Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
18
kirib kelganida, xonada hayajonli gʻala-gʻovur koʻtarildi, faqat
Morrigina xotirjamlikni yoʻqotmay, aravachasida Koppelning oldiga
chiqib, chimirilgan qoshlari ostidan unga qaradi. Uning baland va
jarangdor
ovozi shovqin-
suronni boʻldi:
– Ted, bu suhbatga rozilik berishdan avval seni bir sinab koʻrishim
kerak.
Bir muddat xonaga oʻngʻaysiz jimlik choʻkdi. Keyin esa ikkalasi
kabinet tomon yoʻl oldi. Eshik mahkam yopildi.
– Urdi Xudo, – shivirladi eshik tashqarisida qolgan doʻstlardan biri
boshqasiga.
– Ishqilib, Ted Morriga yumshoqroq munosabatda
boʻlsin-da.
– Aksincha, Morri
Tedga shafqat qilsin, ishqilib, – dedi ikkinchisi.
Kabinetga kirgach, Morri Tedga kursiga oʻtirishni ishora qildi.
Qovushtiri
lgan qoʻllarini tizzasiga qoʻyib, tabassum qildi.
– Siz qalbingiz tubida asraydigan narsalar haqida gapirib bering.
– Qalbim tubida?
Koppel qariyaga sinovchan nigoh tashladi.
– Mayli, – dedi u ehtiyotkorona va farzandlari haqida soʻzlay
boshladi.
Axir farzandlari doim qalbida-ku, shunday emasmi?
– Yaxshi, -– dedi Morri. – Endi menga eʼtiqodingiz toʻgʻrisida gapirib
bering.
Koppel bir oz oʻngʻaysizlandi.
– Odatda men bunday mavzularni endigina tanishgan odamlarim
bilan muhokama qilmayman.
– Ted, men oʻlyapman, – dedi Morri, koʻzoynak ustidan unga tikilib.
– Juda kam vaqtim qolgan.
Koppel kulib yubordi. Mayli. Demak, eʼtiqod. U Avreliy Markdan
oʻzining qarashlarini aks ettiradigan parcha oʻqib berdi. Morri jimgina
bosh irgʻatdi.
– Endi men savol bersam, – dedi Koppel. – Hech men olib