Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Sinfxona
 
Ovqatlanish  xonasi  derazasidan  tushayotgan  quyosh  nurlari  parket 
polni 
yoritib 
turardi. 
Biz 
deyarli 
ikki 
soatdan 
beri 
suhbatlashayotgandik.  Telefon  qayta-qayta  jiringladi  va  Morri 
yordamchisi  Konni
dan  goʻshakni  koʻtarishini  soʻradi.  U  Morrining 
qora 
rangli  kichik  uchrashuv  qaydlari  daftarchasiga  qoʻngʻiroq 
qiluvchilarning  ismlarini  yozayotgandi.  Doʻstlari.  Meditatsiya 
murabbiylari. 
Muhokama 
guruhi. 
Uning 
suratini 
jurnalida 
chiqarmoqchi  boʻlgan  muxbir.  Keksa  professorimdan  xabar  olishga 
oshiqayotgan bitta men emasligim ayon boʻldi: “Tungi xabarlar”dagi 
suhbat  uni  mashhur  qilib  yuborgandi.  Biroq  Morrining  bunchalik 
serdoʻstligi  meni  hayratga  soldi,  balki  bir  oz  hasad  ham 
qilgandirman.  Talabalik  yillari
mizda  atrofimda  girdikapalak  boʻlgan 
“oshna”larimni esladim. Qani hozir ular? 
–  Bilasanmi,  Mich,  oʻlim  toʻshagiga  mixlanganimdan  beri  odamlar 
menga koʻproq qiziqish bildirib qoldi. 
– Siz har doim qiziqarli inson boʻlgansiz. 
– O, — jilmaydi Morri. — Juda iltifotlisan. 
“Hecham iltifotli emasman”, — xayolimdan oʻtkazdim. 
–  Gap  shundaki,  —  davom  etdi  Morri,  —  odamlar  menga  koʻprik 
sifatida  qarashadi.  Hozirgi  ahvolimda  meni  tirik  deb  atash  qiyin, 
lekin hali oʻlganim ham yoʻq. Na u yoqlik va na bu yoqlikman. 
Uni yoʻtal tutdi, soʻng yana yuziga tabassum yugurdi. 
– Men buyuk safarga otlandim, odamlar esa soʻnggi yoʻlga nimalarni 
hozirlash zarurligini aytib ketishimni kutishyapti. 
Yana telefon jiringladi. 
– Morri, gaplasha olasizmi, — soʻradi Konni. 
– Bandman, eski qadrdonim meni koʻrgani kelgan, — taʼkidladi u, — 
keyinroq qoʻngʻiroq qilishsin. 
U  meni  bunchalik  iliq  kutib  olganining  sababi  menga  qorongʻi. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
27
 
Menda uni oʻn olti yil oldin tark etgan istiqboli porloq talabadan asar 
ham qolmagan. “Tungi xabarlar” koʻrsatuvi boʻlmaganida, Morri men 
bilan  qayta  koʻrishmasdan  oʻlib  ketgan  boʻlarmidi.  Oʻzimni  oqlash 
uchun  zamonamizning  barcha  vakillari  keltirishi  mumkin  boʻlgan 
yagona  bahona  bor  edi:  oʻzimning  ham  tashvishlarim  boshimdan 
oshib-toshib yotgandi. Juda band edim. 
“Menga nima boʻldi?”, — savol berdim oʻzimga. Morrining baland va 
boʻgʻiq  ovozi  meni  boylar  –  zolim,  koʻylak  va  boʻyinbogʻ  – 
qamoqxona  liboslari,  tongda  oʻrningdan  turgach  mototsiklda 
yuzingni shamolga tutib Parij koʻchalari boʻylab uchish yoki Tibetga 
yoʻl  olish  erkinligidan  mosuvo  hayot  –  hayot  emas,  deb  yurgan 
talabalik yillarimga qaytardi. 
Menga nima boʻldi? 
Saksoninchi  yillar  keldi.  Keyin  toʻqsoninchi  yillar.  Oʻlim  va  xastalik 
nimaligini  koʻrdim,  semirdim,  sochlarim  toʻkila  boshladi.  Sanoqsiz 
orzularimni  kattaroq  maoshga  almashdim,  qizigʻi,  nimalardan  voz 
kechayotganimni anglab yetganim ham yoʻq. Yonimda oʻtirgan Morri 
esa,  goʻyoki  men  uzoq  taʼtildan  qaytgandek,  hali  ham  universitet 
yillaridagidek dunyoga hayrat bilan boqardi. 
– Qalbingni tortiq qilishga arzirli insonni topdingmi? — soʻradi u. 
– Odamlarga yaxshilik qilyapsanmi? 
– Qalbing xotirjammi? 
– Qoʻlingdan kelganicha insoniylikka intilyapsanmi? 
Yillar  davomida  oʻzimni  aynan  shu  savollar  ustida  chuqur  bosh 
qotirgandek koʻrsatishga urinib, yolgʻon ketidan yolgʻon qalashtirdim. 
Menga nima boʻldi? Hech qachon pul uchun ishlamayman, Tinchlik 
Korpusiga  qoʻshilaman,  dunyoning  goʻzal  va  ilhombaxsh  yerlarida 
hayot kechiraman deb oʻzimga vaʼda bergandim-ku. 
Aslida esa, mana oʻn yildirki, faqat bir joyda – Detroytda ishlayman, 
faqat  bitta  bank  xizmatlaridan  foydalanaman  va  faqat  bitta 
sartaroshga  qatnayman.  Yoshim  oʻttiz  yettida;  kompyuter,  modem 
va  mobil  telefonlar  asiriga  aylanganman,  mehnat  samaradorligim 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin