezmadi degan
umidda shu atrofdagi mahallada bir-ikki aylanish qilib, ishlarimni
bitirib olmoqchi, bahonada, ruhan uchrashuvga ham tayyorgarlik
koʻrmoqchi edim. Biroq Morri – men bir vaqtlar yaqindan tanigan
odamning soʻnib borayotgan nusxasi mashinaga qarab jilmayar,
qovushtirilgan qoʻllarini tizzasiga qoʻyib, mashinadan chiqishimni
kutardi.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
23
– Hoy? — chaqirdi prodyuser yana. — Shu yerdamisan?
Birga oʻtgan damlarimiz, yosh paytim Morrining menga koʻrsatgan
mehri va yaxshiliklari hurmati uchun ham telefonni oʻchirib,
mashinadan chiqishim, yugurib borib quchoqlashib koʻrishishim
kerak edi. Buning oʻrniga esa motorni oʻchirib, xuddi nimanidir
izlayotgandek
oʻrindiq ostiga engashdim.
– Ha, ha, shu yerdaman, — shivirladim men va to ishimiz
yakunlanmaguncha prodyuser bilan gaplashishda davom etdim.
Yana oxirgi
yillarda usta boʻlib ketgan hunarimni koʻrsatdim: ishimni
hamma narsadan ustun qoʻydim, hatto umri tugab borayotgan
professorimning maysazorda meni intizor kutib turgani ham meni
bundan qaytara olmadi. Hozir bu qilmishimdan juda uyalaman,
albatta, lekin oʻsha kuni oʻzimni aynan shunday tutdim.
Besh daqiqalardan soʻng, Morri meni quchoqlab koʻrishayotgan,
siyraklashib qolgan sochlari yuzimga tegib turar edi. “Tushib ketgan
kalitimni qidirayotgandim, shunga mashinadan chiqishim qiyin
boʻldi” deb aytdim va uni mahkamroq bagʻrimga bosdim, xuddi shu
bilan kichkina yolgʻonimni ezgʻilab tashlay oladigandek. Bahor
quyoshi iliq nur taratib turgan boʻlsa ham, Morri ustiga yengil kurtka
kiyib, oyoqlarini yopinchiq bilan oʻrab olgandi. Undan bir oz achqimtil
hid kelardi, odatda, kuni dori-
ukol bilan oʻtayotgan kishilardan
shunday hid taraladi. Yuzi yuzimga yaqin kelganida, uning nafas
olishi ham qiyinlashib qolganini sezdim.
– Qadrdon doʻstim, — shivirladi u. — Va nihoyat qaytding, a!
Morri tomon egilib turarkanman, u me
ni hech qoʻyib yuborgisi
kelmas, bilaklarimdan tutib ohista chayqalardi. Shuncha yillar oʻtib
ketgan boʻlsa ham professorning meni bunchalik iliq qarshi olishidan
bir oz shoshib qoldim: oʻtmishim va hozirim oʻrtasiga qurilgan tosh
devor tufayli bir paytlar
qanchalik yaqin boʻlganimizni butunlay
unutib
yuborgandim.
Bitiruv
oqshomi,
charm
portfel,
xayrlashayotganimizda uning koʻzlari yoshlangani yodimga tushdi
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
24
va boʻgʻzimga nimadir tiqilgandek yutinib qoʻydim, chunki men ortiq
u bilgan sodda, iqtidorli talaba yigitcha emasligimni ich-ichimdan his
etib turardim.
Yaqin bir necha soat ichida u oʻzgarib ketganimni payqamaydi deb
umid qilardim.
Uyga kirgach, ovqatlanish xonasidagi yongʻoq daraxtidan boʻlgan
stol yoniga oʻtirdik. Derazadan qoʻshnining uyi koʻrinib turibdi. Morri
aravachasida
tipirchilab,
qulayroq
joylashib
olishga
urindi.
Odatdagidek, u meni taom bilan siylamoqchi boʻldi, yoʻq deya
olmadim. Yordamchilaridan biri, Konni ismli baquvvat italyan ayol
nonni kesib, pomidor toʻgʻrab berdi. Bir nechta idishda tovuqli salat,
xumus va tabuli keltirdi. Keyin esa bir qancha hapdorilarni olib keldi.
Morri dorilarga qarab, chuqur xoʻrsindi. Uning koʻzlari ancha
choʻkkani, ozib ketganidan yonoq suyaklari boʻrtib qolgani
eʼtiborimni tortdi. Bu oʻzgarishlar uni yanada qariroq va dagʻalroq
qilib koʻrsatardi. Faqat u tabassum qilganida, osilib qolgan yonoqlari
pardadek yigʻilib, dagʻallik qayergadir yoʻqolardi.
– Mich, — dedi u. — Oʻlayotganimdan xabaring bor, deb oʻylayman.
Albatta, bundan boxabar edim.
– Nima ham derdim, — Morri hapdorilarni yutib, qogʻoz stakanni
stolga qoʻydi va chuqur tin oldi. — Senga bu haqida gapirib
beraymi?
– Nima haqida? Oʻlish qandayligi haqidami?
– Ha, — dedi u.
Shu tarzda professor bilan soʻnggi fandan darslarimiz boshlangan,
faqat hali men bundan bexabar edim.
Universitetda birinchi kursman. Morrining yoshi universitetimiz
professorlarining koʻpchiliginikidan ulugʻroq, meniki esa, maktabni
bir yil ertaroq bitirganim uchun, kursdoshlarimnikidan kichikroq.
Yoshimni yashirish maqsadida eski kulrang jemferlar kiyaman,
sportzalda boks bilan shugʻullanaman, chekmasam-da, doim
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
25
labimga yoqilmagan sigaret qistirib yuraman. Toʻkilib qolgan
“Merkuriy Kugar” mashinamning oynalarini tushirib, musiqani baland
qoʻyib haydayman. Men oʻzligimni dagʻallikdan izlasam-da,
Morrining yumshoqfeʼlligi meni oʻziga tortadi. U menga yosh boladek
munosabatda boʻlmagani uchunmi, uning yonida oʻzimni xotirjam
sezaman: kattaroq koʻrinishga urinmayman.
U bizga dars bergan fan nihoyasiga yetgach, men yana u dars
beradigan boshqa fanga yozilaman. Morridan baho olish oson,
chunki ballar uni qiziqtirmaydi. Aytishlaricha, u bir yili
– Vetnam
urushi davrida barcha erkak talabalarga A baho qoʻyib, ularni armiya
chaqiruvidan qutqarib qolgan ekan.
Men Morriga “Murabbiy” deb murojaat qila boshladim, maktabda
jismoniy tarbiya oʻqituvchimni shunday chaqirardim. Morriga bu
laqab yoqdi.
– Murabbiy — takrorlaydi u. — Nima ham derdim, endi murabbiying
boʻlaman. Sen esa mening oʻyinchim boʻlasan. Hayotning men
qarilik qiladigan moʻjizakor jabhalarida oʻrnimga toʻp surishing
mumkin.
Baʼzida universitet oshxonasida birga ovqatlanamiz. Morrining
mendan battar palpisligi koʻnglimga taskin beradi. U chaynashni
oʻrniga jagʻi tinmay gapiradi, ogʻzini katta-katta ochib kuladi, tuxumli
salatga toʻla ogʻzi bilan joʻshqin nutqlar soʻzlaydi, bu paytda tishlari
orasidan sargʻish tuxum boʻlakchalari har yoqqa sochilayotganiga
zarracha eʼtibor bersa qani.
Uning bu qiliqlari juda gʻashimni keltiradi. Tanishganimizdan beri
meni nuqul ikki istak taqib qiladi: uni
quchoqlab olish va qoʻliga
sochiqcha tutqizish.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
26
Dostları ilə paylaş: |