Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

oʻzlari  muhim  deb  oʻylagan  mashgʻulotlarni  ham  mudroq  holatda 
bajarayotgandek  tuyuladi.  Chunki  ular  yanglish  narsalar  ortidan 
quvishadi.  Hayotingga  mazmun  olib  kirish  uchun  oʻzingni 
boshqalarga  me
hr  berish,  jamiyatga  hissa  qoʻshish  hamda  senga 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
35
 
maqsad  va  mazmun  taqdim  etuvchi  nimanidir  yaratishga 
bagʻishlashing kerak”. 
Uning  haq  ekanini  bilardim.  Lekin  amal  qilmasang,  bilganingdan 
nima naf? 
Turnir oxiriga yetdi, u bilan birga meni oyoqda tutib turgan tuganmas 
qahvaxoʻrlk  ham  nihoyasiga  yetdi.  Kompyuterimni  yopdim,  ish 
kabinamni tozalab, narsalarimni ketishga hozirlash uchun xonamga 
qaytdim. Juda kech boʻlib qolgandi. Hatto televideniye dasturlarining 
uzatilish vaqti ham tugagandi. 
Detroytga  uchdim,  k
un  oxirlaganda  qoʻndik,  zoʻrgʻa  uyimga  yetib 
oldim  va  uxlashga  yotdim.  Uygʻonganimda  meni  qarshi  olgan 
yangilikdan  esankirab  qoldim:  men  ishlaydigan  gazetaning  kasaba 
uyushmasi  aʼzolari  ish  tashlash  eʼlon  qilibdi.  Ishxona  yopilgandi. 
Asosiy kirish eshigini
ng oldi piketchilar bilan toʻlgan, namoyishchilar 
koʻchaning  u  boshidan  bu  boshiga  yurib,  oʻz  noroziliklarini 
bildirishayotgandi. Kasaba uyushmasi aʼzosi boʻlganim uchun oʻzga 
choram  yoʻq  edi:  kutilmaganda,  umrimda  birinchi  marta  ishsiz, 
maoshsiz  va  ish  beruvchilarimga  qarshi  kurash  holatida  qolib 
ketgandim.  Sobiq  muharrirlarimning  aksariyati  bilan  doʻst  edim. 
Kasaba  uyushmasi  yetakchilari  uyimga  qoʻngʻiroq  qilib,  ular  bilan 
hech  qanday  muloqotga  kirishmasligimni,  birortasi  men  bilan 
aloqaga  chiqib,  murosa 
qilishga  urinsa,  goʻshakni  qoʻyib  qoʻyishim 
kerakligini uqtirishdi. 
–  Gʻalaba  qozongunimizcha  kurashamiz!  –  xuddi  askarlardek 
qasamyod qilishdi kasaba uyushmasi yetakchilari. 
Sarosima  va  tushkunlik  ichida  qoldim.  Radio  va  televideniyedagi 
ishlarim  yaxshigi
na  qoʻshimcha  daromad  keltirsa-da,  gazeta  men 
uchun  hayot  manbayi,  suv  va  havodek  muhim  edi.  Har  tong 
nashrdan  chiqqan  maqolalarimni  koʻrishim  hech  boʻlmaganda  bir 
jabhada tirik ekanimni bildirib turardi. 
Endi  esa  undan 
mahrum  boʻldim.  Birinchi  kun  oʻtdi,  keyin  ikkinchi, 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
36
 
uchinchi  kun…  Ish  tashlash  davom  etarkan,  u  oylab  choʻzilishi 
mumkinligi  haqida  xavotirli  qoʻngʻiroqlar  boʻlar,  turli  mish-mishlar 
yurardi. Hayotim ostin-
ustun boʻlib ketdi. Har oqshom sport tadbirlari 
oʻtkazilardi,  odatda  ularni  yoritib  borish  uchun  hech  biridan 
qolmasdim.  Endi  esa  uyda  oʻtirib,  ularni  televizorda  tomosha 
qilardim.  Oʻquvchilar  mening  maqola  va  reportajlarimga  muhtoj 
degan  xayol  miyamga  oʻrnashib  qolgandi.  Hayot  mensiz  ham  bir 
maromda davo
m etayotgani tasavvurimga sigʻmasdi. 
Bir  haftadan  soʻng  telefonni  olib,  Morriga  sim  qoqdim.  Konni  uni 
telefon yoniga olib keldi. 
– Meni koʻrgani kelyapsan, a, – dedi u. Uning gapi savoldan koʻra, 
koʻproq tasdiq ohangida yangradi. 
– Ha. Borsam maylimi? 
– Xoʻoʻp, seshanba kuniga nima deysan? 
– Seshanba toʻgʻri keladi, – javob qaytardim men. – Seshanba men 
uchun ham qulay. 
Ikkinchi  kursda  u  dars  beradigan  yana  ikkita  fanga  qatnasha 
boshladim.  Vaqti-vaqti  bilan  shunchaki  suhbat  qurish  uchun 
sinfxonadan  tashqari
da  ham  uchrashadigan  boʻldik.  Avvallari 
qarindoshim boʻlmagan katta yoshli kishilar bilan hech qachon biror 
yerda  oʻtirmaganman,  shunday  boʻlsa-da,  Morri  bilan  biror  yerga 
borishdan tortinmayman, u ham vaqt ajratishga ogʻrinmaydi. 
–  Bugun  qayerga  boramiz?    quvnoq  ovozda  soʻraydi  u  ofisiga 
kirishim bilan. 
Bahorda  Jamiyatshunoslik  fakulteti  binosining  tashqarisidagi 
daraxtlar  ostida  oʻtiramiz,  qishni  esa  uning  kabinetidagi  yozuv  stoli 
yonida oʻtkazamiz – men kulrang jemfer va “Adidas” krossovkada, u 
esa  Rokport  charm  poyabzali  va  chiyduxoba  shimda.  Har  galgi 
suhbatimizda  u  mening  bir  bogʻdan  bir  togʻdan  kelib,  bir  nimalarni 
vaysashimga  quloq  tutadi,  keyin  esa  menga  hayotiy  tajribalaridan 
saboq  berishga  urinadi.  Universitetda  keng  tarqalgan  qarashlarga 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
37
 
qarshi 
oʻlaroq,  pul  hayotda  eng  muhim  narsa  emasligini  uqtiradi. 
“Tom  maʼnodagi  insoniylik”ka  intilishim  zarurligini  aytadi.  U 
yoshlarning  oʻz  qobigʻiga  oʻralib  olishga  moyilligi  hamda  inson 
jamiyatga “qoʻshilib” yashashga ehtiyojmand ekani haqida gapiradi. 
Uning 
aytganlaridan  ayrimlarini  tushunaman,  ayrimlarini  esa  yoʻq. 
Lekin  bu  ahamiyatsiz.  Suhbatlarimiz  men  uchun  Morri  bilan 
gaplashishga  bir  bahona.  Huquqshunos  boʻlishimni  istagan  dadam 
bilan Morri kabi ota-boladek suhbat qura olmayman.  
Morri huquqshunoslarni xushlamaydi. 
– Oʻqishni tamomlaganingdan keyin nima qilmoqchisan?   soʻraydi 
u. 
–  Musiqachi  boʻlishni  xohlayman,    javob  qaytaraman  men.   
Pianinochi. 
– Ajoyib,  deydi u, – lekin mashaqqatli yoʻlni tanlabsan. 
– Ha. 
– Nahanglari koʻp. 
– Men ham shunday deb eshitganman. 
–  Lekin  bari  bir,    davom  etadi  u,    buni  chin  dildan  xohlasang, 
orzuyingni amalga oshira olasan. 
Bu  soʻzlari  uchun  uni  bagʻrimga  bosib,  minnatdorchilik  bildirgim 
keladi, lekin tabiatan tortinchoqman. Shunchaki, bosh irgʻatib qoʻya 
qolaman. 
–  Garov  oʻynashim  mumkin,  sen  pianinoni  zavq-shavq  bilan 
chalasan, 
– deydi u. 
Men kulaman: 
– Zavq-shavq? 
U ham jilmayadi: 
–  Ha,  zavq-shavq  bilan.  Nima  boʻpti?  Hozir  hech  kim  bu  soʻzni 
ishlatmaydimi? 
 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
38
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin